• Xo‘jaliklararo (zavodlararo) qiyosiy tahlil.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,74 Mb.
    bet56/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Funksional - qiymat tahlili. Mahsulot tannarxini kamaytirish borasida keraksiz va ortiqcha xarajatlarni minimal darajaga keltirish mahsulot ishlab chiqarishni loyihalashtirish va uni ishlab chiqarish chog‘ida har tomonlama hisobga olish kerak. Bu masalani ijobiy hal qilishda FQT asqotadi. FQT – obyektni (mahsulot) texnologik va mehnat jarayonlari tizimli tarzda tadqiq qilib, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan chora - tadbirlarni ishlab chiqadi. Ushbu tahlil usuli ma’ro‘zalar kursida alohida mavzu sifatida ko‘rib chiqiladi.


    Boshqarish masshtabi va darajasi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil turlari


    Xo‘jaliklararo (zavodlararo) qiyosiy tahlil. Qiyoslash (taqqos- lash) – bu iqtisodiy tahlilning eng ko‘p qo‘llaniladigan usulidir. Qiyosiy tahlilining 2 asosiy turi mavjud: ichki zavod tahlili ya’ni tahlilning obyekti sifatida shu korxonaga taalluqli xo‘jalik jarayoni o‘rganiladi; zavodlararo, qachonki bir qator korxonalarning xo‘jalik faoliyati tahlil qilinib, tarmoqdagi ilg‘or tajriba o‘rganiladi.
    Taqqoslama zavodlararo tahlilning mohiyati alohida olingan
    korxonalarning xo‘jalik faoliyatini ularning ko‘rsatkichlarini har tomonlama o‘rganib, erishilgan natijalar darajasini xolis farqlash va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash hamda ilg‘or tajribalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish natijasida ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlashdan iboratdir.
    Taqqoslama tahlil korxonaning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olishi mumkin yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kompleks xarakterga ega bo‘ladi. Taqqoslama tahlilning mazmuni qo‘yilgan maqsad va tekshiriladigan obyektga qarab quyidagicha turkumlanadi:

    • obyekt bo‘yicha (korxona, sexlar, ishlab chiqarish uchastkasi, ish joyi);

    • mavzuning (tema) mazmuni bo‘yicha – mehnat predmetlari, meh- nat vositalari, mehnat va moliya resurslarini tahlil qilish va hokazo;

    • tahlilni o‘tkazish doirasi – kompleks tahlil va maxsus (tematik) tahlil.

    Taqqoslama tahlilning eng muhim uslubiy masalalaridan biri o‘rga- niladigan obyektni bir-biri bilan solishtirish shartlariga rioya qilishdir:

    • taqqoslanadigan ko‘rsatkichlarning sifat jihatdan bir xilligi va ularni hisoblash usulining birligi (masalan, mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarning bir xilligi);

    • mahsulotni yagona o‘lchash, o‘zgarmas baho bilan o‘lchash, jo‘g‘rofiy sharoitlarning o‘xshashligi;

    • taqqoslanadigan davrda ish kunlarining bir xilligi va hokazo.


    Download 1,74 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,74 Mb.