|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 55/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Moliya-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlilning mohiyati umumiy qiymat ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish va korxonalarning moliyaviy faoliyati natijalarini tahlil qilish bilan ifodalanadi. Umumlashgan qiymat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: sotish bo‘yicha rejaning shartnoma majburiyatini ado etgan holda bajarilishi, tovar mahsuloti, bir ishlovchiga to‘g‘ri keladigan yillik ish unumi, mahsulot tannarxi, foyda va shu kabilar. Tahlil qilish jarayonida ana shu qiymat ko‘rsatkichlar batafsillashtiriladi. Masalan, mahsulot hajmi-taqqoslanadigan va taqqos- lanmaydigan, ularni ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish bo‘yicha, mahsulotning sifati kabilar. Mahsulot tannarxi ko‘rsatkichi umuman va ularning unsurlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha belgilangan biznes-rejaning bajarilishiga ta’sir qiluvchi omillar batafsil tahlil qili- nadi. Umumlashgan mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi (bir ishlovchiga to‘g‘ri keladigan yillik ish unumi) bir ishchiga to‘g‘ri keladigan yillik, kunlik va soatlik ish unumini o‘z ichiga oladi.
Moliya-iqtisodiy tahlilga xos muhim xususiyatlardan biri - bu asosiy axborot olish manbalari. Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona hisobot shakllaridan qo‘llanilishi hisoblanadi.
Shunday qilib, moliya-iqtisodiy tahlilning predmeti korxonalar xo‘jalik faoliyatining turli tomonlari, xo‘jalik yuritish jarayoni, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bir-biri bilan sababiy bog‘lanishi hisoblanadi.
Moliya-iqtisodiy tahlilning subyekti - bu korxona, vazirlik, boshqar- ma, moliya-kredit idoralari va statistika organlarining iqtisodiy bo‘lin- malari hisoblanadi. Shu bilan birga korxona tahlilning obyekti ham hisoblanib, ularning faoliyati yuqori tashkilot, moliya-kredit va statistika organlari tomonidan o‘rganiladi. Masalan, moliya organlari korxonalar- ning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda asosiy e’tiborni biznes-rejaning bajarilishi, aylanma mablag‘larining holati, foyda bo‘yicha biznes-reja- ning bajarilishi, davlat budjetiga tushadigan to‘lov majburiyatlarining bajarilishiga qaratadilar. Kredit tizimi esa korxonalar o‘z aylanma mab- lag‘lari holatini, olingan kreditning tovar-moddiy boyliklar bilan tahmin- langanligini, to‘lov intizomining bajarilishi kabi masalalarga qaratadi.
O‘rganiladigan masalalarga qarab moliya-iqtisodiy tahlil to‘la yoki tanlanma xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Moliya-iqtisodiy tahlilning o‘tkazish muddatlari kunlik, haftalik, dekadalik, oylik, kvartallik, yillik bo‘ladi. Moliya-iqtisodiy tahlilning turlari: dastlabki, tezkor va joriy tahlildan iborat.
|
| |