|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 89/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) - xo‘jalik sudi tomonidan e’ti- rof etilgan yoki qarzdor ixtiyoriy ravishda tugatilayotganida uning o‘zi e’lon qilgan qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditor- lar talabini to‘la hajmda qondirshga qodir emasligi, shu jumladan, budjetga va budjetdan tashqari fondlarga soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ta’minlashga qodir emasligi.
O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi Qonuni- ning 3-moddasi «bankrotlik alomatlari» deb ataladi. Bu moddada quyidagilar qayd etilgan. Yuridik shaxsning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran 9 oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uni bankrotlik alomati deb e’tirof etadi.
Jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirayotgan shaxsning pul mablag‘lari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov majburiyati ularni bajarish sanasi boshlangan paytdan e’tiboran 6 oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, agar majburiyatlarning summasi unga tegishli mol-mulkning qiymatidan oshib ketgan bo‘lsa, uning bankrotlik alomati deb e’tirof etiladi.
Qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash uchun quyidagi chora- tadbirlarni qo‘llash lozim:
ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;
norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;
debitorlik qarzlarni undirish;
qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;
qarzdorning talabidan o‘zganing foydasiga voz kechish;
qarzdor majburiyatlarini uchinchi shaxslar tomonidan bajarilishi;
qarzdorning to‘lov majburiyatini tiklashning boshqa usullari.
Jo‘natilgan tovarlarni tahlili uchun ma’lumotlar tezkor hisob va dastlabki hujjatlar hamda hisobotdan olinadi. Tovarlar iste’molchilarga tuzilgan shartnoma asosida jo‘natiladi.
Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» (2-shakl) shaklidan olingan, ya’ni yuqoridagi jadvalda mahsulot (ish, xizmat)lar sotish hajmi 2-shaklning 010 satridan olingan bo‘lib, mahsulot sotishdan olingan sof tushum solishtirma
ulgurji bahoda aks ettirilgan. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tahlil qilinayotgan aksionerlik jamiyatida o‘tgan yili jami 1452513 ming so‘mlik mahsulot sotilgan bo‘lsa, hisobot yilida bu ko‘rsatkich 3040381 ming so‘mni tashkil qilgan, ya’ni o‘tgan yilga nisbatan mahsulot sotish hajmi 209,32 % ni tashkil etgan.
jadval
|
| |