Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili




Download 1,74 Mb.
bet102/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili


Korxonalar tajribasida mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni turlicha guruhlashtirish mumkin, lekin bular ichida eng muhimlari quyidagilar:



  • tadbirkorlik omili;

  • mehnat omillari;

  • moddiy zaxiralar bilan ta’minlanganlik omili;

  • asosiy vositalar bilan qurollanganlik omili.

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ta’sirchan omillardan biri bu tadbirkorlik omilidir. Shu sababli, mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga tadbirkorlik layo- qati omili ham kiritilishi tartiblangan va bu tarkiblash iqtisodiy jihatdan o‘rinlidir, chunki yuqorida qayd etilgan ishlab chiqarish omillari tadbir- korlik omili bilan birgalikda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta’sir etadi.
Mehnat ishlab chiqarishning muhim omili sanaladi, chunki u mod- diy boyliklar, zaxiralarni xomashyo sifatida asosiy vositalardan foydala- nib ishlab chiqarishni tashkil etadi va tayyor mahsulot yaratiladi. Barcha omillar bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etadi. Mehnat omillarini tahlil etishda firmaning mehnat kuchlari tarkibi, harakati va ular bilan ta’minlanganlik, ish vaqtida foydalan- ganlik, mehnatning unumi va mehnat omillarini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga bo‘lgan ta’sirlari aniqlanadi.
Tovar va moddiy zaxiralardan foydalanganlik omilini o‘rganishda ular bilan ta’minlanganlik, tovar zaxiralarining harakati, moddiy javobgarlar bo‘yicha saqlanish holati, samarali foydalanganlik, moddiy boyliklarning qaytimi va sig‘imi hamda moddiy boyliklardan foydala- nishning ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmiga ta’siri kabi ko‘rsat- kichlar tahlil qilinadi.
Bugungi kunda firma va kompaniyalarni texnik jihatdan qayta qu- rollanishi muhim ahamiyat kasb etadi, sababi, zamonaviy asosiy vositalardan foydalanish ish unumini ortishiga, mahsulotlar sifatini yaxshilanishiga hamda texnologik jarayonlardagi yo‘qotish – braklarni kamayishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham bu omilning tahlilida firmani asosiy vositalari tarkibi, harakati va texnik holati, ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy vositalardan foydalanish ko‘rsatkichlari hamda asosiy vositalardan oqilona foydalanishning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga ta’siri o‘rganiladi.
Boshqa omillar deyilganda, bozor konyukturasi, talab va taklif, raqobatchilar imkoniyati, iste’molchi va buyurtmachilarning xarid qobiliyati, xalqaro iqtisodiy aloqalarning o‘zgarishi va shu kabi boshqa sabablar tushuniladi.
Rivoj topayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot (ish, xiz- mat)larni ishlab chiqarishdan ko‘ra ko‘proq ularni sotish muammosi
oldingi o‘ringa chiqadi. Korxonalar erkin faoliyat yurituvchi subyektlar sifatida oldi-sotdi munosabatlarini ham mustaqil belgilaydi. Mahsulot, ish va xizmatlarni oldi-sotdi jarayonlari bozor munosabatlarining negizida turadi. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish mulkiy munosabat- lardan kelib chiqqan holda o‘zaro shartnomaviy kelishuvlarga tayanadi. Respublikamizdagi soliq qonunchiligiga, asosan, mahsulot ortib jo‘natilgan va hisob hujjatlari qarshi tomonga (xaridor va buyurt- machilarga) taqdim etilgan bo‘lsa, mahsulot sotilgan deb hisoblanadi. Mahsulotlarga egalik huquqi ular ortib jo‘natilgan paytdanoq korxonadan chetlanadi va qarshi tomonga o‘tadi. Ular bo‘yicha hisob- kitoblar tomonlarning o‘zaro kelishuvida hal etiladi.
Mahsulotlarni sotilgan deb hisoblashning, odatda, ikki sharti, ya’ni ular ortib jo‘natilgan va korxona hisob raqamiga puli kelib tushishini xarakterlovchi «kassali usul» hamda ortib jo‘natilgan va hisob hujjatlari taqdim etilgan paytdanoq sotilgan hisoblanuvchi «hisobga olish usul»i xarakterlanadi. Mulkga egalikning yangi huquqiy aspektlarida, asosan, ikkinchi usul tarkiblanadi, shuningdek, butun-butun hisob-kitoblar tizimi ham ushbu qonuniyat asosida tuziladi. Oldi-sotdi munosabatlarida yagona belgi shuki, ortib jo‘natilgan yoki sotilgan mahsulotlar bo‘yicha mablag‘larni undirib olish bevosita mulk egasining muammosidir.
Shartnomaviy munosabatlarda uning subyektlari o‘zaro kelishuvining huquqiy aspektlari ifodalanadi, mahsulotlarni sotuvchi va sotib oluvchilar, ularning majburiyatlari, hisob-kitoblarning shakli, davri va shartlari, ularning buzilishida qo‘llaniladigan choralar, ularning tartibga solinishi aks ettiriladi. Mahsulotlarni sotish ulgurji va chakana narxlarda amalga oshiriladi. Korxona tomonidan qo‘llaniladigan narxlarni quyidagicha tasvirlash mumkin.


Download 1,74 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili

Download 1,74 Mb.