Mahsulot (ish, xizmat)larning buzilishi va yo‘qotishlar tahlili




Download 1,74 Mb.
bet101/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Mahsulot (ish, xizmat)larning buzilishi va yo‘qotishlar tahlili


Mahsulotlar sotishdan olingan sof tushum hajmi tovarlar sifati, miqdori, shartnoma va bozordagi baholarning o‘zgarishlari bilangina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlarning turib qolishidan sifatining buzilishi, ishlab chiqarishdagi braklar hajmiga ham bog‘liqdir. Ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik o‘zgarishlar evaziga, bajaruvchilarning layoqatsizligi va mas’uliyatsizligi tufayli yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ta’sirida tovarlar sifatining pasayishi va brak mahsulotlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.


Shuningdek, xomashyo sifatining pastligi, standartga mos kelmas- ligi, dastgohlarning tez buzilishi, ishlab chiqarish jarayonidagi nuq- sonlar, kadrlar malakasining pastligi tufayli ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibida brakka yo‘l qo‘yilishi mumkin. Brakka yo‘l qo‘- yilishi tufayli, iste’molga chiqadigan tayyor mahsulot hajmi kamayadi,
mahsulot tannarxi qimmatlashadi, chunki brak mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning samarasiz ketganligi, unumsizligidan dalolat beradi. Tomonlarning o‘zaro tuzgan shartnomalarida yetkazib beriladigan tovarlarning miqdori, narxidan tashqari assortimenti va sifati ham kelishiladi, demak, brak mahsulotlar ishlab chiqarish yoki tovarlar sifatining buzilishi iste’molchi huquqining buzilishiga va iqtisodiy zarar ko‘rishiga olib keladi. Shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi iste’molchiga sifatsiz mahsulot ishlab chiqargani uchun yetkazilgan za- rarni qoplashi shart. Ishlab chiqaruvchi firma da’vogarlik muddati tugamasdan avval nuqsonga ega bo‘lganligi uchun qaytarilgan tovar o‘rniga boshqa mahsulotlar jo‘natishi yoki avvalgi tovarlarning nuqsonini tuzatib, iste’molchiga jo‘natishi lozim.
Mahsulotlar braki – tuzatiladigan va tuzatilmaydigan turlarga bo‘linadi. Yo‘l qo‘yilgan brakning mahsulotlar qiymatiga ta’sirini aniqlash uchun brak natijasida firma behuda sarflagan barcha moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlari jamlanadi, shuningdek, kamchilikni tugatish uchun amalga oshirilgan qo‘shimcha sarflar ham qo‘shilgan holda brak tannarxi aniqlanadi. Bu aniqlangan yo‘qotishlarni tovar mahsuloti tannarxiga bo‘lish orqali brak tufayli mahsulot hajmining kamayishi aniqlanadi. Buni quyidagi shartli misolimiz orqali ko‘rsatib o‘tishimiz va tahlil qilishimiz mumkin bo‘ladi:
Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hajmi – 10 ming so‘m. Brak mahsulot uchun ketgan barcha sarflar – 26 ming so‘m.
Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti tarkibidagi brak mahsulotlarning tutgan ulushi – 26/10000 * 100=0,26 %.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining ishlab chiqarish faoliyatida chiqitsiz texnologiyaga asoslanishi hamda imkon qadar mahsulotlarning brakligi darajasini pasaytirishi lozim bo‘ladi.



    1. Download 1,74 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulot (ish, xizmat)larning buzilishi va yo‘qotishlar tahlili

Download 1,74 Mb.