Struktura o‘zgarishining mahsulot hajmiga ta’siri
Mah- su- lot turi
|
Mahsulot birligini bahosi, so‘m
|
Ishlab chiqarish hajmi, dona
|
Mahsulot strukturasi,
%
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymat shaklida, ming so‘m
|
Struktura o‘zgarishi
-ning mahsulot hajmiga ta’siri gr.9-gr.8
|
biznes- reja
|
haqi- qatda
|
biz- nes- reja
|
haqi- qatda
|
biznes- reja
|
haqiqiy ishlab chiqarish reja struktu- rasi
bo‘yicha
|
haqi- qatda
|
A
|
4000
|
10000
|
13000
|
50,0
|
68,4
|
40000
|
38000
|
52000
|
+14000
|
B
|
2500
|
10000
|
6000
|
50,0
|
31,6
|
25000
|
23750
|
15000
|
-8750
|
Jami:
|
-
|
20000
|
19000
|
100,0
|
100,0
|
65000
|
61750
|
67000
|
+5250
|
19000 * 50 * 4000 : 100 = 38000
19000* 50 * 2500 :100 = 23750
52000-38000 = + 14000
Rejalashtirilgan mahsulot strukturasi saqlangan holda ishlab chiqa- rish hajmi qiymat shaklida 61750 ming so‘mni tashkil etishi kerak. Haqiqatda esa 67000 ming so‘mni tashkil etgan. Yuqori narxdagi mah- sulot ulushini rejadagi 50 foizdan haqiqatda 68,4 foizga qadar ko‘tarilishi tufayli mahsulot qiymat shaklida 5250 ming so‘mga ortgan.
Struktura o‘zgarishining asosiy sabablari:
har xil kategoriyadagi iste’molchilarning mahsulotga bo‘lgan talabini o‘zgarishi;
korxonani uskuna va moddiy resurslar bilan yetarli darajada ta’minlanmagani;
zarur malakali mutaxassislarni yetishmasligi;
korxonani kam mehnat sig‘imli, yuqori rentabellikka ega mahsulot turlarini ko‘proq ishlab chiqarishga intilishi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida tovarlar tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlar mahsulot ishlab chiqarish hajmlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tovarlar tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarning mahsulot hajmiga ta’sirini quyidagi jadval ma’lumotlari asosida tahlil qilib chiqamiz.
jadval
Tovarlarning strukturaviy o‘zgarishini mahsulot ishlab chiqarish hajmlariga ta’siri
Mahsulot turlari
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot,
dona
|
Mahsulot birligining bahosi, so‘mda
|
Bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt, norma-
soatda
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot
|
Qiymat shaklida, ming so‘m
|
Norma-soatda
|
Biznes- reja bo‘yicha
|
Haqiqatd a
|
Biznes- reja bo‘yicha
|
Haqiqatd a
|
Biznes-reja bo‘yicha
|
Haqiqatda
|
«A»
|
96700
|
103458
|
8950
|
1,3
|
865465
|
925949
|
125710
|
134495,4
|
«V»
|
102700
|
97639
|
7600
|
1,6
|
780520
|
742056
|
164320
|
156222,4
|
Jami:
|
x
|
x
|
x
|
x
|
1645985
|
1668005
|
290030
|
290717,8
|
Rejaning bajarilishi, %
|
x
|
x
|
x
|
x
|
x
|
101,34
|
x
|
100,28
|
172
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida, tahlil qilinayotgan aksio- nerlik jamiyatida ikki xil turdagi mahsulotlar strukturasidagi o‘zgarishlar hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini o‘rganishimiz mumkin. Mazkur aksionerlik jamiyati mahsulot ishlab chiqarish rejasini qiymat shaklida 101,34 foizga, norma-soat shaklida esa 100,28 foizga bajargan. Har ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi foizlar farqi tovar tarkibida strukturaviy o‘zgarishdan dalolat beradi, ya’ni korxona rejaga nisbatan qimmatroq, ammo kam mehnat talab etadigan mahsulot turini ko‘proq ishlab chiqargan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy deb baholashimiz mumkin.
Turli mulkchilik shaklidagi firma va kompaniyalar yil davomida o‘zidagi mavjud bo‘lgan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklaridan oqilona foydalanilishi hamda yil davomida uzluksiz samarali aylanishini ta’minlashi talab etiladi. Samarali faoliyat tashkil etilganda mahsulotlar ishlab chiqarish bozordagi talabni e’tiborga olgan holda yil mobaynida bir xil hajmda bo‘lishiga erishiladi. Buning uchun korxonalar kun, hafta, oy, chorak yarmi va yil mobaynida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini biznes-rejada mo‘ljallangan miqdorda bajarilishini tahlil etishi lozim.
Ishlab chiqarish maromi - grafik asosida bir maromda mahsulot ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etish tufayli ish kuchi, ishlab chiqarish quvvati, moddiy resurslardan to‘liq foydalanishga, mahsulot sifatini yaxshilanishiga, shartnomaviy majburiyatlarni bajarilishiga erishiladi. Ishlab chiqarish maromini izdan chiqishi tufayli korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari yomonlashadi: mahsulot sifati buziladi, brakka yo‘l qo‘yiladi, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotning qoldig‘i ortadi, kapital aylanishi sekinlashadi, shartnoma grafigidan chetlashish natijasida jarimalar to‘lanadi. Bulardan tashqari mahsulot sotilishi kechikadi, undan keladigan tushum miqdori kamayadi. Ayniqsa, kichik va o‘rta tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar maromiylik buzilishi tufayli bankrotga uchrashi mumkin. Ishlab chiqarish maromini tahlil etishning to‘g‘ri va egri ko‘rsatkichlari mavjud.
To‘g‘ri ko‘rsatkichlar - maromiylik koeffitsiyenti, variatsiya
koeffitsiyenti, har o‘n kunlikni oylik mahsulotda; oy, kvartallarda ishlab chiqarilgan mahsulotni yillik mahsulot hajmida tutgan ulushi.
Egri ko‘rsatkichlar - brakdan yo‘qotishlar, qo‘shimcha ishlangan vaqt uchun to‘langan haq, shartnoma buzilishi tufayli to‘langan jarimalar.
Maromiylik koeffitsiyenti marom hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulotni (NH) jami reja bo‘yicha mahsulot (NP) hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
K m a r om
N H ;
N p
Ayrim korxonalar yillik, kvartal, oylik rejalarini ortig‘i bilan bajarishi mumkin, ammo ayrim oylarda ishlab chiqarishni bir maromda tashkil eta olmasligi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishdagi maromiylikni buzilishi shartnoma majburiyatlarini barbod bo‘lishiga, uning oqibatida jarimalar to‘lanilishiga olib keladi. Amaldagi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ayrim firmalar oylik ishlab chiqarish biznes-reja ko‘rsatkichlarini qisqa kunlarda hal etishni mo‘ljallashadi, lekin mahsulotlarning sifati talabga javob bermaslikka, ombordagi sotilmay qolgan tovarlar qiymati keskin ortishiga hamda iste’molchilarga jo‘natiladigan tovar muddatlarini buzilishiga olib keladi.
Aksionerlik jamiyatining maromida ishlayotganligini tahlil etishda har 10 kunlikda ishlab chiqarilgan tovarlarni oylik mahsulotda tutgan ulushi hisoblanadi va aniqlangan ma’lumotlar biznes-reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, faoliyatning maromida bo‘layotganligiga baho beriladi.
jadval
|