• Tahlilda qo‘llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajra- tishimiz mumkin bo‘ladi
  • Mazmun jihatidan tekshirish




    Download 1,74 Mb.
    bet50/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Mazmun jihatidan tekshirish, ma’lumotlarning haqqoniy ekanligi, unda aks ettirilgan raqamlarning haqiqatda borligini aniqlashni o‘z ichi- ga oladi. Bunday tekshirish buxgalteriya hisobi boshlang‘ich hujjatlarida keltirilgan raqamlarni inventarizatsiya o‘tkazish orqali taqqoslash, sanab ko‘rish va o‘lchash yo‘li bilan to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishdir.
    Mazmun jihatidan tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • Inventarizatsiya natijalari hisobotda o‘z aksini topishi.

    • Korxona hisobot ma’lumotlaridagi budjetga to‘lovlar va budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish summasini moliya tashkiloti ma’lumotlariga mos kelishi.

    • Foyda va zararlar schotiga o‘tkazilgan ko‘rsatkichlarni tekshi- rish (ustav kapitalining o‘zgarishi, tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar, asosiy vositalarni tugatilishi va hokazolar).

    Korxonalar faoliyatini tahlil qilish davomida ko‘plab manbalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

    Tahlilda qo‘llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajra- tishimiz mumkin bo‘ladi:


    1. Reja ma’lumotlari manbalari.

    2. Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalari.

    3. Qo‘shimcha ma’lumotlar manbayi.

    Reja ma’lumotlari manbalari tarkibiga biznes-reja ko‘rsatkichlari, belgilangan limitlar, belgilangan norma va normativlar, shartnoma ko‘rsatkichlari kiradi.
    Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalariga buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari, statistik hisob va hisobot ma’lumotlari, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari kiradi. Tahlilning asosiy ma’lumotlar manbayi bu buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo‘lib, ular korxona xo‘jalik faoliyatining barcha jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Bunda mablag‘lar harakati, ularning manbalari va xo‘jalik aloqalari aks etadi.
    Buxgalteriya balansida mablag‘lar, ularni manbalarining joylashishi va hosil bo‘lish manbalariga qarab ifodalanadi.
    Statistik hisob va hisobot ma’lumotlari tahlil uchun asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Bu hisobotda hodisa va jarayonlarning jami ko‘rsatiladi, ularni miqdor jihatdan xarakterlaydigan muayyan iqtisodiy qonunlarni aniqlaydigan tarzda aks ettiriladi.
    Operativ hisob va hisobot ma’lumotlari buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga va statistik hisobot ma’lumotlariga nisbatan zarur informatsiyani bir muncha tezroq olishga imkon beradi.
    Iqtisodiy tahlilni yanada chuqurroq amalga oshirish uchun hisob ma’lumotlariga taalluqli bo‘lmagan, ya’ni qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanish lozim bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar tarkibiga bank, moliya, soliq inspektorlari tomonidan tuzilgan dalolatnoma, inspektorlarni taqdim etgan ma’lumotlari, auditor xulosalari, radio va televideniya ma’lumotlari, ommaviy axborot vositalari manbalari, ishchi va xizmat- chilar bilan bo‘lgan muloqot natijalari kiradi. Odatda, tahlil ma’lumotlari va ularni natijalari uni kim va nima maqsadda o‘tkazilganligiga qarab turli shaklda umumlashtirilishi mumkin. Korxona va tashkilotlarni xo‘jalik faoliyati tahlilining natijalari analitik mavzular yoki xo‘jalikni yillik hisobotiga ilova qilinadigan bayonnoma ko‘rinishida ifoda etiladi.
    Tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o‘tkazganligimizga qarab bajariladi. Masalan, korxonalarning yillik hisoboti asosida o‘tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy xulosalar yozish va yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati tuzish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa tahlil turlarining natijalari esa muta- xassislarni ma’ruzasi, korxona rahbarining buyrug‘i, jamoaning majlis bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali umumlashtirilishi mumkin. Tahlil natijalarini umumlashtirganda, albatta erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda yutuqlar aniq raqamlarda faktlar bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi, shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari, ya’ni takliflar ham ko‘rsatiladi.
    Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish va umumlashtirishda korxonaning umummajlis materiallari, turli xil diagramma, jadval va grafiklar tuzib ko‘rsatma sifatida osib qo‘yish, gazeta va jurnallar sahifalarida ma’lumotlarni chop etish, axborot doskalaridagi ko‘rsat- kichlarni e’lon qilib borish ham muhim hisoblanadi.
    Analitik yozuv korxona va tashkilotlarni xo‘jalik faoliyati yakunlari
    bo‘yicha yillik yoki choraklik hisobotiga tushuntirish xatlari, yuqori tashkilotlarni ularga bo‘ysinuvchi tashkilotlar xulosalari kabi bo‘ladi.
    Tushuntirish xati rejani bajarilishi haqidagi umumiy xarakteris- tikada va ko‘rsatkichlarni avvalgi davrlarga nisbatan o‘zgarganlik ma’lumotlaridan boshlanadi, so‘ngra natijaning rejadan tafovuti sabab- lari, ayrim omillarning o‘zaro bog‘lanishi va ularning xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari ifodalanadi. Analitik hisob – kitoblar analitik jadvallar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Ularni har biriga xulosalar va ko‘rsat- kichlarning o‘zaro bog‘liqligini yechib beruvchi matnli ilovalar beriladi.
    Bayonnomani xotima qismida xulosalar, aniqlangan kamchiliklarni tuzatish yo‘l-yo‘riqlari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doir rezervlardan foydalanish yuzasidan konkret (aniq) takliflar bayon qilinadi. Bayonnoma tushunarli, ilmiy asoslangan, ixcham, analitik jadvallar bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday tahlil korxona rahbarining xaridorlarni umumiy yig‘ilishidagi ma’ruzasi uchun zarur bo‘ladi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy va boshqaruv tahlil qilishdan olinadigan natija uni axborot va metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Tahlilni axborot bilan ta’minlashda bosh rolni buxgalteriya hisobi va hisoboti egallaydi, sababi bu manbalarda xo‘jalik faoliyati va uning natijalari o‘z aksini topgan. Birlamchi va jamlangan hisob registoridagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis tahlil qilish rejani bajarilishiga, xo‘jalik faoliyatini yaxshi- lashga qaratiladi. Ayniqsa, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarini mazmunan tekshirish tahlil ishlarini samarali o‘tishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda ma’lumotlarni tahlil qilishdan oldin ularning to‘g‘riligi tekshirib olinadi. Ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun esa ayrim ko‘rsatkichlarni ma’lum bir hisobot ma’lumotlari bilan taqqoslab ularning bir-biriga mosligi o‘rganiladi. Agar bir xil ko‘rsatkichlar turli manbalarda bir xil tartibda aks ettirilgan bo‘lsa, u holda ushbu ma’lumotlar to‘g‘ri deb tan olinishi mumkin.
    Moliyaviy hisobotning turli shakllaridagi ma’lumotlarni bir - biriga mosligini o‘rganish quyidagi jadvalda keltirilgan (22-jadval).
    Shunday tartibda debitorlik va kreditorlik qarzlarini, pul mablag‘lar harakatini va boshqa ma’lumotlarni ham mazmunan, miqdoran to‘g‘riligini tekshirish mumkin.
    22-jadval

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   316




    Download 1,74 Mb.