|
«O’lchashlar birligini ta`minlash tizimi»
|
bet | 91/140 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #274218 |
Bog'liq Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se«O’lchashlar birligini ta`minlash tizimi» - o’lchashlar birligiga erishish va ularni saqlab turish uchun O’zbekiston Respublikasining xalq xo’jalik majmuasini samarali iqtisodiy rivojlanish talablariga bog’liq bo’lgan ilmiy asoslangan, texnikaviy to’g’ri keladigan va iqtisodiy ma`qul bo’lgan me`yorlar, qoidalar va tadbirlar tizimi.
Metrologiyani qonunlashtirish ishlari haqiqiy qonun va O’zbekiston Respublikasi qonunlashtirilgan aktlaridan iborat bo’ladi.
O’zbekiston Davlatning o’lchashlar birligini ta`minlash davlat tizimi (O’zO’DT) - o’lchashlar birligini ta`minlash bo’yicha davlat tomonidan boshqariladigan sohalarda metrologiya bo’yicha milliy idora tomonidan mamlakat hududida tasdiqlangan va joriy etiladigan talablar, qoidalar, nizomlar, me`yorlar va ishlarni o’tkazish tartibini belgilaydigan o’zaro bog’langan va o’zaro aloqador bo’lgan xalqaro, davlatlararo va milliy me`yoriy va uslubiyatli hujjatlarning majmuasidir.
AMALY MASHG’ULOT. (SI) XALQARO BIRLIKLAR TIZIMINI O’RGANISH
Ishdan maqsad: (SI) Xalqaro birliklar tizimini o’rganish to’g’risida ko’nikma va malakalarni shakillantirish
Nazariy ma’lumotlar
Muayyan obektni tavsiflovchi kattalik shu obekt uchun xos bo‘lgan miqdor tavsifiga ega ekan, bu kabi obektlar o‘zaro birgalikda ko‘rilayotganda faqat mana shu miqdor tavsiflariga ko‘ra tafovutlanadi. Buning uchun esa solishtirilayotganda obektlararo biror bir asos bo‘lishi lozim. Bu asosga solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asoslariga kattalikning birligi deb nom berilgan.
Ko‘rilayotgan fizikaviy obektning ihtiyoriy bir xossasining miqdor tavsifi bo‘lib uning o‘lchami xizmat qiladi. Lekin “uzunlik o‘lchami”, “massa o‘lchami”, “sifat ko‘rsatkichining o‘lchami” degandan ko‘ra “uzunligi”, “massasi”, “sifat ko‘rsatkichi” kabi iboralarni ishlatish ham leksik jihatdan,ham texnikaviy jihatdan o‘rinli bo‘ladi.O‘lcham bilan qiymat tushunchalarini bir- biriga adashtirish kerak emas. Masalan, 100 g, 105 mg, 10-4 t - bir o‘lchamni 3 xil ko‘rinishda ifodalanishi bo‘lib, odatda “massa o‘lchamining qiymati” demasdan, “massasi (...) kg” deb gapiramiz. Demak kattalikning qiymati deganda uning o‘lchamini muayyan sonli birliklarda ifodalanishini tushunishimiz lozim.
|
| |