|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 92/140 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #274218 |
Bog'liq Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va seKattalikning o‘lchami - Ayrim olingan moddiy obekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi.
Kattalikning qiymati - qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.
Qiymatning sonlar bilan ifodalangan tarkibiy qismini kattalikning sonli qiymati deyiladi. Sonli qiymat kattalikning o‘lchami noldan qancha birlikka farqlanadi, yoki o‘lchash birligi sifatida olingan o‘lchamdan qancha birlik katta (kichik) ekanligini bildiradi yoki boshqacha aytganda Q kattaligining qiymati uni o‘lchash birligining o‘lchami [Q] va sonli qiymati q bilan ifodalanadi degan ma’noni anglashimiz lozim:
Q = q[Q].
Endi yana kattalikning birligiga qaytamiz. Ikki xil metall quvur berilgan bo‘lib, birining diametri 1 m, ikkinchisiniki 0,5 m. Ularning ikkovini diametr bo‘yicha solishtirish uchun, muayyan bir asos sifatida olingan birlik qiymati bilan solishtirishimiz lozim bo‘ladi
Kattalikning birligi deb -ta’rif bo‘yicha soniy qiymati 1ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi
Ushbu atama kattalikning qiymatiga kiradigan birlik uchun ko‘paytiruvchi sifatida ishlatiladi. Muayyan kattalikning birliklari o‘zaro o‘lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Masalan, metr, fut va dyuym uzunlikning birliklari bo‘lib, quyidagi har xil o‘lchamlarga ega - 1 fut = 0,3048 m, 1 dyuym = 25,4 mm ga tengdir.
Kattalikning birligi ham, kattalikning o‘ziga o‘xshash asosiy va hosilaviy birliklarga bo‘linadi:
Kattalikning asosiy birligi debbirliklar tizimidagi ihtiyoriy ravishda tanlangan asosiy kattalikning birligiga aytiladi.
Bunga misol qilib, LMT - kattaliklar tizimiga to‘g‘ri kelgan MKS birliklar tizimida metr, kilogramm, sekund kabi asosiy birliklarni olishimiz mumkin.
Hosilaviy birlikdeb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, ta’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga aytiladi.
Hosilaviy birlikka misol qilib 1 m/s - xalqaro birliklar tizimidagi tezlik birligini; 1 N = 1 kg. m/s2 kuch birligini olishimiz mumkin.
2 Kattalikning o‘lchamligi
Har bir xossa ko‘p yoki kam darajada ifodalanishi, ya’ni miqdor tavsifiga ega bo‘lishi mumkin ekan, demak bu xossani o‘lchash ham mumkin. Bu haqda buyuk italiyalik olim Galileo Galiley “O‘lchash mumkin bo‘lganini o‘lchang, mumkin bo‘lmaganiga esa imkoniyat yarating” degan edi.
Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy tarzda ifodalashda o‘lchamlikdan foydalanamiz.
|
| |