|
Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilardir
|
bet | 108/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilardir.
Mehnat unumdorligini o‘sish darajasi.
Mehnat unumdorligi hisobiga mahsulot hajmini o‘sishi.
Xodimlar sonini nisbiy kamayishi.
Mehnat haqi fondidan nisbiy iqtisod.
Mehnat unumdorligi o‘sish darajasini mehnat haqini o‘sish darajasiga nisbati.
Mehnat resurslarini tahlil etish orqali korxonani xodimlar bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish, ularning tarkibi, tuzilishi, kasbiy mahorati, xodimlarni malakasini oshirish, ish vaqtidan foydalanish ko‘r- satkichlariga baho beriladi. Ayniqsa, mehnat unumdorligini oshirish
1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий- иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлиштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Mаҳкамаси мажлисидаги маърузаси.»Тошкент оқшоми» газетаси 2008 й. (2 февраль)
imkoniyatlariga ko‘proq e’tibor beriladi. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad, mehnat unumdorligini oshirish rezervlari hisobiga mahsulot hajmini o‘sishini, ish vaqtidan to‘liq foyda- lanish va boshqa omillar evaziga mahsulot tannarxini pasaytirishdan iboratdir.
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlangan- ligini o‘rganishda boshqaruv tahlilining asosiy vazifalari quyida- gilar hisoblanadi:
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’- minlanishi, ularning tarkibi, strukturasi o‘zgarishini mehnat unum- dorligiga bo‘lgan ta’sirini hisoblash va baho berish.
Ish vaqtini yo‘qotish sabablarini aniqlash va unga baho berish;
Mehnat unumdorligi rejasining bajarilishi va dinamikasiga ob- yektiv baho berish.
Mehnat resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash.
Xodimlar qo‘nimsizligiga baho berish.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillarini aniqlash va ularga baho berish.
Bir xodimning mehnat unumdorligini aniqlash va uning o‘zgari- shiga ta’sir etuvchi omillarga baho berish.
Ish vaqtidan foydalanish va bir soatlik ish unumdorligini o‘zgarishini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini o‘rganish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’- minlanganlik va ulardan samarali foydalanganlik holatlariga baho berishda boshqaruv tahlilining asosiy axborot manbalari quyidagilar hisoblanadi:
biznes-reja ma’lumotlari;
mehnat resurslaridan foydalanish ko‘rsatkichlarini aks ettirgan 1- T shaklidagi «Mehnat hisoboti» statistik hisobot shakli ma’lumotlari;
ish vaqtidan foydalanish, ish vaqti balansi to‘g‘risidagi hisobot, ishga kelish, ketish to‘g‘risidagi tabel, ish kunini fotografiyasi, ishlab chiqarish normasini bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va boshqa ma’lumotlar.
|
| |