• O‘rtacha nav (sort)lilik koeffitsiyenti
  • Mahsulot birligining o‘rtacha sotish bahosi
  • Mahsulot sifatiga, odatda, quyidagi omillar ta’sir qiladi
  • Mahsulotlarni sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi tahlili
  • Aksionerlik jamiyatida «A» turdagi mahsulot sifati tahlili




    Download 1,74 Mb.
    bet99/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Aksionerlik jamiyatida «A» turdagi mahsulot sifati tahlili



    Ko‘rsat- kichlar



    Mahsulot birligini bahosi, so‘m

    Ishlab chiqarilgan mahsulot, (dona)

    Reja- ning bajarili- shi, %

    Jami mahsulotdagi
    ulushi, (%)

    Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati
    (ming so‘m)

    biznes-
    rejada

    haqi-
    qatda

    biznes-
    rejada

    haqi-
    qatda

    biznes-
    rejada

    haqi-
    qatda

    Oliy navli
    mahsulot

    9400


    82400


    89123


    108,16


    85,21


    86,14


    774560


    837756,2


    Birinchi navli
    mahsulot

    6300


    14300


    14335


    100,24


    14,79


    13,86


    90090


    90310,5


    Jami

    X

    96700

    103458

    106,99

    100,0

    100,0

    864650

    928066,7

    1. O‘rtacha nav (sort)lilik koeffitsiyenti:


    864650 ming so‘m
    928066,7 ming so‘m

    Rejada = = 0,951
    bo‘yicha 96700 * 9400
    Haqiqatda = = 0,954
    103458 x 9400
    1. Mahsulot birligining o‘rtacha sotish bahosi:


    864650 ming so‘m
    Rejada = 8942 so‘m
    bo‘yicha 96700 dona
    928066,7 ming so‘m Haqiqatda = 8971 so‘m
    103458 dona

    Mahsulot birligini o‘rtacha sotish bahosini 29 so‘mga ortishi qiymat shaklida mahsulotni 3000,28 ming so‘mga ortishiga olib keldi.


    (8971-8942)*103458=3000,28 ming so‘m
    «A» mahsuloti hajmi qiymat shaklida rejadagiga nisbatan 63417,22 ming so‘mga ko‘paygan. Mahsulot hajmining bunday tarzda ko‘pa- yishiga mahsulot birligining sotish bahosini oshganligi 3000,28 ming so‘mga, mahsulotning o‘rtacha navlilik darajasining ortganligi esa 60416,42 ming so‘mga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan hamda umumiy «A» mahsulotning rejaga nisbatan haqiqatda 63417,22 ming so‘mga ortishiga olib kelgan.

    Mahsulot sifatiga, odatda, quyidagi omillar ta’sir qiladi:


    • foydalanilayotgan xomashyo va materiallar sifati;

    • xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi;

    • ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani holati va uning progressivligi;

    • ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy rag‘batlantirilishi va hokazo.

    Respublikamizda mahsulot sifatini xarakterlovchi eng asosiy ko‘r- satkich bu O‘zbekiston Davlat Standartlashtirish qo‘mitasi tomonidan belgilangan ko‘rsatkichlardir.
      1. Mahsulotlarni sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi tahlili


    Istiqlol yillarida o‘tkazilgan islohotlar tufayli boshqaruvning ma’- muriy-buyruqbozlik usullari o‘rnini egallagan bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnoma barcha mulk shaklidagi korxona, muassasa va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarni o‘rnatuvchi asosiy huquqiy hujjatga aylandi. Yaqin o‘tmishda rejali iqtisodiyot davrida ham shartnomalar tizimidan foydalanilgan, ammo, yakka mulkchilik, ya’ni davlat mulkchiligining tanho huquqi hukm- ronlik qilgan zamonda shartnomalar reja va topshiriqlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan bir vosita hisoblangan xolos, qolaversa, ilgarilari



    shartnomaga uni tuzgan tomonlarning istak va manfaatlarini ifoda etuvchi to‘la huquqli yuridik hujjat deb ham qaralmasdi. Ularning qo‘llanilishi cheklangan bo‘lib, hattoki, fuqarolarning o‘zaro bitim tuzishi qonun yo‘li bilan jazolanadigan ayb - chayqovchilik sifatida, qoralanar edi. Shu ma’noda, shartnomaning huquqiy maqomini tamo- mila o‘zgartirish va umuman, shartnoma tuzish madaniyatini yuksal- tirish borasida mamlakatimizda jiddiy ishlar amalga oshirilayotgani e’tiborga loyiqdir. Endilikda, shartnoma rejali ishlab chiqarish va taqsimlash omillariga asoslanmaydi. Bil’aks, bozor qonuniyatlari talabiga binoan, shartnomaviy munosabatlar tovar-pul, ya’ni teng to‘lovlar tarzida amalga oshirilib, shartnoma ularga huquqiy shakl o‘rnida xizmat qila boshladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, xo‘jalik ishlarini yuritish qonunlari majmuasi, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar to‘g‘risidagi qonunlar, boshqa me’yoriy hujjatlar shartnoma munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy manbalar hisoblanadi.
    Shartnoma ijrosi bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biridir. Shartnoma bajarilmasligi korxonaga iqtisodiy zarar keltiribgina qolmay, uning istiqbolini xavf ostiga qo‘yadi, har ikki tomondagi korxonalar ishchilarining maosh ololmasligiga sabab bo‘ladi.

      1. jadval

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aksionerlik jamiyatida «A» turdagi mahsulot sifati tahlili

    Download 1,74 Mb.