|
Tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari quyidagi qaysi talablarni bajarishi lozim?
|
bet | 62/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari quyidagi qaysi talablarni bajarishi lozim?
haqqoniylik va xolisonalik tamoyiliga amal qilinadi; manbalar
tahlil qilinishi uchun keng imkoniyatli bo‘lmog‘i lozim, ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini to‘liq yoritishi, talab qilingan vazifalarni bajarishi kerak;
iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbalar aniq o‘lchamda aks ettirilishi lozim;
manbalarga kiritilgan ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va aks ettiriladigan davrlar mosligi zarurdir va hokazolar;
barcha javoblar to‘g‘ri.
Boshqaruv obyektlarining bir-biriga bog‘liqligi bo‘yicha iqtisodiy tahlil qanday turlarga ajratiladi?
funksional – iqtisodiy (funksional – qiymatli ) tahlil; texnik – iqtisodiy tahlil; ijtimoiy – iqtisodiy tahlil; iqtisodiy – ekologik tahlil;
texnik – iqtisodiy tahlil; ijtimoiy – iqtisodiy tahlil;
ichki xo‘jalik tahlili;
iqtisodiy – ekologik tahlil;
II BO‘LIM. BOSHQARUV TAHLILI
BOB. KORXONA MAHSULOTI VA XIZMATIGA BO‘LGAN TALAB VA TAKLIFNING TAHLILI
Korxona mahsuloti va xizmatiga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganishning ahamiyati va tahlilning vazifalari
Mustaqillik davrida o‘tayotgan har bir kun, jamiyatimizning maz- munan yangilanayotganligidan dalolat beradi. Iqtisodiyotni moder- nizatsiya qilish sharoitida yangi iqtisodiy kategoriyalar, tushunchalar hayotimizga shu darajada tezlik bilan kirib kelmoqdaki, ularni idrok etish, nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish, metodologik muam- molarini hal qilishga ulgurish qiyin bo‘lmoqda. Bunday yangi iqtisodiy tushunchalardan biri – korxonaning marketing faoliyati tushunchasidir.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir korxona, firma va tashkilotlar bozorni o‘rgangan holda «qanday mahsulot ishlab chiqarish kerak, kim uchun ishlab chiqarish kerak va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur» tamoyiliga amal qilgan holda ish yuritishi lozim. Buning uchun ular bozorni chuqur o‘rganishlari, marketing sohasida yuqori malakali mutaxassislarga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Bozor to‘g‘risida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishlik, raqobatchilar, iste’molchilarning xarid qobiliyati, o‘xshash tovarlar hajmining o‘zgarib turishi hamda shu kabi boshqa muammolar bo‘yicha batafsil axborotlar to‘plash va ularni atroflicha tahlil etib turish muvaffaqiyatlar garovi, foyda ko‘rib ishlashning muhim shartlaridan sanaladi.
Korxona bozor mexanizmi va konyukturasini batafsil tahlil qilgan holda o‘z imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy shartlarini tuzib chiqadi. Bu esa yaqin va uzoq davriylikda faoliyat
yuritishning yo‘lnalishlarini belgilash hamda uning rejasini tuzib chiqishni xarakterlaydi. Rejali asosda ishlab chiqarishni boshqarish ham bevosita bozor regulatori elementlari ta’sirida yo‘lga qo‘yiladi. Tahlilda asosiy e’tibor marketing tadqiqotlariga qaratiladi. Bozordagi ahvol va uning o‘zgaruvchanligi, talab va taklif darajalari, bozor sohiblari va ularning mavqei, faoliyatni yo‘lga qo‘yishning imkoniyatlari keng qamrovda o‘rganiladi.
Bozor talabini tahlil etishda bozorning alohida olingan tovarlar bilan to‘yinganlik darajasi, uning yaqin va uzoq oraliqda o‘zgaruv- chanlik ehtimollari, tovarlar narxining o‘zgaruvchanligi, eng yuqori foydaliligi, muvozanatlashgan ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarishlariga baho beriladi.
Bozor sharoitida iste’mol tabiiy holda amalga oshmay, ayriboshlash va uning pul-tovar muomalasi tufayli ro‘yobga chiqadi. Buning uchun oldi-sotdi, xaridor-sotuvchi pog‘onalaridan o‘tib, bir qator shakllarni boshdan kechirmog‘i zarur, ya’ni ehtiyoj-talab-iste’mol demak, bozor talab va taklif qonuniyatlari asosida tartibga solinadi.
|
| |