• Test savollari
  • Qaysi javobda iqtisodiy – matematik usullari tarkibiga kiruvchi usul to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tilgan
  • Talabning o‘zgaruvchanligi nimalarga bog‘liq
  • Yuqori sifatga erishish uchun tovar qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak
  • Bozorni xaridorligi
  • Kompleks tahlil deb nimaga aytiladi
  • BOB. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH HAJMINING TAHLILI
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,74 Mb.
    bet76/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    topshiriq.


    Quyidagi ma’lumotlar asosida:

    • sotish hajmini o‘sish sur’atini;

    • mahsulot turlarining o‘rtacha bozordagi yetakchilik koeffitsiyenti- ni aniqlang.


    Mahsulot turi

    Sotish hajmini o‘sish (pasayish) sur’atlari %

    Yetakchi

    Mahsulotni jami sotish hajmidagi ulushi, %

    A

    86,2

    2,0

    32,6

    B

    110,0

    1,6

    8,5

    D

    114,4

    0,7

    1,7

    E

    130,0

    1,2

    31,4

    F

    160,0

    1,5

    5,8

    J

    166,7

    0,1

    1,3

    Z

    60,0

    2,2

    4,5

    K

    70,0

    1,0

    8,9

    L

    44,4

    1,0

    5,2

    Test savollari:





    1. Qaysi javobda Kompleks marketing tahlilining an’anaviy usullari tarkibiga kiruvchi usul to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

    1. taqqoslash usuli;

    2. integral usul;

    1. chiziqli programmalashtirish usuli;

    2. nazariy o‘yin usuli.



    1. Qaysi javobda iqtisodiy – matematik usullari tarkibiga kiruvchi usul to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tilgan?


    1. balansli bog‘lanish usuli;

    2. iqtisodiy tashxis qo‘yish usuli;

    1. guruhlashtirish usuli;

    2. taqqoslash usuli.
    1. Talabning o‘zgaruvchanligi nimalarga bog‘liq?


    1. baho o‘zgarishi va holatiga;

    2. xaridorlarning didi va istagiga;

    1. xaridorlarning soni, xarid qilish imkoniyatlariga;

    2. barcha javoblar to‘g‘ri.
    1. Yuqori sifatga erishish uchun tovar qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak?


    1. texnik parametrlar;

    2. estetik parametrlar;

    1. ergonomik parametrlar;

    2. barcha javoblar to‘g‘ri.



    1. Bozorni xaridorligi:


    1. mahsulot sotish hajmi, mahsulot bahosi, sotishdan kelgan tu- shum, foyda;

    2. sotilgan mahsulot miqdori, mahsulotning o‘rtacha bahosi, renta- bellik darajasi, ishlab chiqarishning maromiyligi;

    1. sotish hajmi, import tovarlar hajmi, mahsulot sifati, ishlab chi- qarish maromiyligi;

    2. eksport tovarlar hajmi, bozorni uzoq-yaqin masofada ekanligi, aholini xaridorligi, mahsulot sifatiga bog‘liq.



    1. Kompleks tahlil deb nimaga aytiladi?


    1. xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini makon va zamon nuqtayi nazaridan barcha tuzilmalari bilan birga batafsil tahlil etishdir;

    2. xo‘jalik faoliyatida natijaviy omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik, funksional bog‘liq bo‘lmagan sharoitda, ularning bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan tahlildir;

    1. mulk egalari va mutaxassislari tomonidan ichki imkoniyatlarini ishga solish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan tahlildir;

    2. noto‘g‘ri javob yo‘q.

    1. BOB. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH HAJMINING TAHLILI



      1. Xo‘jalik subyektlarining mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini tahlil etishning ahamiyati va

    vazifalari


    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona ishlab chiqa- rishi ko‘zda tutgan mahsulotlar hajmi iste’molchilarning ko‘lami hamda korxona ichki imkoniyatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan boyliklarning chegaralanganligi mo‘l-ko‘l tovarlar yaratishni ham chegaralaydi. Bunday sharoitda korxona o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri belgilay olishi muhim ahamiyatga ega.


    Korxona faoliyatini tahlili mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) va uni sotish tahlilidan boshlanadi, chunki ishlab chiqarish va sotish hajmlari faoliyat yuritishning asosiy ko‘rsatkichlaridir. Ishlab chiqaril- gan va sotiladigan mahsulotning hajmi, assortiment, sifatiga xarajat, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Tahlil natijalari asosida aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlari ishlab chiqiladi, jumladan:

    • mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab shakllanadi;

    • ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqqan holda aniq hajmdagi mahsulot miqdori belgilanadi;

    • ishlab chiqarish xarajatlari smetasi tuziladi;

    • moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalari shakllanadi;

    • mehnat resurslariga talab baholanadi.

    Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlari korxona tomonidan bozor kon’yunkturasini chuqur tahlil etgan holda mustaqil ravishda rejalashtiriladi.
    Mamlakatimizda oqilona va samarali iqtisodiy siyosatning ish- lab chiqilishi va hayotga izchil ravishda tatbiq etilishi, barqaror rivojla-
    nishni asosiy manba, omillarining to‘g‘ri tanlanishi va ularga ustuvor ahamiyat berilishi keyingi yillarda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’at- larini ta’minlanishiga imkoniyat yaratmoqda.
    Korxona yaratayotgan mahsulotlarining bozorda mo‘l-ko‘lligi, raqobatchilarning imkoniyatlari va iste’molchilarning ixtisoslik tovarlar- ga bo‘lgan talablarining o‘zgarib turishi ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri va oqilona rejalashtirishni talab etadi. Har bir korxona ishlab chiqara- digan mahsulotlarining xaridorlari bilan joriy yil uchun shartnomaviy majburiyatlar tuzadilar. Bunda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar turi, miqdori, sifati, narxi va muddatlari tomonlar o‘rtasida kelishiladi, demak, mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmi iste’molchilarning talab va istaklariga bog‘liq bo‘ladi.
    Ichki imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda korxonadagi barcha mavjud boyliklardan to‘liq foydalanib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kerakli me’yorda, ya’ni foyda olishni to‘liq kafolatlangan sharoitini ta’minlashni ko‘zda tutib ishlab chiqarish tashkil etiladi.
    Mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha biznes-rejada mo‘ljallangan hajmni bajarilishini ta’minlash hamda yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni yaratilishi korxonaning bevosita muhim ko‘rsatkichlari bo‘lmish ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlar hajmi, foyda va rentabellik, moliyaviy barqarorlik, to‘lov qobiliyati, sof pul mablag‘larining hisobot davri oxiriga ko‘payishini ta’minlovchi omildir.
    Boshqaruv hisobotida ishlab chiqarish ko‘rsatkichi natura va qiymat shakllarida aks etadi. Jami korxona bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsu- lot, ko‘rsatilgan xizmat qiymat shaklida aks ettiriladi. Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilangan nomenklatura, assorti- mentda sifatli bajarishi lozim. Hozirgi sharoitda mahsulotni ishlab chi- qarish hajmi korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va rejalashtiriladi.
    Mahsulot mo‘l-ko‘lligini ta’minlashda aholini xilma-xil tovarlar bilan ta’minlashda xorijiy sarmoyalarning tutgan roli katta. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini kuzatar ekanmiz, rivojlanish darajasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar chet el sarmoyasi kiritilgan mamlakatlar iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rivojlanib, salmoqli yutuqlarga erishayotganligining guvohi bo‘lamiz. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra bir yilda qariyb 400 mlrd. AQSh dollari hajmidagi xorijiy sarmoya bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga, bir mintaqadan boshqa mintaqaga olib kiriladi.
    Bu borada, Prezidentimiz Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-yanvardagi 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalish- lariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari haqida to‘xtalib, jumladan shunday degan edi: «...shuni tan olish kerakki, so‘nggi yillarda jahon iqtisodiyotida yuzaga kelayot- gan muammolar, asosan, qo‘shimcha pul bosib chiqarish va moliya bozorini shunday pullar bilan to‘ldirish hisobidan hal etilishi ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, kelgusida jilovlab bo‘lmaydi- gan inflatsiyaga, ya’ni qimmatchilikka, zaxira va milliy valutalar- ning qadrsizlanishiga va shu bilan bog‘liq og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,74 Mb.