• Moliyaviy va boshqaruv
  • Yalpi mahsulot
  • Mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish muomalalari tahlilining obyektlari esa quyidagilar




    Download 1,74 Mb.
    bet79/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish muomalalari tahlilining obyektlari esa quyidagilar:


    • mahsulotlar turlari va assortimenti bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi;

    • mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligi;

    • ishlab chiqarilgan va sotilayotgan mahsulotlarning tarkibi;

    • ishlab chiqarishning maromiyligi va uzluksizligi.

    Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar- ning mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmlarini tahlil etishda moliyaviy va boshqaruv tahlilining asosiy axborot manbalari quyidagilar hisoblanadi:


    • korxonaning biznes-reja ma’lumotlari;

    • «Korxona (birlashma)ning mahsuloti bo‘yicha hisoboti» (1-P shakl) nomli statistik hisoboti ma’lumotlari;

    • «Tayyor mahsulotlar harakati» to‘g‘risidagi 16-sonli vedomost;

    • «Buxgalteriya balansi» (1-shakl) ma’lumotlari;

    • «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» (2-shakl) ma’lumot- lari va boshqa axborot manbalari.

    • «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» ma’lumotlari;

    • boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar.



      1. Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmlari bo‘yicha belgilangan biznes-rejalarning bajarilishi tahlili


    Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sanoat kor- xonalarini ishlab chiqargan mahsulotlari hajmi miqdoriy, shartli – miqdoriy, mehnat va qiymat o‘lchovlarida o‘rganilishi mumkin. Bu o‘lchovlar tarkibida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmini o‘rganishda qiymatda hisoblangan ko‘rsatkichlarni tahlil etish muhim o‘rin egal- laydi, ya’ni korxona bo‘yicha barcha turdagi ishlab chiqarilgan mah- sulotlar hajmi qiymat o‘lchovida umumlashadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili uchun sanoat korxonalari ishlab chiqargan mahsulot hajmini o‘rganishda quyidagi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi:



    • yalpi mahsulot;

    • tovar mahsuloti;

    • sotilgan mahsulot;

    • normativ sof mahsulot;

    • shartli mahsulot.

    Yalpi mahsulot – bu korxonaning ma’lum bir davrda (kun, oy, cho- rak, yil) ishlab chiqargan mahsuloti, ko‘rsatgan xizmat va bajargan ishlarining amaldagi va solishtirma bahoda o‘lchangan hajmiga aytiladi. Bunda uning tarkibiga ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatlari, korxonaning o‘z kapital remonti uchun sarflangan yarimfabrikatlar qiymati, buyurtmachilarning xomashyosidan tayyorlangan mahsulotlar qiymati ham qo‘shilgan holda aks etadi. Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi korxonaning quvvati, imkoniyati va ixtisoslashuvini o‘rganishga hamda tahlil o‘tkazishga imkoniyat yaratadi.

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish muomalalari tahlilining obyektlari esa quyidagilar

    Download 1,74 Mb.