• Tovarlar tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarning mahsulot hajmiga ta’siri tahlili
  • Aksionerlik jamiyatida mahsulotlar nomenklaturasi va assortimentining tahlili




    Download 1,74 Mb.
    bet93/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Aksionerlik jamiyatida mahsulotlar nomenklaturasi va assortimentining tahlili



    Mahsulot turi

    Mahsulot birligini bahosi, so‘m

    Ishlab chiqarilgan
    mahsulot natura shaklida, (dona)

    Ishlab chiqarilgan
    mahsulot qiymat shaklida, (ming so‘m)

    Assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan
    mahsulot

    Biznes- rejada

    Haqiqatda

    Biznes- rejada

    Haqiqatda

    «A»

    8950

    96700

    103458

    865465

    925949

    865465

    «B»

    7600

    102700

    97639

    780520

    742056

    742056

    «V»

    3460

    56800

    61528

    196528

    212887

    196528

    «G»

    2570

    65200

    57621

    167564

    148086

    148086

    «D»

    5680

    18919

    85731

    107462

    486953

    107462

    Jami:

    x

    x

    x

    2117539

    2515931

    2059597

    168
    Bizning misolimizda u quyidagilarni tashkil etgan. "B" - (742056-780520)= -38464 ming so‘m


    "G" - (148086-167564)= -19478 ming so‘m

    57942 ming so‘m


    57942 x 100
    ----------------- = 2,74% assortiment rejasini bajarilmasligi 2117539

    100 - 2,74 = 97,26 % o‘rtacha assortiment rejasining bajarilishi.


    Mahsulot ishlab chiqarish assortimentining o‘zgarishi xo‘jalik faoliyati natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot ishlab chiqarish assortimentini shakllantirishda korxona birinchi navbatda, mahsulotlar turiga bo‘lgan talabni hamda bozordagi holatini, ikkinchidan esa, korxonada mavjud bo‘lgan mahsulot, xomashyo, texnik-texnologik, moliyaviy va boshqa imkoniyatlardan to‘laroq foydalanishni e’tiborga olishi zarur. Assortimentni shakllantirish sistemasi quyidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga olishi shart:



    • iste’molchilarning istiqbolli ehtiyojini aniqlash;

    • chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini aniqlash;

    • mahsulotning bozordagi hayotiylik siklini o‘rganish, o‘z vaqtida yangi zamonaviy bo‘lgan tovarlar turini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rish va ishlab chiqarish dasturidan ma’naviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan kam foydali bo‘lgan mahsulotni chiqarib tashlash;

    • iqtisodiy samaradorlik va mahsulot assortimenti o‘zgarishida xavf-xatar darajasini baholash.

      1. Tovarlar tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarning mahsulot hajmiga ta’siri tahlili


    Korxona (firma)larning ixtisosligiga kiruvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibi bozordagi talab va taklifning o‘zgarishiga qarab muntazam takomillashib, rivojlanib hamda mukammallashib boradi. Ayniqsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, qiymat o‘lchamidagi hajmi strukturaviy o‘zgarishlar ta’sirida ortib yoki kamaytirilib aniqlanishi mumkin. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi sarflanayotgan


    moddiy va mehnat xarajatlarini e’tiborga olgan holda o‘rganilishi tahlil- da erishilgan natijalarni yanada aniqroq o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
    Korxona uchun ko‘proq foyda keltiruvchi, kam xarajat tovarlarni ishlab chiqarish o‘ta manfaatlidir. Shuning uchun ham tovarlarni ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda strukturaviy o‘zgarishlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Mahsulotlar hajmida strukturaviy o‘zga- rishlarni mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari orqali aniqlash mumkin. Mehnat sig‘imini me’yor-soat, me’yorlashtirilgan ish haqi ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi.
    Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi va tuzilishiga teng kelishi kerak. Ishlab chiqarilgan mahsulot struk- turasining o‘zgarishi firmaning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi. Mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qimmatbaho mahsulot turlari ulushini ortishi tufayli mahsulot qiymat shaklida ortadi va buning aksi bo‘lsa, qiymat shaklida mahsulot kamayadi. Xuddi shunday yuqori rentabellikka ega bo‘lgan mahsulot turlarini ortishi, rentabelligi past turlarini pasayishi tufayli umumiy foyda miqdori ortadi.
    Eng kichik usul orqali assortiment rejasining bajarilishi har bir mahsulot turining reja va haqiqiy ko‘rsatkichlaridan eng kichigi olinib ularning yig‘indisi reja bo‘yicha jami mahsulot hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi.

    K as
    N as ;
    N p

    bunda Kas- mahsulot assortimentini bajarilishi koeffitsiyentda; Nas – assortimentga qabul qilingan mahsulot;
    Np- jami rejadagi mahsulot qiymati.
    Mahsulot strukturasi - ayrim mahsulot turlarini jami ishlab chiqarishda tutgan ulushidir.
    Mahsulot material sig‘imli, mehnat sig‘imli va yuqori rentabel- likka ega bo‘lgan mahsulot turlaridan iborat. Bu turdagi mahsulot miq- dorlarini belgilangan rejadan farqlanishi strukturani o‘zgarishiga olib keladi.
    Jami ishlab chiqarishda yuqori narxlardagi mahsulot turlari ulushini salmoqli bo‘lishi mahsulot hajmini qiymat shaklida ortishiga va buning aksi bo‘lgan hollarda mahsulot hajmini kamayishiga olib keladi.
    Yuqori rentabellik darajasiga ega bo‘lgan mahsulot turlarini ortishi

    (past rentabellik mahsulot turlarini pasayishi) tufayli umumiy foyda miqdori ortadi.

      1. jadval

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aksionerlik jamiyatida mahsulotlar nomenklaturasi va assortimentining tahlili

    Download 1,74 Mb.