• Raqobat ikki turga bo‘linadi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,74 Mb.
    bet73/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    R=S/X;


    ko‘rinishni oladi.
    Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarda bo‘ladi:

    1. O‘rinbosar tovarlarni topish va uni tahlil qilish.

    2. O‘xshash mahsulotlarning solishtirilishi orqali asosiy ko‘rsat- kichlarini belgilash.

    3. O‘z mahsulotimizdagi integral (umumiy) raqobotbardoshlik ko‘rsatkichlarini aniqlash.

    Raqobat - lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, maqsadga erishish uchun kurash, korxonalar o‘rtasidagi sof kurashni bildiradi. Uning aso- siy quroli, talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish hisoblanadi.

    Raqobat ikki turga bo‘linadi:


    1. Sof raqobat.

    2. G‘irrom raqobat.

    Sof raqobat bozor talablariga ko‘ra vijdonan kurashishni bersa, g‘irrom raqobat uning aksini ta’minlaydi.
    Jahon bozori tajribasidan raqobatning quyidagi shart-sharoitlari mavjud:

    • Kuchlar teng va strategiyalar o‘xshash bo‘lsa, bozorda muvozanat uzoq saqlanmaydi, ular orasida kelishmovchilik susaymaydi.

    • Siz raqibingizni hamma narsadan xabardor deb biling.

    • Raqibingizning g‘ashini keltiruvchi harakat qilmang.

    • Sizning harakatingiz imkoningiz darajasida ekaniga raqibingizni ishontiring.

    Bozorda korxonaning tutgan ulushiga qarab raqobat ko‘rsatkichlari aniqlanadi:

    1. ilg‘or - 40 foiz;

    2. ilg‘orga da’vogar - 30 foiz;

    1. davomchilari - 20 foiz;

    2. bozorda uncha omadi kelmagan - 10 foiz

    Ushbu ko‘rsatkichlarga asoslangan holda ham ularning raqobat darajasini aniqlashimiz va baho berishimiz mumkin.
    Hozirgi zamonaviy sharoitda boshqarishda iqtisodiy uslubni birin- chi o‘ringa qo‘yilishi xo‘jalik hisobidagi korxona va uning sex, uchast- kalarini asosiy prinsipi bo‘lib, bunda moliyaviy va boshqaruv tahlili muhim ahamiyatga egadir, faqat moliyaviy va boshqaruv tahlili tufayli jamoa faoliyatining iqtisodiy natijalari obyektiv baholanib korxonani har bir bo‘limi, har bir ishchini umumiy natijadagi ulushi aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlilisiz xo‘jalik mexanizmini to‘g‘rilash va uni takomillashtirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlab qolmay, balki moddiy resurslardan oqilona tejamkorlik bilan foydalanishni rag‘bat- lantiradi, shu bilan birga ishlovchilarni tejamkorlik ruxida tarbiyalaydi.
    Raqobatchilarning imkoniyatlarini muntazam o‘rganib turish sotish uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni o‘z vaqtida xaridorlarga yetkazish va firma schotiga pul kelib tushish rejasini muvaffaqiyatli bajarishning garovidir, faqat raqobatchilarni bozorga o‘xshash tovarlar yetkazib berish imkoniyatini bilibgina qolmay, shuningdek, ularga nisbatan sifatli va arzonroq tovarlar taklif qilish choralarini ko‘rish yuqori foyda olishning yana bitta omilidir. Raqobatchilarni imkoniyatlarini o‘rganishda qator davrlar mobaynida ixtisoslik tovarlarini sotilish holatini kuzatish va ma’lumotlarni tahlil etish lozimdir. Bunday tahlil quyidagi tartibda bajariladi (25-jadval).
    Uch yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, firmaning «A» mahsu- lotiga bo‘lgan talabga nisbatan 160 dona ko‘p tovar iste’molchilarga taklif qilinmoqda. Shuningdek, «V» mahsulot bo‘yicha 5 kg va «D» mahsuloti bo‘yicha 3000 kg talabga nisbatan ortiqcha tovarlar bozorga chiqarilgan. Demak, bu mahsulotlarni to‘liq sotilishi uchun raqobatchilarga nisbatan sifatli va xaridorgir tovarlar bo‘lishiga e’tibor qaratilishi lozim, lekin «B» va «G» mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoniyatlari borligini tadqiqotlar ko‘rsatib turibdi. Firma ixtiyorida bozordagi talabni e’tiborga olib turib ayrim turdagi tovarlarni ko‘proq taklif qilishga ixtisoslashish imkoniyatlari ham bor. Demak, firmani bozordagi strategiya va taktikasi turli variantlarda bo‘lishi ham mumkin ekan.

          1. jadval

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,74 Mb.