• Yb+T=ST+Yo
  • Mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili (ming so‘mda)
  • St=Yb+T-Yo
  • Omillar ta’sirining natijalarini quyidagi jadvalda umumlashtiramiz
  • Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
  • Takrorlash uchun savollar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,74 Mb.
    bet103/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Tovarlarning ishlab chiqarish tannarxi

    Korxona foydasi

    Sotish jarayonida qo‘llaniladigan egri soliqlar

    Savdo ustamasi

    Korxonaning ulgurji sotish bahosi

    Korxonaning chakana sotish bahosi

    Tahlilda mahsulot, ish va xizmatlarni sotish rejasining bajarilishi va dinamikasi, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi. Mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi chizma va jadval misolida ko‘rishimiz mumkin:



    Ishlab chiqaruvchi

    I I



    Sotib oluvchi










      1. Chakana savdo



        Sotib oluvchi



        Ishlab chiqaruvchi
        II










      1. Sotib oluvchi



        Ishlab chiqaruvchi
        III







      1. Sotib oluvchi



        Ishlab chiqaruvchi
        IV




    1. chizma. Mahsulotlarni sotish shakllari.




    Ishlab chiqarish tannarxi + Korxona foydasi
    + Sotishga soliqlar




    Sotib olish bahosi









    I




    Ishlab chiqarish tannarxi + Korxona foydasi
    + Sotishga soliqlar + Savdo ustamasi




    II

    Sotib olish bahosi









    Ishlab chiqarish tannarxi + Korxona foydasi
    + Sotishga soliqlar + Savdo qo’shimchasi + Savdo ustamasi




    III

    Sotib olish bahosi










    Ishlab chiqarish tannarxi + Korxona foydasi
    + Sotishga soliqlar + Savdo qo’shimchasi + Savdo qo’shimchasi + Savdo ustamasi




    IV

    Sotib olish bahosi




    1. chizma. Sotish shakllari bo‘yicha narxlarning shakllanishi.

    Mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun tovar balansini tuzamiz. Tovar balansi ko‘rsatkichlari tayyor mahsulot harakati nomli ma’lumotnomadan olinadi. Bu hisobot shaklida tayyor mahsulotning yil boshiga, yil oxiriga bo‘lgan qoldig‘i, ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hamda sotilgan mahsulot ulgurji bahoda va ishlab chiqarish tannarxida ifodalangan. Tovar balansi quyidagi formula orqali aniqlanadi.


    Yb+T=ST+Yo


    Bunda:
    Yb – tayyor mahsulotning yil boshiga qoldig‘i T – ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti
    St – sotilgan mahsulot hajmi
    Yo – tayyor mahsulotning yil oxiridagi qoldig‘i.



    1. jadval

    Mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili (ming so‘mda)


    Ko‘rsatkichlar



    Shartli belgi

    Hisobot yili



    Farqi (-,+)

    Sotish hajmiga ta’siri

    Biznes-
    rejada

    Haqi-
    qatda

    1. Tayyor mahsulot yil bo- shiga qoldig‘i

    Yb

    367847

    563974

    +196127

    +196127

    2. Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti

    T

    2117539

    2515931

    +398392

    +398392

    Jami: (1 satr+2 satr)

    X

    2485386

    3079905

    +594519

    +594519

    3. Sotilgan mahsulot

    St

    2367492

    3040381

    +672889

    x

    4. Tayyor mahsulotning yil oxiriga qoldig‘i

    Yo

    117894

    39524

    -78370

    +78370

    Jami: (3 satr+4 satr)

    x

    2485386

    3079905

    +594519

    +78370

    Mahsulot sotish hajmi 280380 ming so‘mni tashkil etib rejaga nisbatan 19926 ming so‘mga ortgan. Sotish hajmiga quyidagi omillar ta’sir etgan.




    St=Yb+T-Yo





    1. Tayyor mahsulotning yil boshiga bo‘lgan qoldig‘ini o‘zgarishi.

    2. Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti.

    3. Tayyor mahsulotning yil oxiriga bo‘lgan qoldig‘ini o‘zgarishi.

    Sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillardan ikkitasi, ya’ni tayyor mah- sulotning yil boshiga qoldig‘i (Yb) va ishlab chiqarilgan mahsulotning

    1. rejaga nisbatan o‘zgarishi bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bu ko‘rsatkichlarni (Yb,T) ortishi sotish hajmini ham ortishiga, rejaga nisbatan kamayishiga olib keladi.

    Yil oxiridagi (Yo) tayyor mahsulot sotish hajmiga teskari ta’sir etadi, ortishi sotish hajmini kamayishiga, kamayishi sotish hajmini ortishiga olib keladi.

      1. Yil boshidagi tayyor mahsulot qoldig‘ining rejaga nisbatan 196127 ming so‘mga ortishi tufayli sotilgan mahsulot shu summaga ko‘paydi. Bu omilning hissasi 29,15 % (196127x100:672889) ni tashkil etadi.

      2. Ishlab chiqarilgan tovar mahsulotini rejasi 118,81 % ga bajaril- gan, ya’ni rejani 18,81 % ga ortig‘i bilan bajarilishi tufayli mahsulot haj- mi 398392 ming so‘mga ortgan. Shu summaga sotilgan mahsulot hajmi ham ko‘paygan.

      3. Yil oxiridagi tayyor mahsulot qoldig‘i rejadagi 117894 ming so‘mdan haqiqatda 39524 ming so‘mga qadar, ya’ni 78370 ming so‘mgacha kamaygan. Bu foiz hisobida 11,65 % (78370x100:672889) ni tashkil etadi.

    Yil oxiridagi qoldiqning kamayishi tufayli realizatsiya hajmi 78370 ming so‘mga ko‘paygan.

    1. jadval

    Omillar ta’sirining natijalarini quyidagi jadvalda umumlashtiramiz







    Ko‘rsatkichlar

    Summa, ming so‘mda

    Rejaga nisbatan % hisobida

    1

    2

    3

    1. Tayyor mahsulotning yil boshiga qoldig‘ini
    ortishi hisobiga

    +196127

    +8,28

    2. Tovar mahsuloti rejasini ortig‘i bilan
    bajarilishi hisobiga

    +398392

    +16,82

    3. Tayyor mahsulotning yil oxiriga qoldig‘ini
    kamayishi hisobiga

    +78370

    +3,31

    Jami:

    +672889

    +28,42

    Yuqorida qayd etilgan omillardan tashqari sotish rejasining baja- rilishiga mahsulot sifatini rejaga nisbatan o‘zgarishi, assortimentni


    belgilangan rejaga nisbatan o‘zgarishi, ishlab chiqarish maromiyligini buzilishi, bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, o‘rindosh tovarlarning bozordagi hajmi va ularning bahosini o‘zgarishi, mahsulotning qadoq- lanishi hamda tashqi ko‘rinishi ta’sir etadi.
    Sotish hajmini tahlilining xotima qismida ishga solinmagan ichki imkoniyatlar hisobiga mahsulot hajmini oshirish imkoniyatlari aniqlan- mog‘i lozim. Ishga solinmagan imkoniyatlar sotish hajmini oshirishga, foyda va rentabellikni ko‘paytirishga qaratilmog‘i lozim. Belgilanadigan tadbiriy choralar korxonaning barcha bo‘g‘inlarini o‘z ichiga olishi kerak, ya’ni ishlab chiqarish, moliyaviy holat, moliyaviy natijalarni samaradorligini oshirishga qaratilmog‘i lozim.
    Mahsulot sotish hajmini oshirish rezervlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: raqobatbardosh, yuqori talabga ega bo‘lgan mah- sulotlarni ko‘plab ishlab chiqarish, tayyor mahsulot qoldig‘ini belgilangan me’yor darajasida saqlash, sifatsiz mahsulotlarni arzonlash- tirilgan narxlarda realizatsiya qilish, ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etish, ombordagi tayyor mahsulot kamomadini (inventarizatsiya natijasiga ko‘ra) undirib olish, mahsulot sifatini oshirish va h.k.
    Tahlil natijalariga ko‘ra korxona mahsulot sotish hajmini oshirish imkoniyatlariga ega.

    Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:





    • ishlab chiqarish hajmi;

    • mahsulot nomenklaturasining tavsifi;

    • mahsulot assortimentining tavsifi;

    • mahsulot assortimentini tahlil etish uslublari;

    • mahsulot tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash uslublari;

    • ishlab chiqarish maromiyligi;

    • ishlab chiqarish maromiyligini buzilish sabablari;

    • maromiylikni korxona iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’siri;

    • mahsulotlar ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillar tasnifi;

    • tadbirkorlik omili;

    • mehnat omili;

    • tovar-moddiy zaxiralar bilan ta’minlanganlik omili;

    • asosiy vositalar bilan qurollanganlik omili.

    • sotish hajmi;

    • sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlilining uslublari;

    • mahsulot yetkazib berish va sotish shartnomalari;

    • shartnoma bajarilishini tahlil etish usullari;

    • sifat ko‘rsatkichlari tahlili;

    • mahsulot sifatini tahlil etish uslublari;

    • reklamatsiya to‘g‘risida tushuncha.



    Takrorlash uchun savollar:


    1. Xo‘jalik subyektlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini tahlil etishning ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?

    2. Mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini o‘rganishda tahlilning asosiy vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi?

    3. Qanday axborot manbalaridan foydalaniladi?

    4. Mahsulot hajmini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalab bering?

    5. Yalpi tovar mahsuloti deganda nimani tushunasiz?

    6. Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi va uning dinamikasi qanday tahlil etiladi?

    7. Mahsulot nomenklaturasi va assortimenti qanday tahlil etiladi?

    8. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi nima?

    9. Mahsulot (ish, xizmat)larning sifatsizligidan ko‘rilgan zarar qanday tahlil etiladi?

    10. Maromiylikning buzilishiga nimalar sabab bo‘ladi?

    11. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsatib bering?

    12. Korxonalarda mahsulot sotish hajmi qaysi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi?

    13. Mahsulot sotish hajmini tahlil etishda boshqaruv tahlilining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

    14. Mahsulot sotish hajmiga tovarlar strukturasining o‘zgarishi qanday

    ta’sir etadi?

    1. Mahsulot sotish hajmining reja bajarilishi va ularning dinamik o‘zgarishlari oylar bo‘yicha qanday tahlil etiladi?

    2. Mahsulot sotish hajmining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir etadi?

    3. Mahsulot sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi qanday tahlil etiladi?

    4. Shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligiga qanday omillar ta’sir etadi?

    5. Mahsulot sifati qanday tahlil qilinadi?

    6. Mahsulot sotish hajmini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatib bering.




    Download 1,74 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,74 Mb.