Valiyeva muxtasar




Download 3,06 Mb.
Sana15.05.2024
Hajmi3,06 Mb.
#236745
Bog'liq
M


TEXNOLOGIYA TA`LIMI VA TEXNOLOGIK VOSITALAR
VALIYEVA MUXTASAR
«Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi.
“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.
Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va axborot) texnologiyalarini qo‘llashning asosiy bo'limlari «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlari berilgan. Siz ulardan birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga olish kerakki, «Texnologiya va dizayn» yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu boblarni «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar.
Amaliy mashg’ulot jarayonida har bir topshiriq oddiydan murakkabga qarab Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi darslaridagi ta’lim-tarbiyaviy vazifalar umumta’lim maktablaridagi mehnat ta’limining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi mashg‘ulot turlari jarayonida amalga oshiriladi:
  • Qog‘oz va karton bilan ishlash.
  • Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.
  • Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash a) plastilin va loy ishi; b) urug‘lar bilan ishlash; d) applikatsiya va mozaika ishlari;
  • Loyihalash va modellashtirish; a) badiiy qurish-yasash.
  • Qishloq xo‘jalik mehnati.

Robototexnika – robotlarni qurish, ulardan foydalanish boshqarish, ma’lumotlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan mexanika, elektrotexnika, elektron muhandislik va informatika fanlarini birlashtiradigan soha.
Lego – Daniyadagi (Billund) Lego Group xususiy kompaniyasi ishlab chiqaradigan plastik mahsulot
Shablon – 1) tayyor buyumlar shaklining toʻgʻriligini tekshiradigan asbob, moslama; 2) tabiiy kattalikda tayyorlangan detal (meʼmorlik, qurilish) chizmasi; 3) koʻchma maʼnoda – koʻr-koʻrona taqlid qilish. Maktabda esa doira va qaytarma shablonlardan simmetrik shakldagi modellarni yasashda foydalaniladi.Trafaret shablon tayyorlash uchun tasvir chizib olinadi va ozgina kesib, qaychini uzmasdan qirqishga harakat qilinadi. Agar uzib-uzib qirqilsa, tasvir noto‘g‘ri chiqishi mumkin. Trafaret shablon 2 xil bo‘ladi: 1) oddiy trafaret shablon; 2) murakkab trafaret shablon.
Download 3,06 Mb.




Download 3,06 Mb.