BOSHLANG’ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH VA
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
https://doi.org/10.5281/zenodo.7065635
Yakubaeva Adolat Rajapbay qizi
Boshlang'ich ta'lim o'qituvchi
Yuldasheva Ozoda
Xorazm viloyati Urganch tumani 7 -son maktabning Texnologiya fani
oʻqituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada texnologiya darslari haqida umumiy
tushunchalar haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, texnologiya darslarini
hayotimiz
tutgan
o'rni
va
texnologiya
darslarida
zamonaviy
texnologiylardan foydalanish maqolaning asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Kalit so'zlar: texnologiya darslari, innovatsion texnologiya, pedagogik
texnologiya,dizayn
“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy
mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib,
qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim
va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.
“Texnologiya”
darslarida
materialshunoslik,
asbob-uskunalar,
moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot
ishlab chiqarish va uyro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lasiz.
Bu maqolada o’quvchilarning turli materiallarga ishlov berish usullarini
egallashida kerak bo’ldigan qobiliyatlar va ularni shakllantirishga doir
jihatlar keltirib o’tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq
umummehnat ko‘nikmalari har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi.
Jamiyatimizning har bir a’zosining bilim va salohiyatini to‘la ro‘yobga
chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining rivojlanib borayotganligi
bu ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda. Ijodkorlik – bu yangi
g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishdir. Ijodiy
faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqarli bo‘lib bormoqda. Sizni
o‘rab
turgan
barcha
buyumlar,
jihoz
va
uskunalar
ijodkor
insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli
hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy
avtomobillar, katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli
boshqa ne’matlar yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib, tanlagan
kasbingizni mukammal egallab, bu taraqqiyotga o‘z hissangizni qo‘shasiz
deb umid qilamiz. Bu vazifalarni uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Asosiy qism: Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion,
pedagogik va axborot) texnologiyalarini qo‘llashning asosiy bo'limlari
«Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik asoslari»
yo‘nalishlari berilgan. Siz ulardan birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga olish
kerakki, «Texnologiya va dizayn» yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika
ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu
boblarni «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar
ham o‘rganadilar. Siz mashg‘ulotlar va uyushtiriladigan sayohatlar
davomida ko‘plab sohalarga oid kasbhunar turlari bilan tanishasiz. Kelajak
hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini egallab, o‘z sohasining mohir
ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz jamiyatimiz ravnaqi uchun o‘z hissangizni
qo‘shasiz.
Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya,
pedagogic texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish,
texnologik tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar
beriladi. Menimcha, avvalo «texnologiya» so’zining ma’nosini bilish
maqsadga muvofiq.
«Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar
olish maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari
bilan xom-ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini
tizimlashtiruvchi fanni anglatadi.
Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni «texno» - hunar yoki san’at,
«logos» - fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati
haqidagi fan sifatida e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak,
Yevropa mamlakatlarida, jumladan Germaniya va Rossiya maktablarida
«Mehnat ta’limi» o’quv predmetini «Texnologiya» yoki «Texnologik ta’lim»
deb yuritilishi maqsadga muvofiq hisoblayman.
Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni,
qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda
metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish
usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish,
xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini
bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda
tutilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini
o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda
texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan
bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-
hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy
munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini
o‘qitishning asosiy vazifalari:
materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va
texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; texnik obyekt
hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat
operatsiyalarini bilish; texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va
umummehnat operatsiyalarini
amaliyotda qo‘llay olish; texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual
qobiliyatlarini shakllantirish; texnologik jarayon va tayyorlangan
mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda
mahsulot sifatini tahlil qila olish;
buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda
mehnat
operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish; ongli ravishda kasb
tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya
faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”,
“Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
|