|
Aksionerlik jamiyati bo‘yicha paxta tolasi dinamikasining omilli tahlili
|
bet | 88/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Aksionerlik jamiyati bo‘yicha paxta tolasi dinamikasining omilli tahlili
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
2010-
yil
|
2011-yilda qayta ishlangan xomashyo miqdori va 2010-yildagi
tolasi chiqimi bo‘yicha
|
2011
-yil
|
O‘zgari
-shi (+;-)
|
Sh.j. jami o‘zgarishi
(+;-)
|
Paxta xomash- yosi miqdori hisobiga
|
Tola koeffi- siyenti hisobiga
|
1
|
Qayta ishlan- gan paxta xomashyosi
miqdori , tonna
|
14659
|
27423
|
27423
|
+12764
|
X
|
X
|
2
|
Paxta tolasi chiqimi koef-
fitsiyenti
|
0,369
|
0,369
|
0,320
|
-0,049
|
X
|
X
|
3
|
Paxta tolasi
miqdori, tonna
|
5403
|
10119
|
8775
|
+3372
|
+4716
|
-1344
|
Endi, yuqorida bayon qilingan «Zanjirli bog‘lanish» usulining qoidalari asosida paxta tolasi dinamikasining omilli tahlilini jadvaldagi ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, aksionerlik jamiyati
bo‘yicha ishlab chiqarilgan paxta tolasi miqdori 2011-yilda 2010-yilga nisbatan 3372 tonna ko‘paygan. Bu o‘zgarish miqdoriy omilning ijobiy, sifatli omilning salbiy ta’siri ostida paydo bo‘lgan. Miqdoriy omilning, ya’ni qayta ishlangan paxta xomashyosi miqdorining oshishi ijobiy ta’sir qilib, paxta tolasi miqdorini 4716 tonna oshishiga olib kelgan:
Q1Ch0-Q0Ch0=(27423*0,369)-(14659*0,369)=10119- 5403=+4716 t
Demak, qayta ishlangan paxta xomashyosi miqdori 2011-yilda 2010-yilga nisbatan 12764 tonnaga oshgan, natija ushbu omil hisobiga paxta tolasi miqdori 4716 tonna ko‘paygan.
Paxta tolasi miqdorining o‘zgarishiga intensiv (sifatli) omilning o‘zgarishi salbiy ta’sir qilgan. Paxta tolasi chiqimi koeffitsiyenti 2011- yilda 2010-yilga nisbatan 0,049 miqdorga kamaygan (4,9% ga pasaygan), natijada shu omil hisobiga paxta tolasi miqdori 1344 tonnaga kamaygan:
Q1Ch1-Q1Ch0=(27423*0,320)-(27423*0,369)=8775-10119=-
1347 tonna
Agar 2011-yilda paxta tolasi chiqimi koeffitsiyenti kamaymasdan 2010-yil darajasida saqlanib qolganda, 2011-yilda qayta ishlangan paxta xomashyosidan olingan paxta tolasi 8775 tonna o‘rniga 10119 tonnani tashkil qilgan bo‘lar edi. Demak, paxta tolasi miqdorini ko‘paytirishning asosiy rezervi, paxta chiqimi koeffitsiyentini oshirish hisoblanadi, am- mo aksionerlik jamiyati 2011-yilda ushbu imkoniyatdan foydalangan emas.
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik subyektlari oldida turgan dolzarb masalalardan biri mahsulot ishlab chiqarish bilan bir qatorda, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni o‘z vaqtida va ko‘zlangan baholarda sotish ham hisoblanadi. Mahsulot sotish rejasini bajarilishi iste’molchilarga jo‘natilgan tovar qismini o‘rganish- dan boshlanadi, chunki jo‘natilgan tovar bilan sotilgan mahsulot vaqt jihatdan farqlanadi. Iste’molchilarga jo‘natilgan tovar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun belgilangan muddat davomida hisob schotiga pulni kelib tushmasligi tufayli korxonaning moliyaviy holati izdan chiqadi. Buning natijasida korxonaning budjet, bank, mol yetkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzi ortib boradi, to‘lov qobiliyati pasayadi. Bugungi kunda tovarlar uchun to‘lov muddati 3 oy, ya’ni 90 kalendar kuni qilib belgi- langan. 3 oydan oshgan qarz muddati o‘tgan qarz deb ataladi. Muddati o‘tgan qarzlarni surunkali davom etishi bankrotlikka sabab bo‘ladi.
|
| |