Avtomobil haydovchisiga axborot berish bort tizimlari




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/80
Sana17.01.2024
Hajmi5,59 Mb.
#139477
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

 
 Avtomobil haydovchisiga axborot berish bort tizimlari 


Avtomobilning texnik holatiga oid axborot tizimlari: 
Avtomobilning texnik holatini, shu jumladan shinalardagi bosimini kuzatadi. 
Tizim "yopiq" bo„lishi mumkin, bu faqat haydovchini xabardor qilishi yoki 
"ochiq" - ma'lumotni texnik servis markaziga uzatadigan bo„lishi mumkin. 
• 
Adaptiv yoritish tizimi: 


45 
Avtomobil burilishlarida yo„lni yoritishni yaxshilash uchun rul chambaragi 
burilishiga, harakat tezligiga, ko„ndalang va burchak tezlanishlariga mos ravishda 
faralar burilishini ta'minlaydi. Shu tarzda avtomobil burilish jarayonida faralar 
yorug„ligi yo„l yo„nalishini «kuzatib» boradi va haydovchi yo„lning holatini 
oldindan bilishi mumkin. Harakat tezligi, rulni burilish burchagi, avtomobilning 
burchak tezliklari kabi turli parametrlarga asoslangan holda elektron boshqaruv 
tizimi faralarning kerakli burchagini hisoblab chiqadi va ijrochi mexanizmlarga 
tegishli buyruqlar beradi. 
• Ko„rinmas to„siqlarni aniqlash tizimlari:
Bunday tizimlarga haydovchiga to„siqlar mavjudligi haqida ma'lumot 
beruvchi turli xil qurilmalar (mashinaning atrofidagi joyni ko„zdan kechiradigan 
turli xil lokatsion datchiklari bo„lgan) kiradi. Ushbu tizimlarga shuningdek
infraqizil nurlarni tarqatuvchi qurilmalardan foydalanadigan va haydovchiga 
yo„lida ko„rinmaydigan ob'ektlarni ko„rinadigan tasvirlar o„zgartiradigan, yomon 
ko„rinish sharoitda haydash xavfsizligini oshiradigan tunda ko„rish tizimlarini ham 
o„z ichiga oladi.
• Yo„l yuzasidagi belgilarini kesib o„tishdan ogohlantirish tizimi: 
Tizim haydovchini ma'lum yo„l qatori chizig„ini beixtiyor kesib o„tilganligi, 
yo„l qatoridan chiqib ketganligi xaqida ogohlantiradi. 
• «Ko„rinmaydigan zona»ni kuzatuv tizimi:
Tizim haydovchini yon atrofda xarakatlanib borayotgan, uning yo„lda 
manevr qilishiga xalaqit berishi mumkin bo„lgan boshqa avtotashuvchilar 
avtotransport vositalari haqida yorug„lik yoki tovush signali vositasida yoki 
video monitorda tasviri ko„rinishida ogohlantiradi.
• Yo„l belgilarini aniqlash tizimi:
Video tizimi yo„l belgilarini kuzatib boradi va ularni videomonitor(asboblar 
paneli)da takrorlaydi yoki oldingi oynaga joylashtiradi. 
• Transport vositasi orqaga harakatlanganda to„siqlarni aniqlash tizimi: 


46 
Ushbu tizim transport vositasi orqaga qarab harakatlanganda to„siqlarni 
(ultratovush, radar yoki infraqizil nur sochish yordamida) ko„rsatadi va to„siq 
aniqlashtirilgandan so„ng haydovchiga xabar beradi. 
• Haydovchi holatini kuzatish tizimi:
Tizim haydovchining boshqaruvchanlik harakatlari(reaktsiyasi)ini, uning 
ko„zlari holatini va h.k.larni kuzatib boradi va uni diqqatini kuchaytirish uchun 
tovushli (ovozli) signal bilan ogohlantiradi. 
• Navigatsiya tizimlari:
Avtomobil tunnelda va sun'iy yo„ldoshlardan olingan signal yo„qoladigan 
boshqa joylarda harakatlangan holatlarda, avtomobil ichidagi datchiklardan 
ma'lumotni ishlatadigan faol tizimlar. 
• Yo„l xarakati xolati xaqida axborot berish tizimi:
Tizim 
haydovchiga 
yo„llardagi 
tirbandliklar 
mavjudligi 
haqida 
ogohlantiradi, svetofor ning ruxsat beruvchi signaliga mos o„tish uchun optimal 
harakatlanish tezligi va boshqalar haqida axborot beradi. 
• Meteorlogik sharotlar haqida axborot berish tizimlari. 
• Yo„lda piyodalar mavjudligi haqida ogohlantirish tizimi. 
• «To„xta» («Stop») belgisi (chizig„i) mavjudligi haqida ogohlantirish tizimi. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil haydovchisiga axborot berish bort tizimlari

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish