|
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi
|
bet | 47/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Bu bosqichda o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma’lum bir o‘zgarishlarga baho beriladi hamda tahlilga yakun yasaladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda ham quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo‘ladi:
korxona faoliyati natijalarining o‘zgarish sabablarini aniqlash;
korxona faoliyatini yaxshilanish rezervlarini jamlash;
aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
Tahlil natijasida ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotda qo‘llash shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bosqichi. Mazkur bosqichda tahlil natijasida aniqlangan imkoniyatlarni korxona faoliyatiga qo‘llash yo‘llari ko‘rsatib beriladi, tavsiyalar beriladi, aniqlangan ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotga tatbiq etishni ko‘rsatib beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi nazorat qilib boriladi.
Iqtisodiy tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari
Korxonalarni to‘g‘ri va oqilona boshqarish uchun turli-tuman ma’lumotlar tizimidan foydalanish zarurki, ular orqali to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilinishi mumkin. Ma’lumotlar deyilganda iqtisodiy hodisalar, voqealar va xo‘jalik jarayonlarini tegishli manbalar orqali aks ettirish, ularni qayta hisoblash va o‘rganish, hamda qiziquvchi tashkilot- larga uzatish tushuniladi.
Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Iqtisodiy ma’lumotlar.
Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar.
Ilmiy- texnikaviy ma’lumotlar.
Tabiiy- ekologik ma’lumotlar.
Tahlil jarayonida foydalaniladigan boshqa ma’lumotlar. Iqtisodiy ma’lumotlarni biznes-reja, turli xil axborot manbalar,
texnologik ma’lumotlar, operativ-texnik, me’yoriy va hisob hujjatlari tashkil etadi. Bu manbalar tahlilda eng ko‘p foydalaniladi.
Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlarga esa respublikamizda amal qila-
yotgan barcha qonunlar, me’yoriy hujjatlar va normativ aktlarda rasmiylashtirilgan axborotlardan foydalanish tushuniladi.
Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar, eng yangi taraqqiyot, jahondagi o‘zgarishlar, fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan axborot- lardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy-ekologik ma’lumotlar, tabiat, yer, iqlim va boshqa ekologik omillarni mujassamlashtirgan axborotlarni iqtisodiy tahlilda muhim manba sifatida o‘rganiladi.
Boshqa manbalarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, ta- biiy-ekologik manbalarda aks etmagan ma’lumotlar tushunilib, bunga ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallardagi, radio va televi- deniyadagi keltirilgan axborotlardan foydalanish tahlil uchun muhimdir. Ko‘plab manbalarni tahlil jarayonlarida qo‘llash ularning mazmunini boyitishga, boshqaruv qarorlarini xolisona bo‘lishini va korxonalarni bozor iqtisodiyoti sharoitida faol qatnashishiga imkon yaratadi.
|
| |