|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 59/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49topshiriq.
Avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida korxonalarning xo‘jalik jarayonlarini tahlil etishning xususiyatlarini izohlab bering.
topshiriq.
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilni ham avtomatlashtirishning istiqbollarini o‘z fikr-mulohazalaringiz orqali izohlab bering. Tahlil jarayonida qanday kompyuter dasturlaridan foydalanish mumkinligini ko‘rsatib o‘ting.
Test savollari:
O‘rganadigan davriga qarab iqtisodiy tahlilning turlari qaysi javobda to‘g‘ri aks ettirilgan?
joriy tahlil, boshqaruv tahlili, moliyaviy tahlil;
tezkor tahlil, ichki tahlil, tashqi tahlil;
tezkor tahlil, joriy tahlil, funksional qiymatli tahlil, xo‘jaliklararo tahlil;
tezkor tahlil, joriy tahlil, istiqbolli tahlil.
Korxonalarni boshqarishda o‘rniga qarab iqtisodiy tahlilning turini belgilang.
boshqaruv (ichki) tahlil va moliyaviy (tashqi) tahlil;
moliyaviy tahlil va joriy tahlil;
boshqaruv tahlili va tezkor tahlil;
boshqaruv tahlili va istiqbolli tahlil.
Tahlil jarayonida qanday turdagi axborot manbalaridan foydalaniladi?
iqtisodiy va huquqiy;
iqtisodiy;
huquqiy va tabiiy ekologik;
iqtisodiy, huquqiy-me’yoriy, ilmiy-texnologik, tabiiy-ekologik va boshqa turdagi ma’lumotlar.
Qaysi manbalar tahlil etish jarayonida asosiy manba bo‘lib hisoblanadi?
iqtisodiy va ekologik;
hisob va huquqiy;
buxgalteriya, statistika, operativ texnik hisob va hisobot, hisob- dan tashqari manbalar;
taftish natijasining dalolatnomasi.
|
| |