• Laboratoriya qurilmasining tuzilishi
  • Elektropnevmatik vaqt relesining ishlashi




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/80
    Sana17.01.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #139477
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
    Bog'liq
    TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

    Elektropnevmatik vaqt relesining ishlashi (2.2-rasm). Cho‟lg‟amga 
    kuchlanish berilgach, hosil bo‟lgan elektromagnit kuch (EMK)ning qiymati 
    prujinaning elastiklik qarshilik kuchini yengib, yakor 2 ni o‟zak 1 ga tortadi va 


    68 
    prujina 3 ning cho‟zilishiga olib keladi. O‟z navbatida prujina kuchi ta‟sirida 
    silindr 4 da joylashgan porshen 5 siljib, havoni silindrning chap qismidan o‟ng 
    qismiga hayday boshlaydi va bu havo kanal bo‟ylab drossel 7 orqali o‟tadi. 
    Drosselning holati relening ishlab ketish vaqtini belgilaydi. Uning holatini 
    o‟zgartirib ishlab ketish vaqtini turlicha qo‟yish mumkin. Bu vaqt shtok 6 ning 
    siljishi tufayli kontakt 8 ulanganda tugaydi. 
    2.2.2-rasm. Elektropnevmatik vaqt relesi sxemasi 
    Yuqorida ko‟rilgan rele konstruksiyalarida belgilangan vaqtni qay darajada 
    aniq ushlab turishni belgilovchi sabablar bor. Elektropnevmatik vaqt relelarida 
    bular porshen va drossel zichlagich larining ahvoli, havo harorati, prujina 
    parametrlari va chulg‟am kuchlanishlarining xatoliklaridir. Elektron vaqt relelarida 
    esa kuchlanish berilishining va tranzistor parametrlarining o‟zgarishi. Bu sabablar 
    ushlab turish vaqtining belgilangan va ayni qiymatlari orasida farq - xatolik hosil 
    qiladi. 
    Laboratoriya qurilmasining tuzilishi. Laboratoriya qurilmasi elektron va 
    elektropnevmatik vaqt relelari o‟rnatilgan stenddan iborat. Qurilmani elektr 
    manbaiga ulash uchun PK1 ulagichi, o‟lchash uchun PK2 ulagichi xizmat qiladi. 
    Relelarning ushlab turish vaqtlarini belgilash uchun qurilmada elektrosekundomer 
    o‟rnatilgan. 
    Quyida keltirilgan formulalar yordamida vaqt relelari o‟rnatilgan qurilmaning 
    ishlash xatoliklari aniqlanadi: 


    69 
    O‟rtacha ushlab turish vaqti: T
    o‟rt
    = t
    1
    + t
    2
    + t
    3
    ... + t
    i
    / n , s. 
    bunda n - o‟lchashlar soni; 
    t
    1
    , t
    2
    ,...t
    i
    - ushlab turish vaqtlari. 
    Rele qurilmasining Absolyut xatoligi 

    t = t
    max
    - t
    min
    t
    max
    - maksimal ushlab turish vaqti, s; 
    t
    min
    - minimal ushlab turish vaqti, s. 
    Relening nisbiy xatoligi



    t / t
    o‟rt
    Tajriba natijalari jadvallari 
    2.2.1-jadval. Elektron vaqt relesi uchun
    № 1 








    10 
    t,s 
    2. 2.2-jadval.Elektropnevmatik vaqt relesi uchun
    № 1 








    10 
    t,s
    ISHNI BAJARISH TARTIBI 
    1. Vaqt relelarining ishlash prinsiplari o‟rganiladi. 
    2. Tekshirilayotgan rele uchun 15 sekunddan ko‟p bo‟lmagan ushlab turish 
    vaqti o‟rnatiladi. 
    3. Tekshirilayotgan rele ulagich yordamida manbaga ulanadi. 
    4. Tugmachani bosib elektrosekundomer hisoblashni tugallamaguncha 
    ushlab turiladi. 
    5. Tajriba har bir vaqt relesi uchun 10 marotaba qaytarilib, natijalari 2.1 va 
    2.2-jadvallarga yoziladi. 
    BAJARILGAN ISH BO‟YICHA HISOBOT MAZMUNI 
    1. Vaqt relelarining sxemalari va ular haqida qisqacha ma‟lumot. 
    2. Tajriba natijalari. 
    3. Xulosa. 


    70 
    NAZORAT SAVOLLARI 
    1. Elektron vaqt relesining ishlash tartibi. 
    2. Elektropnevmatik vaqt relesining ishlash tartibi. 
    3. Vaqt relelarining qo‟llanilish obyektlari. 
    4.Vaqt relelarining ishlash aniqligini belgilovchi xususiyatlar. 
    Hisobotni bajardi _______________________"__"______ 20 __y. 
    f.i.sh., imzo
    Hisobotni qabul qildi ______________________"___"_____ 20 __y. 
    f.i.sh., imzo

    Download 5,59 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




    Download 5,59 Mb.
    Pdf ko'rish