• «O’lchashlar birligi»
  • «O’lchash vositasi»
  • «Davlat etaloni»
  • «Davlat metrologik nazorati»
  • «Kattalikning karrali birligi»




    Download 1,16 Mb.
    bet89/140
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #274218
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   140
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se

    «Kattalikning karrali birligi»-tizimli yoki tizimdan tashqari birlikdan butun son marta katta bo’lgan kattalik birligi.
    «Kattalikning ulushli birligi»-tizimli yoki tizimdan tashqari birlikdan butun son marta kichik bo’lgan kattalik birligi.
    «Xalqaro birliklar tizimi»-o’lchovlar va tarozilar bo’yicha bosh konferentsiya qabul qilgan va tavsiya etgan birliklar kogerent tizimi.
    «Metrologiya bo’yicha milliy idora» – davlatda o’lchashlar birligini ta`minlash ishlari bo’yicha rahbarlikni amalga oshirish vakolatiga ega bo’lgan berilgan davlat boshqaruv idorasi - O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O’zbekiston davlat markazi (O’zstandart Аgentligi).
    «O’lchashlar birligi» - o’lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalanib, ularning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan belgilangan chegarasidan chiqmaydigan o’lchashlarning holati.
    «O’lchov aniqligi» - haqiqiy izlanayotgan o’lchov qiymatlarini yaqinlikdan ta`riflashdir. Shuning uchun metrologiyaning asosiy masalasi aniq bir aniqlikda ifodalash va kerakli birlikda ta`minlashdir.
    «O’lchash vositasi» - texnik vositalar bo’lib, metrologik xossalarini o’lchash uchun qo’llaniladi.
    «Birlik etaloni» - o’lchash vositasi bo’lib, boshqa o’lchash vositalariga uzatish maqsadida va fizik o’lchov birliklarini saqlash uchun ishlatiladi.
    «Davlat etaloni» - etalon, O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan o’lchov birliklari uchun milliy idora tomonidan tan olinganligi.
    «Metrologik xizmat» - birlik o’lchamida ta`minlashga yo’naltirilgan yuridik shaxslarning va ularning ish faoliyatida metrologik xizmat va davlat idoralarining tarmoqlari.
    «Davlat metrologik nazorati» - metrologiya qonun-qoidalariga rioya qilishni tekshirish vakolatiga ega bo’lgan davlat metrologik xizmati.

    Download 1,16 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   140




    Download 1,16 Mb.