|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 54/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Istiqbol tahlili. Istiqbol tahlili deganda xo‘jalik yurituvchi sub- yektning kelgusi faoliyatini oldindan o‘rganish, bo‘ladigan jarayonlarni oldindan belgilash maqsadida amalga oshiriladigan tahlil tushuniladi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt biznes-rejani tuzish uchun o‘z faoliyatini nima bilan yakunlashi to‘grisida aniq tushuncha va ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak. Bu esa istiqbol tahlili orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda uni loyiha tahlili deb ham atamoqdalar.
Istiqbol tahlilining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xo‘jalik faoliyatini bashorat qilish;
istiqbol rejalarini ilmiy asoslash;
ularni bajarilishi ustidan nazorat qilish va baholash.
Korxonani asosiy vazifasi xalq xo‘jaligi uchun hozirgi kundagi eng zarur mahsulotlarni sifatli va kerakli miqdorda ishlab chiqarishdir. Xalq xo‘jaligi uchun lozim bo‘lgan hajmdagi va turdagi mahsulotni aniqlash uchun: shu mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj; korxonani shu mahsulotni ishlab chiqarish imkoniyati; shu turdagi mahsulot ishlab chiqarishdagi boshqa korxonalar imkoniyati; mol yetkazib beruvchilarni imkoniyatlari va boshqalarni o‘rganish kerak.
O‘zaro bog‘langan obyektlar bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil turlari
Texnik-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlil kompleks iqtisodiy tahlil va muhandislik tahlilining birikishi asosida hosil bo‘lgan. Texnik-iqtisodiy tahlil 3 yo‘nalishda olib boriladi:
ishlab chiqarishning texnik darajasini tahlil qilish;
ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat va boshqaruvni tahlil qilish;
ishlab chiqarilgan mahsulotning texnik darajasini tahlil qilish.
Korxonaning texnik darajasini tahlil qilish jarayonida korxonaning ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish darajasini, ilg‘or texnologiya jarayonlarini joriy qilish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, qo‘l mehnatini to‘la mexanizatsiyalash, zamo- naviylashtirish kabi masalalar kiradi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat va boshqaruv masalalarini tahlil qilish jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv shakllarining prog- ressivligi (ilg‘orligi), boshqaruv tizimining samaradorligi, boshqaruv shakllarining ilg‘orligi, boshqaruv tizimining samaradorligi, boshqaruv apparatini qisqartirish kabi yechimlar hal etiladi.
Mahsulotning texnik darajasini tahlil qilish jarayonida iste’molchi- lar talablarini hisobga olgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqa- rish, ularning texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari respublikamizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan eng yaxshi (yuqori) mahsulot namunalari bilan taqqoslash. Mahsulotning texnik darajasi ularni attestatsiya qilish orqali aniqlanadi. Texnik-iqtisodiy tahlil iqtisodchilar, texniklar, muhandislar, mutaxassislardan tuzilgan kompleks brigada orqali amalga oshiriladi.
|
| |