67
elektromexanik, elektropnevmatik,
elektron, fotoelementli va boshqa turlarga
bo‟linadi. Ushbu laboratoriya ishida ana shulardan ikki xili o‟rganiladi.
Elektron vaqt relesining ishlashi. Elektron vaqt relesi (2.2.1-rasm)
o‟zgaruvchan tok manbaidan transformator Tr va diod
D orqali kelayotgan tok
bilan ta‟minlanadi. Bu yerda kondensator C
2
pulsatsiyalangan kuchlanishni
tekislaydi va tranzistorlar almashlab
ulash rejimida ishlab, tranzistorning
kirishidagi kuchlanish 2V ga yetganda rele R ning ishlab ketishini ta‟minlaydi.
Relening ishlab ketish vaqti kondensator C
1
ning,
tranzistor VT
1
ning emitterli
o‟tishi va qarshiliklar orqali zaryadsizlanishi bilan bog‟liq bo‟ladi. R
3
qarshilikni
o‟zgartirish orqali kerakli ishlab ketish vaqtini qo‟yish mumkin.
Boshlang‟ich paytda o‟chirgichning kontaktlari ochiq bo‟lib, kondensator C
1
da kuchlanish 0 ga teng, ikkala tranzistor yopiqdir, rele g‟altagidan tok o‟tmaydi.
K kalitning qisqa muddatga ulanishi natijasida kondensator C
1
zaryadlanadi va
darhol zaryadsizlana boshlaydi.
2.2.1-rasm. Elektron vaqt relesi elektr prinsipial sxemasi
Kalitning ulangandan to kondensator 2V kuchlanishgacha zaryadlanganiga
qadar rele ulangan holda qoladi va kondensator zaryadsizlana boshlagach,
kuchlanish 2V dan kamaygandan keyin rele uziladi.
Kalit ulangandan to rele
uzilishigacha bo‟lgan vaqtga relening ushlab turish vaqti deyiladi.