• Uning
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,74 Mb.
    bet85/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Uning
    Biznes-reja – bu xo‘jalik yurituvchi subyektning rivojlanish stra- tegiyasini belgilab beradigan asosiy hujjatlardan biridir. Shu bilan birga u:

    • korxona rahbarlariga strategiya holatini aniq belgilashga yordam berib samarali boshqarishga olib keladi;

    • bozor iqtisodiyoti sharoitida biznesni qanday rejalashtirish va amalga oshirishni o‘rgatadi;

    • haqiqiy faoliyatni rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar bilan taqqos- lashga va o‘z vaqtida ularga o‘zgartirishlar kiritishga yordam beradi;

    • korxona faoliyati bo‘yicha kerakli axborotlarni banklarga, investorlarga va kreditorlarga taklif etadi.

    Biznes-reja korxonaning ish jarayonini tasvirlab, korxona rahbarlarining o‘z maqsadlariga qanday erishishlarini, birinchi navbatda ishning daromad keltirishini qay tariqa oshirish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja korxonaning o‘sib borishiga, bozorda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishga, o‘z taraqqiyotining istiqbollarini belgilab olishga, yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmat turlarini yaratishga mo‘ljallarni amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini tanlab olishga yordam beradi.
    Biznes-reja korxonaning ichki hujjati bo‘libgina qolmay, balki undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda ham foydalanish mumkin. Investorlar tavakkal qilib sarmoya berishdan avval loyihaning sinchiklab ishlab chiqilganiga ishonch hosil qilishlari va uning samarali ekanligidan xabardor bo‘lishlari kerak. Ular sarmoya berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan oldin biznes-rejani sinchiklab o‘rganib chiqishadi, so‘ngra loyihani ishlab chiqqanlar bilan uchrashadilar.
    Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, biznes-reja hamma uchun o‘ta zarurdir. Uning dolzarbligi quyidagilar bilan izohlanadi:

    • birinchidan, iqtisodiyotimizga bozor munosabatlari kirib kel- moqda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bozor sharoitida vujudga keladi- gan muammolarni tasavvur eta olmaydilar. Ularga javob beradigan darajada tayyor emaslar;

    • ikkinchidan, butunlay o‘zgarib borayotgan xo‘jalik faoliyati sohasi katta tajribaga ega bo‘lgan rahbarlarning ham ish yuritishda o‘zgartirish kiritishlarini taqozo etadi va ayniqsa, hozirgi kunda bir narsa

      • raqobatga tayyor bo‘lib turishga chaqiradi. Bu sohada ikkinchi darajali ishlar bo‘lmaydi;

        • uchinchidan, xorijdan investitsiya olish zarur, buning uchun buyurtmalarimizni isbotlab berish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz, investit- siya mablag‘larining har bir jihatini xorijiy tadbirkorlardan qolish- maydigan darajada ishlab chiqishimizni investorlarga ko‘rsata olishimiz kerak.

    Tuziladigan biznes-rejaning hajmi korxona bajaradigan ish faoli- yatiga bog‘liq bo‘ladi. Biznes-rejani ishlab chiqishda tashqi maslahatchilardan ham foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.



      1. jadval

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,74 Mb.