Axborotni yig„ish va uzatish tizimlari
• "Qora quti".
• Taxograf.
• «e-Call» avariya xaqida xabar berish tizimi:
Tizim haydovchining buyrug„i bilan yoki passiv xavfsizlik tizimi ishlab
ketganda avtomatik ravishda yo„l transport hodisasi yuz berganda avtohalokat
haqida signal uzatadi.
• Avtomobil(yuk)ni elektron identifikatsiyalash tizimi.
• Xizmat ko„rsatish stantsiyalari uchun avtomobil haqida ma'lumotlar berish
tizimi.
• Transport vositasini joylashishni aniqlash tizimi (joylashish manzili
uzatgichi).
47
Avtotransport vositasi (ATV)ning alohida tizimlari bir vaqtning o„zida
"yopiq" va "ochiq" bo„lishi mumkin, ya'ni ulardan olingan axborotdan ATV ichida
foydalanishligi, hamda harakatning boshqa ishtirokchilari infratuzilmasiga
uzatilishi mumkin.
1.6. Paxta terish mashinalarini avtomatlashtirish yo„nalishlari
Hozirda «Toshkent qishloq xo„jaligi texnikasi zavodi» AJda traktorga yarim
tirkama holda tez agregatlanuvchi MX-1,8 rusumdagi ikki qatorli vertikal
shpindelli (VSh) paxta terish mashinasi (PTM) ishlab chiqarilayapti. Ushbu
mashina oldingi ishlab chiqarilgan osma PTMlardan afzalliklari (traktorga qisqa
vaqtda, kam xarajatli va to„liq komplektda agregatlanuvchi, PTMni iste'molchiga
traktorsiz yetkazib berish va b.) borligi bilan birga kamchiliklari ham mavjud.
Ularni asosiylari terish apparati traktorning kabinasidan orqada joylashganligi
sababli mexanik-haydovchining kabinadan paxta terish apparati (PTA)ning ish
jarayonini nazorat qilib borishi noqulayligi va chegaralanganligi, apparatning egat
yuzasidan balandligi, uni g„o„za qatori bo„ylab yo„naltirish aniqligi, apparat ishchi
tirqishi kengligi kabi va boshqa muxim texnologik parametrlar va rostlashlarni
nazorat qilish va boshqarish murakkabligidir. Bunday holat, ya'ni PTA dagi
texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqara olmaslik natijasida MX
seriyadagi PTM ning agrotexnik ko„rsatkichlarini avval ishlab chiqarilgan, ko„p
yillar ishlatilgan traktorga osma PTM ko„rsatkichlariga nisbatan pasayishiga olib
keldi. Davlat sinovlari natijalariga ko„ra, yarim tirkama MX-1,8 PTMda terim
to„liqligi 85 %, osma XNP-1,8 va 14XV-2,4A rusumdagi PTMda esa 88-89 % ni
tashkil qilgan.
Ushbu orqada qolishni bartaraf qilishning yo„llaridan biri yarim tirkama
MX-1,8 VSh PTM ning asosiy texnologik parametrlarini avtomatik nazorat va
boshqarish tizimlari – intellektual bort tizimi bilan jixozlash maqsadga muvofiq.
VSh PTMlarni avtomatlashtirish holati tahlili shuni ko„rsatadiki, avval ishlab
chiqarilgan XV va XN seriyadagi osma va hozirda ishlab chiqarilayotgan
48
MX(XM) seriyadagi PTM avtomatlashtirish darajasi jaxon andozalaridan ancha
orqada qolgan. Ushbu mashinalarda ayrim texnologik parametrlarni avtomatik
boshqarish yoki nazorat qilish bo„yicha lokal tizim va qurilmalarning tajriba
namunalari davlat sinovlaridan o„tkazilgan va ayrim tizimlar osma VSh PTM
modifikatsiyalarida joriy qilindi. Bularga XN-3,6 rusumli to„rt qatorli PTM da
joriy qilingan terish apparati balandligini gidromexanik avtomatik rostlash
tizimi(ART), ikki qatorli PTM tajriba na'munalarida joriy qilingan terish apparati
qabul kamerasi tiqilib qolishini va bunkerni to„lishini nazorat qiluvchi «Kedr-1A4»
avtomatik nazorat tizimi(ANT), hamda terish apparati ishchi tirqishi kattaligini
avtomatik nazorat va boshqarish tizim (AN va BT) lari misol bo„lishi mumkin.
Lekin ushbu joriy qilingan tizimlarning ishonchliligi va samaradorligi yetarli
darajada emasligi sababli seriyalab ishlab chiqarishdagi mashinalarda joriy
qilinmadi.
Bunga
asosiy
sabab
tizimlardagi
birlamchi
o„lchash
o„zgartkich(O„O„)lar - mexanik kontaktli datchiklar – turli xil kopirlovchi
qurilmalar kirish signallarini ob'ekt bilan kontakt vositasida (egat yuzasi balandligi,
g„o„za tupi va b.) oladi. Bunda ishlash sharoiti qiyinligi, datchiklarga turli xil yot
ta'sirlar mavjudligi, toza kirish signalini olishga xalaqitlarning yuqoriligi va
boshqa dinamik xarakterli omillar datchiklar ish sifati ko„rsatkichlarini va
ishonchliligini pasayishiga olib keldi.
Hozirda respublikamizda agrar sanoati klaster asosida mahsulotlar (paxta,
g„alla, chorvachilik, meva, sabzovot, poliz va boshqalar)ni yetishtirish tizimiga
bosqichma-bosqich o„tib borilmoqda. Ushbu holat turli rusum va texnik
imkoniyatli, klasterlar talablariga mos, ish unumi va ishonchliligi yuqori,
raqobatbardosh zamonaviy qishloq xo„jalik texnikalarini loyihalash, ishlab
chiqarish va ekspluatatsiya qilishni taqozo qiladi. Respublikamizning har bir
mintaqasi fermer xo„jaliklari uchun g„o„za navlari turiga, hosildorligi, yig„ib olish
muddati va ekin qatori oralig„i kengligi (60...90 sm)ga moslashgan, terim to„liqligi
va sifatini ta'minlaydigan AN va BT bilan jihozlangan PTM larini ishlab chiqarish
muhim ahamiyatga ega.
49
Dunyo amaliyotida avtomatlashtirish tizimlarining qishloq xo„jalik
agregatlarini qator oralaridan harakatlanish (traktor koleyasi, marker va b.) aniqligi
±3 sm ni tashkil qiladi. Bu tizimlarning nisbatan sifatli ishlashiga sabab qabul
elementlarida kontaktsiz qurilmalar – lazer, GPS tizimlari, raqamli kamera va
boshqalardan foydalanilganligidir.
Shu sababli hozirda qishloq xo„jalik mashinalarini avtomatik yoki
avtomatlashtirilgan tizimlariga istiqbolli kontaktsiz O„O„ larni qo„llash samarali
hisoblanadi. Xususan, optoelektron O„O„ yoki hozirda «ko„rish datchigi» deb
ataladigan qurilmalar turli va katta miqdordagi ma'lumotlarni umumiy intellektual
ko„rinishga keltiradi. Raqamli optik O„O„ g„o„za qatorlari oqlik darajasi
(ko„sakdagi paxtani ochilish darajasi) ni va bir vaqtda g„o„za qatori oq yo„lagi
o„rtasi koordinatasi («optik o„qi») ni aniqlashga xizmat qiladi. G„o„za qatori «optik
o„qi» esa PTMning qatorlar bo„ylab avtomatik yuritish tizimi(AYuT) yoki g„o„za
qatori bo„ylab terish apparatini avtomatik yo„naltirish tizimi(AYT) uchun kirish
parametrlari bo„lib xizmat qilishi mumkin.
VSh PTMlarni avtomatlashtirish muammosining hozirgi holatini va
mashinalarni davlat sinovlari natijalarini tahlili, shu yo„nalishda mualliflar
tomonidan olib borilgan izlanishlar asosida aniqlangan dala agrofoni holatiga va
g„o„za qatori parametrlariga moslanuvchanligini yaxshilash xisobiga PTMning
agrotexnik va ish unumdorligi ko„rsatkichlarini oshirish imkonini beradigan
avtomatik boshqarilishi va nazorat qilinishi zarur bo„lgan asosiy vazifalar va
parametrlar sxematik tarzda 1.19-rasmda keltirilgan. Ushbu sxemada ko„rsatilgan
vazifalar bo„yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari olib borildi.
Yuqorida qayd etilganidek, lokal avtomatlashtirish tizimlarining ayrim tajriba
namunalari davlat sinovlaridan o„tkazildi va joriy qilindi. Ularga PTAni egat
yuzasidan balandligini gidromexanik ART, ishchi tirqishni AN va BT, MX-1,8
PTM orqa yo„naltiruvchi g„ildiragi holatini AN va AYTlari misol bo„la oladi.
Bundan tashqari hozirda hosil yo„qotilishi (terim sifati)ni ANT (1.19-rasm,7-poz.)
uchun maxsus bort kompyuter tizimi ishlab chiqish bo„yicha ITI olib borilmoqda.
Bunda raqamli kamera yordamida mashina terimidan oldin va terib o„tgandan
50
so„ng g„o„za qatoridagi terilmay qolgan va yerga to„kilgan paxta hosili raqamli
tasvirlari olinadi va ularni taqkoslash natijasida necha foiz paxta hosili terilmay
qolayotganligini aniqlash va uning miqdori ruxsat etilganidan oshib ketganida
tizim haydovchiga xabar beradi.
|