42
boshqaruv bloklari (EBB), eng yangi tizimlarda bort mikroprotsessorlari
tomonidan bajarilsada,
berilgan boshqarish vazifasini bajarishda ushbu
qurilmalarning roli asosiy hisoblanadi.
Bunday yirik tarkibiy boshqaruv
majmualarini ishlash printsipi bo„yicha na mexanik, na elektr, na elektron yoki na
boshqa biron-bir tizimlar turkumiga kiritib bo„lmaydi. Shu sababli, avtomobil bort
avtomatikasining eng yangi tizimlari
avtotron tizimlar degan yangi nom bilan
atala boshlandi.
-
Avtotron tizimlar – bu yirik tarkibiy boshqarish majmualari bo„lib, na
mexanik, na elektr, na elektron yoki ishlash prinsipi jixatidan "toza" boshqa bir
tizimlarga ta'lluqli emas. Avtotron tizim chiqishida markazdan chetdagi noelektr
jarayonlarni boshqara borib, o„zi xam chekkadagi noelektr jarayonlarda
shakllantirilgan kirish signallari bilan boshqariladi.
Misol uchun, dvigatelni (yeSAU-D) va tormozlarni (yeSAU-T) elektron
avtomatik boshqaruv tizimlari asosida ishlab chiqilgan va hozirda qo„llanilayotgan
VDC giroskopik tizimi murakkab yo„l sharoitida avtomobilni yo„naltirish
barqarorligini yaxshilash imkonini beradi. Haydovchi bilan yo„l sharoitini
funksional bog„liqligini ta'minlovchi VDC avtotron tizimi kirish axborotlari
sifatida harakat tezligi, kuzovning qiyalik burchagi, g„ildiraklar tezliklaridagi farq,
rulning burilish burchagi, atmosfera sharoitlari va ba'zi variantlarda – shinalardagi
bosim va yo„l sirtining holati foydalaniladi.
Avtotron
tizimning