• Tezkor tahlil.
  • Bu tahlilni asosiy kamchiligi




    Download 1,74 Mb.
    bet53/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Bu tahlilni asosiy kamchiligi shundan iboratki, aniqlangan xato, kamchiliklar va foydalanilmagan imkoniyatlar korxona uchun butunlay yo‘qotilgan hisoblanadi, chunki ular xo‘jalik faoliyatini o‘tgan davriga bog‘liqdir. Biz bu imkoniyatlarni faqatgina kelgusidagi ishlarimizni amalga oshirish jarayonida hisobga olishimiz mumkin xolos, shuning
    uchun ham tahlilni imkoniyatlarini oshirish va ularni vaqtida ishga solish uchun hisobotlarni taqdim etish va ularni tahlil qilish vaqtini qisqartirish vazifasi qo‘yiladi.
    Joriy tahlil korxonani barcha xodimlari tomonidan, shuningdek, sexlar va boshqa bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Natijada korxonani yillik faoliyatiga yakun yasaladi, kamchiliklar aniqlanadi va korxona faoliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bu tahlil korxona xo‘jalik faoliyatini to‘la tahlili bo‘lib hisoblanadi, chunki u o‘zida tezkor tahlil natijalarini mujassamlashtiradi va istiqbolli tahlil uchun baza hisoblanadi.
    Tezkor tahlil. Bu tahlil iqtisodiy tahlil turlaridan biri bo‘lib, xo‘- jalik tizimini tezkor boshqarish uchun lozim bo‘ladigan masalalarni hal qilishga qaratilgandir. U korxonaning xo‘jalik faoliyatini boshqarishda shu kundagi ishlab chiqarish jarayonini tezkor tarzda boshqarishda qo‘llaniladi. Bu qisqa muddatli tahlil bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida ro‘y bergan chetga chiqishlarni tezkorlik bilan aniqlab, uni bartaraf qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.
    Tezkor tahlilning asosiy vazifasi topshiriqlarni muntazam nazorat qilish, mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish jarayonini kunda aniqlash, shu kundagi ishlab chiqarish rezervlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb qilish hisoblanadi. Tezkor tahlil boshqaruv tizimida boshqaruv xodimlarining taxminan 50 foiz ish vaqtini egallaydi, amalda esa uning umumiy bajariladigan tahliliy ishlarda tutgan salmogi 10 foizni tashkil etadi. Tezkor tahlil joriy tahlildan farqli o‘laroq u asosan boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslanadi.
    Tezkor tahlil quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • korxonaning asosiy miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha hamda uning bo‘linmalari smenada, sutkada, besh kunlikda va dekadalardan chetga chiqishini aniqlash;

    • me’yordan chiqishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash;

    • kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan javobgar shaxslarni aniqlash;

    • salbiy omillarni bartaraf qilish uchun tadbirlar ishlab chiqish;

    • ko‘rsatilgan vaqtda erishilgan natijalarni yakunlash va «Tor» joy va ilg‘or bo‘g‘inlarni aniqlash.

    Tezkor tahlil, odatda, quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib boriladi: mahsulotni ishlab chiqarish, jo‘natish va sotish, ishchi kuchidan foydalanish, asbob-uskuna va moddiy resurslardan foydalanish, tannarx, foyda va rentabellik, to‘lov qobiliyati. Demak, joriy tahlilda o‘rgani-
    ladigan ko‘rsatkichlar soni tezkor tahlilda o‘rganiladigan ko‘rsatkich- lardan ancha ko‘pdir. Tezkor tahlilning natijasi joriy tahlilga nisbatan unchalik aniq bo‘lmaydi, chunki oyning istalgan kunida ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va mahsulot tannarxining pasayishi natijasida olingan foyda miqdorini aniq hisoblab chiqish mumkin emas, oldindan mahsulotning qancha qismi shu oyda sotiladi, qancha qismi esa kelgusi oyda sotilishini aniq hisoblab bo‘lmaydi, lekin tezkor tahlilning bu kamchiligi uning ahamiyatini kamaytirmaydi, zero, tezkor tahlil orqali olingan natijalarning mutlaq aniqligidan ko‘ra uni o‘z vaqtida olish ahamiyatliroqdir.
    Bunday tahlilni o‘tkazish uchun ma’lumot manbalari bo‘lib, boshlang‘ich hujjatlar, buxgalteriya va tezkor texnik hisob ma’lumotlari, uning shaxsiy kuzatish natijalari hisoblanadi. Bu hujjatlarda iqtisodiy ko‘rsatkichlar ko‘proq natural holda beriladi. Tahlilni natura ko‘rsatkichida amalga oshirilishi tezkor tahlilning xarakterli xususiyati bo‘lib hisoblanadi.

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   316




    Download 1,74 Mb.