2.3. LABORATORIYA ISHI MAZMUNI, BAJARISH USLUBI
TAVSIFLARII VA ISH BO‟YICHA HISOBOTNI SHAKILLANTIRISH
1 - LABORATORIYA ISHI
AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMLARIDA ISHLATILADIGAN
RELELARNI O‟RGANISH VA XARAKTERISTIKALARINI OLISH
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Avtomatik rostlash tizimi(ART)larda
ishlatiladigan turli xildagi relelarning tuzilishi, ishlashini o‟rganish va RPU-2-M3,
RPS-113U3 elektromagnit relelarining xarakteristikalari (ishlab ketish va uzilish
kuchlanishi, uzilish vaqti) ni olish.
QO‟LLANILADIGAN
JIHOZLAR:
Elektromagnit
relelarining
xarakteristikalarini
olish
uchun
qurilma,
rele
turlari
(elektromagnit,
magnitoelektrik, pnevmatik va boshqalar).
UMUMIY MA‟LUMOTLAR
Relelar avtomatik tizimlarda eng ko‟p uchraydigan elementlardan hisoblanadi.
58
Relega ma‟lum bir kirish kattaligini berganda, chiqish kattaligi pog‟ona
ravishda o‟zgaradi. Relelar o‟zgartkich (preobrazovatel) va kuchaytirgich
vazifasida ishlatiladi.
Masalan, yuritgichlarni boshqarishda rele datchiklarning uzluksiz kamquvvat
signalini uzlukli yuqori quvvatli signalga aylantirib beradi. Bunda relening
kuchaytirgich sifatida statik xarakteristikasi o‟ta notekis bo‟ladi.
Relelarga ta‟sir qiladigan fizik kattaliklarga qarab, ular elektrik, mexanik,
pnevmatik, gidravlik, issiqlik, akustik, kimyoviy va boshqa turlarga bo‟linadi. Eng
ko‟p
tarqalgani elektr relelaridir. Ular o‟z navbatida elektromagnit,
magnitoelektrik, elektron, fotoelektrik, elektrodinamik, ferromagnit, ionli va
hokazolarga bo‟linadi.
Elektr relelari qabul qiluvchi, oraliq va ijro etuvchi qismlardan iborat. Qabul
qiluvchi qism tashqi parametrni relening ishlab ketishi uchun kerak bo‟lgan
kattalikka o‟zgartirib beradi (masalan: elektromagnit kontakt relelarida - mexaniq
kuchga aylantirib beradi). Oraliq qism (kontakt relelarida - prujina) qabul qiluvchi
qismdan o‟zgartirilgan signalni qabul qilib olib, uni berilgan signal bilan
solishtirib, relening ishlab ketishi uchun buyruq beradi, ya‟ni ijro etuvchi
elementga - kontaktlarga ta‟sir qiladi. Ijro etuvchi element esa boshqarilayotgan
elektr zanjiriga ta‟sir qilib, uning parametrini o‟zgartiradi.
Elektromagnit relelari o‟zgaruvchan va o‟zgarmas tokli (neytral va qutblangan)
bo‟ladi. Qutblangan rele kirish signalining ishorasiga ta‟sirlanadi, yuqori sezgirligi
va juda katta kuchaytirish koeffitsienti bilan ajralib turadi. Neytral relelar
o‟zgarmas tokning yo‟nalishi o‟zgarishidan ta‟sirlanmaydi. Ya‟ni, o‟ramda tokning
yo‟nalishidan qat‟iy nazar tok kuchi yetarli miqdorga yetganda relening ishlab
ketishi sodir bo‟ladi.
Relelarning yakorlari harakatiga qarab tortiluvchi va buriluvchi yakorli bo‟ladi.
2.1.1,a-rasmda keltirilgan tortiluvchi yakorli elektromagnit relening asosiy
konstruktiv elementlari: magnit o‟tkazgich 1, yakor 2, cho‟lg‟am 3, prujina 4,
kontaktlar guruhi 5, o‟zak 6. 2.1.1,b-rasmda keltirilgan buriluvchi yakorli
59
elektromagnit rele quyidagi konstruktiv elementlardan iborat: yakor 1, o‟zak 2,
cho‟lg‟am 3, tayanch 4, kontaktlar 5, qaytarish prujinasi 6, ko‟chish shtifti 7.
Rele kontaktlari ikki guruhga bo‟linadi: 1) normal yopiq (tok yo‟q paytda
yopiq, rele ishlab ketganda ochiq), 2) normal ochiq (rele ishlab ketganda yopiladi).
|