Boshqarish tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil turlari Xo‘jalik faoliyatining joriy (retrospektiv) tahlili. Korxonalarning




Download 1,74 Mb.
bet52/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Boshqarish tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil turlari Xo‘jalik faoliyatining joriy (retrospektiv) tahlili. Korxonalarning


amaliy faoliyatida, asosan, joriy tahlil o‘tkazish usuli to‘la ishlab chiqilgan. Joriy tahlil korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda rasmiy jihatdan qabul qilingan hisobotga tayangan holda ularning oylik, kvartallik, yillik va qator yillar tahlil qilinadi.
Joriy tahlilning asosiy vazifasi xo‘jalik faoliyatida erishilgan
natijalarga obyektiv baho berish, foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezerv- larini kompleks tarzda aniqlash va ularni kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va ularni aybdorlarini topish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni tashkil etishdan iborat.
Joriy tahlilning keng ko‘lamda qo‘llanishining asosiy sabablari deb quyidagilarni hisoblash mumkin:

  1. Tahlilning barcha vazifalari biznes-rejaning tig‘izligi va asoslanganligi, uning bajarilishini nazorat qilish, xo‘jalik faoliyatida erishiladigan natijalarni oldindan aytib berish, mehnat, moddiy va moliya resurslaridan samarali foydalanish joriy tahlil zimmasiga tushadi.

  2. Joriy tahlilning keng ko‘lamda qo‘llanilishi barcha korxona- larning tasdiqlangan yagona hisobot shakllariga, asosan, yuqori tashki- lot, statistika, moliya va soliq organlari, davlat bankiga hisobot top- shirish vazifasining zarurligi.

  3. Joriy tahlilning bajariladigan tahliliy ishlarda tutgan salmog‘i 90 foizni tashkil qiladi, chunki dastlabki va tezkor tahlilni o‘tkazish usuli hali to‘la ishlab chiqilmagan.

  4. Joriy tahlilda korxonaning xo‘jalik faoliyati har tomonlama chuqur o‘rganiladi, chunki tahliliy xodimning ixtiyorida barcha axborotlar manbayi mavjuddir.

  5. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish tarixan joriy tahlildan boshlangan.

  6. Iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlash ham joriy tahlil asosida olib boriladi.

Joriy tahlil uchun asosiy axborotlar oylik, kvartallik, yillik reja va hisobotlar manbayi bo‘lib hisoblanadi.
Joriy tahlilning subyekti - korxonaning iqtisodiy bo‘limlari, yuqori tashkilot, moliya, soliq va statistika organlari, davlat banki hisoblanadi. Joriy tahlilning obyekti-korxonalar, ularning filiallari, boshqarmalar va vazirliklardir. Joriy tahlilning dastlabki va tezkor tahlildan ustunligi shundaki, uni o‘tkazishda axborotlar tizimi sistemali va kompleks xarakterga ega bo‘lib, rasmiy jihatdan qabul qilingan buxgalteriya va statistika hisobotlariga asoslanadi.

Download 1,74 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqarish tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil turlari Xo‘jalik faoliyatining joriy (retrospektiv) tahlili. Korxonalarning

Download 1,74 Mb.