Qaysi javobda mahsulot sifatini ifodalovchi ko‘rsatkich to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tilgan?
sifatsiz mahsulot uchun to‘langan jarimalar;
texnologiya shartlariga mos kelishi;
oliy nav mahsulot hajmi;
tovarning kafolat muddati.
Mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi mehnat omillarini belgilang:
ishchilar soni va ishlangan kishi kunlari sonining o‘zgarishi;
ishchilar soni va ishlangan kishi kuni va kishi soatlarining o‘zgarishi;
ishchilar soni, bajarilgan kishi kuni, kishi ish kunining davomiyligi va ishchilarning bir soatdagi unumdorligining o‘zgarishi;
ishchilar soni va mehnat unumdorligi.
Assortiment rejasining bajarilishini aniqlang:
(mln.so‘m)
Mahsulot turlari
|
Reja
|
Haqiqatda
|
Assortiment rejasini
bajarish hisobiga
|
A
|
189
|
179
|
?
|
B
|
91
|
93
|
?
|
V
|
82
|
80
|
?
|
G
|
62
|
65
|
?
|
Jami:
|
424
|
417
|
?
|
a) 98,1; b) 98,3; d) 98,7; e) 97,2.
Tovar mahsulotining yillik mutlaq o‘sishini aniqlang:
Ko‘rsatkichlar
|
Bazis yil
|
Yillar
|
2002
|
2003
|
2004
|
1. Tovar mahsuloti, ming so‘m
|
92647
|
93235
|
94410
|
93423
|
Tovar mahsulotining yillik mutlaq o‘sishi, ming so‘m: a) +588; +1763; +776.
b) +588; +1175; -987.
d) +588; +1175; +987.
e) –588; +1763; -776.
Mahsulot sifatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar:
oliy kategoriyadagi mahsulotni tutgan ulushi, eksport qilingan tovar, attestatsiyadan o‘tgan mahsulot ulushi, jahon standartlariga mos keladigan mahsulot ulushi;
eksport qilingan mahsulot, I nav mahsulot ulushi, mahsulot sotish bahosi, sertifikatga ega bo‘lmagan mahsulot ulushi;
brak mahsulot ulushi, sertifikatga ega bo‘lgan mahsulot ulushi, I nav mahsulot ulushi, sotilmay qolgan mahsulot ulushi;
sertifikatlangan mahsulot ulushi, oliy navli mahsulot ulushi, eksport ulushi, bozorni tuzilishi.
Maromiylik koeffitsiyentini aniqlang.
Kvartal
|
Ishlab chiqarish hajmi
|
Tutgan ulushi, %
|
Rejani
bajarilishi, %
|
Reja
|
Haqiqatda
|
Reja
|
Haqiqatda
|
I- kvartal
|
20000
|
24244
|
25,0
|
29
|
121,2
|
II- kvartal
|
20000
|
18392
|
25,0
|
22
|
92,0
|
III- kvartal
|
20000
|
17556
|
25,0
|
21
|
87,8
|
IV-kvartal
|
20000
|
23408
|
25,0
|
28
|
117,0
|
Jami:
|
80000
|
83600
|
100
|
100
|
104,5
|
a) 83600/80000*100=104,5%
b) 29+22+21+28=100
d) (121,2+92,0+87,8+117,0)/4=104,5%
e) 25+22+21+25= 93%=0,93
Tayyor mahsulot balansini formula orqali aniqlang.
Tayyor mahsulot qoldig‘i: Yil boshiga – Yb
Yil oxiriga – Yo
Tovar mahsuloti – T Realizatsiya hajmi – R
Yb+Yo=T+P
Yb+R=T-Yo
Yb+T= R-Yo
Yo+T= R+Yb
Sotish hajmiga tayyor mahsulotning yil oxiridagi qoldiq o‘zgarishining ta’sirini aniqlang.
Ko‘rsatkichlar
|
Hisobot yili
|
Rejadan
farqi
|
Reja
|
Haqiqatda
|
1. Tayyor mahsulotning qoldig‘i:
|
|
|
|
Yil boshiga
|
500
|
550
|
+50
|
Yil oxiriga
|
600
|
530
|
-70
|
2. Tovar mahsuloti
|
40000
|
44000
|
+4000
|
3. Sotish hajmi
|
39900
|
44020
|
+5020
|
a) – 20
b) – 70
d) + 70
e) + 1020
Hisobot yilining IV kvartalida realizatsiya bo‘yicha shart- noma majburiyatini bajarilishini aniqlang
Oylar
|
Mahsulot ishlab chiqa- rish hajmi, ming so‘m
|
Yetkazib berilmagan mahsulot
|
Shartnoma bajarilishi
%
|
O‘tgan
yil
|
hisobot yili
|
O‘tgan
yil
|
hisobot
yili
|
O‘tgan yil
|
Hisobot
yili
|
Oktabr
|
5000
|
5000
|
-
|
200
|
?
|
?
|
Noyabr
|
4900
|
5200
|
100
|
350
|
?
|
?
|
Dekabr
|
5100
|
4900
|
200
|
|
?
|
?
|
IV kvartal
|
15000
|
15100
|
300
|
550
|
?
|
?
|
a) 98; 96,3 b) 100; 96 d) 100; 93,2 e) 96; 100
Shartnoma bajarilmaslik sabablarini aniqlang?
Ishchi kuchidan to‘liq foydalanmaslik, ishlab chiqarish dastgohlarini buzilishi, moddiy texnika ta’minotidagi uzilishlar;
Ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanmaslik, mahsulot sifatini buzilishi, bozor talablaridan kelib chiqqan holda shartnomaga tuzatilishlar kiritilishi;
Tashqi sabablar, ichki sabablar, ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish muddatlarini uzayishi;
Noto‘g‘ri javob yo‘q.
BOB. MEHNAT RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIK, MEHNAT UNUMDORLIGI VA ULARNING MAHSULOT HAJMIGA TA’SIRI TAHLILI
Korxonada mehnat resurslarini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarda mahsu- lot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni jonli mehnat omili, ya’ni inson omili muhim ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday fan- texnika taraqqiyotining rivojlangan bosqichida ham inson omilining bo‘lishi talab etiladi, ya’ni yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish uskunalarini ham inson boshqarishi lozim bo‘ladi. Bunday sharoitda korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishiga, mahsulot tannarxi- ning pasayishiga, foyda miqdorining oshishiga hamda boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Mehnat ko‘rsatkichlari- ning bajarilish darajasi mashina va jihozlardan maksimal foydalanishga, ishlab chiqarishni bir maromda amalga oshirilishiga va mehnat unum- dorligini o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda respublikamizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Mehnat ko‘rsatkichlari tarkibiga, odatda, quyidagilar kiradi:
ish haqi fondi;
xodimlar soni;
mehnat unumdorligi;
o‘rtacha yillik ish haqi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov mamlakat aho- lisining turmush darajasiga baho berar ekan, quyidagilar haqida ta’kidlab o‘tdi: «... o‘tgan 2011-yilda ijtimoiy sohani yanada rivoj- lantirish, mamlakatimiz aholisining daromadlari va turmush dara-
jasini muttasil oshirib borish masalalari doimiy e’tiborimiz mar- kazida bo‘ldi.
2011-yilda respublikamizda ish haqi 20,2 foizga, budjet tashkilot- lari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga o‘sdi. Aholining real daromadlari yil mobaynida 23,1 foizga ortdi. Ayni paytda - shunga e’tibor berish lozimki – aholi jami daromadlarining 47 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinmoqda.
Sir emaski, biz mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki yillaridan boshlab ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholining daro- madlari va turmush sharoitida keskin tafovut bo‘lishiga yo‘l qo‘ymas- likka katta e’tibor qaratmoqdamiz.
Keyingi o‘n yil davomida yurtimizda aholi daromadlari hajmi 8,1 barobar ortgan bir paytda, ish haqi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj toifa- larning daromadlari miqdorini jadal oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va soliq imtiyozlari berish hisobidan aholining eng past va eng yuqori daromadga ega bo‘lgan guruhlari o‘rtasidagi tafovut, boshqacha aytganda, daromadlardagi farq koeffitsiyenti 21,1 barobardan 8,3 barobarga qisqardi. Aytish kerakki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va bir qator iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasida bu koeffitsiyent eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Yurtimizda o‘tgan yillar davomida ish haqi va pensiyalarning xarid qobiliyati izchil va barqaror o‘sgani aholining hayot darajasi va sifati ortib borayotganining yaqqol tasdig‘idir.
Buning isboti tariqasida quyidagi misol va raqamlarni keltirish mumkin. Agar 1991-yilda eng kam ish haqiga Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq tarzda hisoblab chiqilgan iste’mol savatchasi qiymatining faqat 8 foizini tashkil etadigan tovar va xizmatlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, 2011- yilda bu ko‘rsatkich iste’mol savatchasining 120 foizini tashkil etdi yoki 15 barobar o‘sdi, eng kam pensiyaning xarid qobiliyati esa 9 karra oshdi.
Ayni shu ko‘rsatkichlar 2000-yilda mos ravishda 11,0 va 3,6 barobarni tashkil etdi».1
Respublikamizda 2012-yilning 9 oyi davomida yalpi ichki mahsu- lot, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi yuqori sur’atlar bilan oldingi yillarga nisbatan o‘sdi. So‘nggi yillar davomida YaIM hajmining o‘sish darajasi o‘rtacha 8 % dan yuqori bo‘ldi. Mehnat unumdorligini
1 Каримов И.А. 2012 йил ватанимиз тараққиётини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади. Тошкент.
«Ўзбекистон», 2012 йил 14 б.
o‘sish darajasi mahsulot hajmini o‘sish darajasiga nisbatan yuqori bo‘lishi mamlakat miqyosida katta iqtisodiy samara berdi. Xalqaro tajribalaridan ma’lumki, shu ko‘rsatkich davlat iqtisodiyoti qudrati, kishilar turmush farovonligi omillarini mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda yalpi ichki mahsulot, shu jum- ladan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotganligini turli o‘zgarishlar bilan bog‘lash mumkin. Masalan, turli mulk shakllari va mazmunining o‘zgarishi, boshqaruv tizimidagi o‘zga- rishlar, erkin iqtisodiy foaliyatning cheklanmaganligi, tashqi iqtisodiy faoliyatga keng yo‘l ochilishi va hokazo. Mamlakatimizdagi demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ayniqsa, mehnatga qobiliyatli yoshlarning soni tez o‘sib bormoqda. Shu bois ishchi kuchlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlik masalasini hal etish mamlakatimizdagi eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolardan biridir. Bu vazifani hal etishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, «Kichik va o‘rta korxonalar sonini ko‘paytirish, xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvat- lashdan iborat. Yuqorida zikr etilgan sohalar, birinchi galda, biz uchun eng dolzarb bo‘lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish muammolarini hal etishda o‘ziga xos lokomotiv vazifasini bajaradigan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida biz tanlagan siyosatning mutlaqo to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlagan holda olib borilayotganini takror va takror isbotlamoqda».1
|