generator" deb nomlanuvchi universal elektr mashinasini ishlab chiqish va




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/80
Sana17.01.2024
Hajmi5,59 Mb.
#139477
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

generator" deb nomlanuvchi universal elektr mashinasini ishlab chiqish va 
joriy qilish
- Oraliq energiya yig„ish qurilmasiz bevosita elektron tizimdan ishlaydigan 
lazerli o„t oldirish shamlarini qo„llash. Bu o„t oldirish tizimining ishonchliligi va 
foydali ish koeffitsienti (FIK)ni anchagina oshiradi, shuningdek, bort avtomatikasi 
elektron tizimi boshqa blok va qurilmalarini yuqori chastotali elektr uchqun tufayli 
hosil bo„ladigan to„sqinliklardan xalos qiladi. 
Yakunda shuni ta'kidlash lozimki, yuqorida ko„rib o„tilgan 
bort elektron 
tizimlari ishlanmalarining hammasi ham eksperimental tadqiqotlar bochqichidan 
to„liq o„tgan emas. 
Ular asosan sport va konsept avtomobillarning firmaviy 
modellarida ishlatiladi. Ammo, ilgari bo„lgani kabi, konseptkarlarda sinovdan 
6
) Denton T. Automotive electronics. Published by Elsevler Ltd, 2006 / Дентон Т. Автомобильная электроника 
/пер. с англ. В
.М.Александрова. – НТ Пресс, 2008. – с.539-542. 


44 
o„tgan deyarli 
barcha yangiliklarni ertami-kechmi seriyalab ishlab chiqarilayotgan 
avtomobillarda ishlatila boshlanadi. 
Zamonaviy transport vositalari (TV) yuqori texnologik tizimlardir, ularning 
konstruksiyasida juda ko„p elektron qurilmalar ishlatiladi, ularning ishonchliligi 
yetarlicha yuqori bo„lib, ko„pincha mexanik tizimlarning ishonchliligidan ham 
oshadi. Masalan, Bosch tomonidan birinchi seriyalab ishlab chiqarilgan 
antiblokirovkali tormoz tizimi(ABTT) vazni 6,5 kg gacha, elektron elementlarning 
soni 140 tadan ziyod bo„lgan(1.14-rasmga qarang). Zamonaviy ABTT lar 1,5 kg 
gacha massaga ega bo„lib, elektron bazasi o„nlab elementlardan iborat. 
Bugungi kunda TV ning elektron tizimlari asosan "yopiq" tizim sifatida 
xizmat qiladi, ular avtomobilning turli xil datchiklaridan axborotlarni oladi, ularni 
tegishli dasturlarning yordamida tahlil qiladi va elektron boshqaruv bloki (EBB) da 
ijrochi qurilmalarga transportning xavfsizligi va boshqarish qulayligi oshirish, 
transport vositalarining samaradorligini yaxshilashga va atrof-muhitga zararni 
kamaytirishga yo„naltirilgan tegishli buyruqlar ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, 
ayrim tizimlardan signallar "ochiq" tizim sifatida ham ishlatilishi mumkin - 
axborotlarni tashqi muhitga: axborot markazlari, yo„l-transport infratuzilmasi va 
boshqa yo„l foydalanuvchilariga uzatish uchun. TV nafaqat ichki tizimdan 
ma'lumotlarni uzatish, balki uni tashqi manbalardan ham qabul qilish, shuningdek 
uni xavfsizroq va yanada samarali va hatto avtomatik boshqarish uchun ishlatishi 
mumkin.
Avtotransport vositasiining bort tizimlarining mumkin bo„lgan tuzilishini 
ko„rib chiqamiz. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



generator" deb nomlanuvchi universal elektr mashinasini ishlab chiqish va

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish