• Aksionerlik jamiyatida mahsulot sotish rejasining qiymat shaklida bajarilishi tahlili
  • Mahsulotlarning ayrim turlari bo‘yicha sotish rejasining natura shaklida bajarilishi (dona hisobida)




    Download 1,74 Mb.
    bet91/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Mahsulotlarning ayrim turlari bo‘yicha sotish rejasining natura shaklida bajarilishi (dona hisobida)




    Mahsulot turlari

    Mahsulot birligining bahosi, so‘m

    Yanvar

    Fevral

    Mart

    Reja

    Haqi- qatda

    Reja

    Haqi- qatda

    Reja

    Haqi- qatda

    «A»

    8950

    7880

    8129

    7160

    8032

    7580

    8229

    «B»

    7600

    9560

    10567

    9010

    9561

    9120

    9067

    «V»

    3460

    3870

    3051

    3270

    3157

    3210

    3171

    Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tahlil qilinayotgan korxonada joriy yilning birinchi choragida sotish rejalashtirilgan «A» mahsulot bo‘- yicha sotish rejasi yanvar oyida rejadagi 7880 dona o‘rniga haqiqatda 8129 donani, fevral oyida rejadagi 7160 dona o‘rniga haqiqatda 8032 donani, mart oyida esa rejadagi 7580 dona o‘rniga 8229 donani tashkil etgan.
    Ya’ni «A» mahsuloti bo‘yicha sotish rejasi birinchi chorakning barcha oylarida ortig‘i bilan ado etilgan. «B» mahsuloti bo‘yicha sotish rejasi birinchi chorakning yanvar va fevral oylarida ortig‘i bilan bajarilgan bo‘lsada, mart oyida reja bajarilmagan. «V» mahsuloti bo‘yicha sotish rejasi esa birinchi chorakning barcha oylarida birdek qisman bajarilmagan, demak, korxona ma’muriyati «V» mahsulotini kam sotilishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlashi va tegishli choralar ko‘rishi lozim bo‘ladi.
    Jadvalda keltirilgan natura shaklidagi mahsulotlarni uning bahosiga ko‘paytirish orqali sotish hajmini qiymat ko‘rinishida ifodalaymiz va rejasining bajarilishini aniqlaymiz.

      1. jadval

    Aksionerlik jamiyatida mahsulot sotish rejasining qiymat shaklida bajarilishi tahlili





    Mahsulot turlari

    Biznes-reja bo‘yicha

    Haqiqatda

    Biznes-rejaning
    bajarilishi, %

    «A» mahsuloti:










    Yanvar

    7880 * 8950=70526

    8129 * 8950=72754,6

    103,16

    Fevral

    7160 * 8950=64082

    8032 * 8950=71886,4

    112,18

    Mart

    7580 * 8950=67841

    8229 * 8950=73649,5

    108,56

    Jami:

    22620 * 8950=202449

    24390 * 8950=218290,5

    107,82

    «B» mahsuloti:










    Yanvar

    9560 * 7600=72656

    10567 * 7600=80309,2

    110,53

    Fevral

    9010 * 7600=68476

    9561 * 7600=72663,6

    106,11

    Mart

    9120 * 7600=69312

    9067 * 7600=68909,2

    99,42

    Jami:

    27690 * 7600=210444

    29195 * 7600=221882

    105,43

    «V» mahsuloti:










    Yanvar

    3870 * 3460=13390,2

    3051 * 3460=10556,5

    78,83

    Fevral

    3270 * 3460=11314,2

    3157 * 3460=10923,2

    96,54

    Mart

    3210 * 3460=11106,6

    3171 * 3460=10971,7

    98,78

    Jami:

    10350 * 3460=35811

    9379 * 3460=32451,4

    90,62

    Hammasi

    448704

    472623,9

    105,33

    Shu jumladan:










    Yanvar

    156572,2

    163620,3

    104,50

    Fevral

    143872,2

    155473,2

    108,06

    Mart

    148259,6

    153530,4

    103,55

    Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida aksionerlik jamiyatining


    birinchi chorak mobaynida mahsulot sotish rejalarining natura va qiymat ifodalarida bajarilishiga baho berishimiz mumkin bo‘ladi. Ma’lumot- lardan ko‘rinadiki, korxonada «A» mahsulotini sotish rejasi birinchi chorakda jami natura shaklida 1770 donaga ko‘p bo‘lgan, ya’ni reja 107,82 % ga bajarilgan. «A» mahsulotini sotish bo‘yicha rejaning bajarilishi birinchi chorakning yanvar oyida 103,16 % ni, fevral oyida 112,18 % ni, mart oyida esa 108,56 % ni tashkil etgan. Bundan ko‘rinadiki, «A» mahsulotga bo‘lgan bozor talabi yuqori ekan, ya’ni ushbu mahsulot korxona uchun yuqori rentabelli mahsulot hisoblanar ekan. «B» mahsulotni sotish bo‘yicha birinchi chorak rejasi jami 105,43
    % ga ado etilgan bo‘lsada, sotish rejasi yanvar oyida 110,53 % ni, fevral oyida 106,11 % ni tashkil etgani holda, mart oyida esa sotish rejasi 0,58
    % ga bajarilmagan, demak, ushbu mahsulot turiga oxirgi oylarda bozordagi talab pasayib borayotganligidan dalolat beradi. Korxona ma’muriyati ushbu mahsulotning tobora kamroq sotilish sabablarini aniqlashi va tegishli choralar ko‘rishi lozim bo‘ladi. Korxonada birinchi chorakda «V» mahsulotini sotish rejasi 90,62 % ni tashkil etgan, ya’ni belgilangan reja 9,38 % ga bajarilmagan. Bunga sabab ushbu mahsulotni sotish rejalari birinchi chorakning yanvar oyida 78,83 % ga, fevral oyida 96,54 % ga, mart oyida esa 98,78 % ga bajarilishi ta’sir etgan. Bundan ko‘rinadiki ushbu mahsulotga bo‘lgan bozordagi talab borgan sari yaxshilanib bormoqda va so‘nggi oylarda deyarli sotish rejalashtirilgan mahsulot hajmida mahsulot sotilmoqda ekan. Korxona ma’muriyati esa ushbu mahsulotga bo‘lgan iste’molchilarning talablarini yanada puxta- roq o‘rganishi hamda ko‘proq mahsulot sotish choralarini topishi lozim bo‘ladi.
    Umuman olganda, korxonada birinchi chorak mobaynida uch xil turdagi mahsulot sotish rejalari umumiy tartibda to‘liq bajarilgan. Bu albatta yaxshi natijadir, faqatgina, korxona mahsulot sotish hajmlariga salbiy ta’sir etayotgan omillarni aniqlashi va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishi darkor. Mazkur jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, korxona mahsulotni iste’molchilarga jo‘natish rejasini birinchi chorakda 105,33 % (472623,9* 100:448704)ga bajargan. Belgilangan assortimentda reja bajarilgan. Mahsulot jo‘natish rejasini bunday tarzda bajarilishi korxonani bir maromda ishlab chiqarishni tashkil etishga harakat qilayotganligidan dalolatdir. Tahlil davomida mahsulot yetkazib berilmagan iste’molchilar aniqlanadi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilanadi.
    Mahsulotlarning turlari bo‘yicha reja bajarilishining tahlili bilan bir qatorda assortimenti tahlilini ham amalga oshirish zarur.



      1. Download 1,74 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulotlarning ayrim turlari bo‘yicha sotish rejasining natura shaklida bajarilishi (dona hisobida)

    Download 1,74 Mb.