|
Mahsulot sifatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar sistemasi
|
bet | 98/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Mahsulot sifatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar sistemasi:
Jami ishlab chiqarishda yangi mahsulot ulushi.
Attestatsiyadan o‘tgan va o‘tmagan mahsulotlarni tutgan ulushi.
Oliy nav (kategoriya)dagi mahsulot ulushi.
Jahon standarti talablariga javob beradigan mahsulot ulushi.
Eksport qilinadigan mahsulot ulushi, shu jumladan, yuqori rivojlangan sanoat korxonalariga.
Umumiy ko‘rsatkichlardan tashqari har bir mahsulotni individual xususiyatlari ham sifatni ifodalaydi. Masalan, sutning yog‘lilik darajasi, ko‘mirni issiqlik darajasi, ayrim mahsulotlarni chidamliligi, pishiq- puxtaligi; mahsulotni estetik ko‘rinishga ega bo‘lishi; texnologiyaga mosligi va h.k.
Reklamatsiya – bu iste’molchi tomonidan mahsulot sifati xususida bildirilgan e’tiroz demakdir.
Mahsulot butligi - mahsulot tarkibidagi barcha qism, detallarni
mavjud bo‘lishi uni butligini ifodalaydi, ayniqsa, murakkab turdagi mahsulotlarni butligiga e’tibor qaratilmog‘i lozim. Korxona to‘liq butlangan mahsulotlarni standart va texnik shartlar talablariga javob beradigan holda iste’molchilarga jo‘natishi shart. Butlanmagan mahsulot realizatsiya va ishlab chiqarish jarayonini sekinlashtiradi. Natijada aylanma mablag‘lar aylanishi sekinlashadi, korxonani iqtisodiy jihatdan nochor holatga keltiradi. Traktor, avtomobil tayyor mahsulot deb hisoblanadi, qachonki ularga tegishli asboblar, ehtiyot qismlar bilan butlangan bo‘lsa.
Iste’molchi mahsulot yetkazib beruvchiga kafolat muddati davo- mida reklamatsiya bildirishi va jarima undirib olish huquqiga ega. Mahsulot butlangan (komplekt)ga ega bo‘lishi kerak. Shundagina u tayyor mahsulot deb hisoblanadi.
Yengil sanoatda mahsulot nav (sort)larga bo‘linadi. Mahsulot nav (sort)larga bo‘linganda uning sifatini quyidagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalash mumkin:
O‘rtacha nav (sort)lilik koeffitsiyenti.
O‘rtacha mahsulot birligini sotish bahosi.
jadval
|
| |