|
Kompleks avtomatlashgan sharoitda tahlil uchun kerakli ma’lu- motlardan foydalanish xususiyatlari ma’lum darajada imkoniyatlarni ochib beradi
|
bet | 49/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Kompleks avtomatlashgan sharoitda tahlil uchun kerakli ma’lu- motlardan foydalanish xususiyatlari ma’lum darajada imkoniyatlarni ochib beradi:
Boshlang‘ich hujjatlar - hisob, statistika normativ ma’lumotlar kompyuterning xotirasiga qo‘yilib faqat bir xil manba ya’ni mashina xotirasiga olinadi.
Tahlil uchun kerakli turli murakkab hisoblashlar ma’lum sekundlarda bajariladi.
Ta’sir etuvchi omillarni mashinalar aniq ko‘rsatib beradi.
Tahlil uchun kerakli ma’lumotlar va tahlil natijalari o‘rnatilgan shaklda mashinagramma, tabelogrammalarda ifodalanadi.
Turli xil iqtisodiy ma’lumotlar mashinalar uchun bir xil shifr va kodlarda kiritiladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ishni avtomatlashtirilgan tarzda olib borish iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.
Tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to‘g‘riligini tekshirish usullari
Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan barcha manbalarni ishonchlili- gini, aniqliligini va to‘g‘riligini tekshirish natijalarni samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. Kerakli manbalarning turli-tumanligi, sermazmunligi va ko‘pligi ularning sifatli shakllanishiga e’tibor qaratilishini taqozo etadi, odatda korxonalar faoliyatini tahlil qilish davrida ma’lumotlar manbayi yig‘iladi. Ushbu ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish maqsadida ma’lumotlar to‘g‘riligi tekshiriladi. Tahlil uchun yig‘ilgan ma’lumotlarni tekshirish ikki usulda olib boriladi:
Texnik (yuzaki) tekshirish.
Mazmun jihatidan tekshirish.
Texnik tekshirish, axborot manbalarini arifmetik jihatdan to‘g‘rili- gini, rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinganligi va ko‘rsatkichlarning bir-biriga mosligini e’tiborga olgan holda o‘rganishdir. Yuzaki tekshi- rishda hisobotga barcha ma’lumotlarni kiritilganligi, ularning arifmetik yig‘indisi, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari va Statistika Qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan hisobot shakllariga rioya qilinganligi, hisobot shakllarining bir-biri bilan bog‘liqligi, hisobotni topshirish muddati, mansabdorlarning imzosi tekshiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kompleks avtomatlashgan sharoitda tahlil uchun kerakli ma’lu- motlardan foydalanish xususiyatlari ma’lum darajada imkoniyatlarni ochib beradi
|