• Mahsulot turlari 2010- yil 2011-yil
  • Amalda bajari- lishi Farqi (+;-) Bajari- lishi, %
  • Mahsulotlarning turlari bo‘yicha ishlab chiqarish rejasini bajarilishi va dinamikasining tahlili




    Download 1,74 Mb.
    bet87/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Mahsulotlarning turlari bo‘yicha ishlab chiqarish rejasini bajarilishi va dinamikasining tahlili









    Mahsulot turlari



    2010-
    yil

    2011-yil

    Rejaga nisbatan

    2010-yilga nisbatan

    Reja bo‘yicha

    Amalda
    bajari- lishi

    Farqi (+;-)

    Bajari- lishi, %

    Farqi (+;-)

    Dinami kasi,
    %

    1

    Tola

    5403

    8362

    8775

    +413

    104,9

    +3372

    162,4

    2

    Chigit

    8510

    14618

    15038

    +420

    102,9

    +6528

    176,7

    3

    Momiq

    412

    935

    344

    -591

    36,8

    -68

    83,5

    4

    Katta
    momiq

    286

    761

    1175

    +414

    154,4

    +889

    410,8

    5

    Ulyuk

    48

    450

    64

    -386

    14,2

    +16

    133,3

    6

    Kuyundi

    -

    2039

    2027

    -12

    99,4

    -

    -

    Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2011-yilda sanoat mahsulotining asosiy turlari – tola va chigit bo‘yicha ishlab chiqarish rejasi oshig‘i bilan bajarilgan. Masalan, paxta tolasi bo‘yicha haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori rejaga nisbatan 413 tonnaga yoki 4,9 %ga, chigit bo‘yicha esa 420 tonnaga yoki 2,9 %ga ko‘p ishlab chiqarilgan. Ushbu mahsulotlarning miqdori 2010-yilga nisbatan keskin oshgan. Paxta tolasi bo‘yicha 3372 tonna yoki 62,4 foizga, chigit bo‘yicha 6528 tonnaga yoki 76,7 foizga mahsulot ko‘p ishlab chiqarilgan. Paxta tolasi chiqimining tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2011-yil reja oshig‘i bilan bajarilgan, ammo 2010-yilga nisbatan u keskin kamaygan.


    Aksionerlik jamiyatida paxtani qayta ishlashga 2010-yilda 14659 tonna, 2011-yilda 27423 tonna paxta xomashyosi sarf bo‘lgan.
    Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, qayta ishlangan paxta xomashyo- sidan olingan paxta tolasi 2010-yilda 36,9 foizni (5403*100/14659), 2011-yilda reja bo‘yicha 30,5 foizni (8362*100/27423), haqiqatda esa u
    32 foizni (8775*100/27423) tashkil qildi. Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, paxta tolasi bo‘yicha chiqim darajasi rejaga nisbatan 1,5 % ga oshgan, ammo 2010-yilga nisbatan 13,3 % ga kamaygan
    (100- 32,0*100 )= 100-86,7=-13,3 % .
    36,9
    Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, aksionerlik jamiyati pax- ta tolasi bo‘yicha chiqimini oshirish imkoniyatidan to‘liq foylangan emas.
    Ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori va hajmi bo‘yicha dinamikasi yoki rejasi bajarilishining tahlili qiyoslashdan boshlanadi. Hisobot yilidagi mahsulot miqdorini rejadagi yoki o‘tgan yildagi mahsulot miqdoriga solishtirib, o‘zgarishi aniqlanadi. Ushbu o‘zgarish ekstensiv va intensiv omillar ta’siri ostida yuzaga keladi. Ushbu omillarning mahsulot miqdorining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun
    «Zanjirli bog‘lanish», «Ko‘rsatkichlar farqi», «Indeks» usullaridan foydalanish mumkin. Biz ushbu bo‘limda «Zanjirli bog‘lanish» usulidan foydalanib natijaning o‘zgarishiga omillarning ta’sirini aniqladik. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 2011- yilda ishlab chiqarilgan paxta tolasi 2010-yilga nisbatan 3372 tonnaga oshgan. Ushbu o‘zgarish quyidagi ikki omil ta’siri ostida yuzaga kelgan:

    1. qayta ishlangan paxta xomashyosi miqdorining o‘zgarishi (ekstensiv omil);

    2. tola chiqimi koeffitsiyentining o‘zgarishi (intensiv omil).

    Ushbu omillarning ta’siri «Zanjirli bog‘lanish» usuli yordamida aniqlandi.
    Omillarning ta’sirini aniqlangunga qadar quyidagi bog‘lanish ko‘rsatkichlarini aniqlab olish zarur.

    1. Q0Ch0 - bazis yilidagi (yoki rejadagi) tola miqdori.

    2. Q1Ch0 - shartli tola miqdori.

    3. Q1Ch1 - hisobot yilidagi tola miqdori.

    Bunda, Q0, Q1 - mos holda bazis va hisobot yillarida qayta ishlangan paxta xomashyosi miqdori: Ch0, Ch1- mos holda bazis va hisobot yillarida paxta tolasi chiqimi koeffitsiyenti.
    Ushbu ko‘rsatkichlar aniqlangandan keyin ishlab chiqarilgan paxta tolasi miqdorining o‘zgarishi aniqlanadi va ushbu o‘zgarishga omillarning ta’siri aniqlanib, tahlil qilinadi.
    Paxta tolasi miqdorining o‘zgarishini (ko‘payishi yoki kamayishini) aniqlash uchun hisobot yilida ishlab chiqarilgan paxta tolasi miqdoridan
    (III-bog‘lanishdan) bazis yilida ishlab chiqarilgan paxta tolasi miqdorini (I-bog‘lanishni) chegirib tashlash kerak:
    Q1Ch1-Q0Ch0=±Q,Ch – bu o‘zgarish ikki omil ta’siri ostida yuzaga kelgan.
    Paxta tolasi miqdorining o‘zgarishiga qayta ishlangan paxta xomashyosi miqdori o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun «shartli paxta tolasi miqdori»dan (II-bog‘lanishdan) bazis yilidagi paxta tolasi miqdorini (I-bog‘lanishni) ayirib tashlash kerak:
    QCh0 - Q0Ch0=±q
    Paxta tolasi miqdorining o‘zgarishiga paxta tolasi chiqimi koeffitsiyenti o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi paxta tolasi miqdoridan (III-bog‘lanishdan) shartli paxta tolasi miqdorini (II-bog‘lanishni) chegirib tashlash kerak:
    Q1Ch1 - Q1Ch0 =±Z
    Shu ikki omil ta’sirlarining yig‘indisi paxta tolasi miqdorining umumiy o‘zgarishiga teng kelishi kerak:
    q ± ch=qch

      1. jadval

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulotlarning turlari bo‘yicha ishlab chiqarish rejasini bajarilishi va dinamikasining tahlili

    Download 1,74 Mb.