|
Mahsulot nomenklaturasi va assortimenti tahlili
|
bet | 92/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi iste’molchilar bilan avvaldan tuzilgan shartnomalardagi talablar miqdoriga bog‘liq. Korxona mahsulot ishlab chiqarishning biznes-rejadagi ko‘rsatkichini faqat qiymat hajmida bajaribgina qolmasdan, balki har bir tovar bo‘yicha belgilangan nomenkulatura va assortimentlarda ham bajarishi talab etiladi. Mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish biznes-rejasining bajarilishi barcha sohalarning turli tarmoqlarini mutanosib rivojlanishiga, iste’molchini mahsulotlar (ish, xizmat)ga bo‘lgan talabini to‘laroq qondiribgina qolmasdan, bozorni mo‘l-ko‘lligini ta’minlaydi.
Mahsulot, ish va xizmatlarning turi va assortimenti tahlilida ularning segmentlar bo‘yicha taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan, profildagi va profilda bo‘lmagan turlari, asosiy va qo‘shimcha mahsulotlar turlari bo‘yicha turkumlanishi o‘rganiladi. Ular bo‘yicha reja topshiriqlarining bajarilishi, umumiy reja topshiriqlarining bajarilishida ularning ta’siri, mahsulotlar tuzilishidagi tarkibiy o‘zgarishlarga baho beriladi.
Mahsulotlar nomenklaturasi – deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro‘yxatidir.
Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti deb - esa, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni uning turlari, navi, o‘lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir.
Tovarlar nomenklaturasi va assortimentini o‘rganishda o‘rtacha assortiment rejasining bajarilishi tahlil etiladi.
Firma va kompaniyalar faoliyatini tahlil etishda o‘rtacha assor- timent rejasini bajarilishini ham aniqlash muhim hisoblanadi. O‘rtacha assortimenti rejasini bajarilishi, odatda, eng kichik raqamlarni jamlash usuli oraliq amalga oshiriladi. Bunda har bir assortiment turlarini haqiqatda ishlab chiqarilish miqdorlari biznes-rejasi bilan solishtirilib har ikki ko‘rsatkichdan eng kichigi assortiment hisobiga ishlab chiqa- rilgan mahsulot tarkibiga qabul qilinadi. Assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabul qilingan ko‘rsatkichlarning jamini
biznes-reja bo‘yicha ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan jami mahsulot- larga bo‘lish orqali o‘rtacha assortiment rejasinining bajarilishi aniq- lanadi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tahlil qilinayotgan aksionerlik jamiyatida joriy hisobot davrida besh xil assortimentdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan «A», «V» va «D» assortimentdagi mahsulotlar natura holatida ortig‘i bilan ishlab chiqarilgan. Qolgan ikki xil assortimentdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalari esa to‘liq bajarilmagan. Natijada mazkur aksionerlik jamiyatida joriy yilda jami assortiment hisobiga 2059597 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘rtacha assortiment rejasining bajarilishi 97,26 % (2059597 / 2117539 * 100) ni tashkil etgan. O‘rta- cha assortiment rejasining bajarilmasligiga «B» va «G» turdagi mah- sulotlar bo‘yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilmasligi sabab bo‘lgan, ammo korxonada o‘rtacha assortiment rejasi 100 % ga bajarilmagan bo‘lsada, mahsulot ishlab chiqarish rejasi 118,81 % (2515931 / 2117539 * 100) ga bajarilgan, ya’ni reja ortig‘i bilan bajaril- gan. Korxona ma’muriyati assortiment rejasining bajarilmaslik sabablarini chuqur o‘rganishlari va o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘rishi lozim bo‘ladi.
Assortiment rejasining bajarilmasligi ko‘rsatkichi orqali ham assortimentga baho berish mumkin.
jadval
|
| |