93
orasidagi farqqa aytiladi. Statik xatolikka ega avtomatik tizimlar statik ART lar
deyiladi.
Boshqarilayotgan parametrning qiymati berilganga iloji boricha yaqin
bo‟lishi talabi faqat ART ning barqaror ishlash hamda o‟tish jarayoni davriga ham
tegishlidir. ART ning shu talabga layoqatliligini aniqlash maqsadida uning
barqaror ishlash hamda o‟tish jarayonida tadqiqot o‟tkaziladi.
ART ning dinamik xarakteristikalari o‟tish yoki vaqt va chastotaviy
xossalarga bo‟linadi. O‟tish xarakteristikasi bosh-qarilayotgan parametrning o‟tish
jarayoni davomida o‟zgarishidir.
O‟tish funksiyasi ART ning kirishiga birlik pog‟onali signal berish natijasida
olinadi.
ART ning bir
barqaror ishlash tartibidan, agar tizimga tashqi yoki
boshqaruvchi ta‟sir bo‟lsa, ikkinchi barqaror ishlash tartibiga o‟tishi uchun ketgan
vaqt uning inersionligini belgilaydi. O‟tish xarakteristikasidan ART ning
turg‟unligini va ishlash sifatini aniqlash mumkin.
LABORATORIYA QURILMASINING TUZILISHI
Stend laboratoriya stoliga mahkamlangan. Texnik xavfsizlik hamda
o‟tayotgan jarayonni kuzatish maqsadida stend organiq oyna- g‟ilof bilan yopilgan.
Stend (2.7.1-rasm) o‟zgarmas tokli elektrodvigatel 1, barcha rejimli
regulyator RV, avtomatik taxometr 2, o‟zgarmas tok kuchaytirgichi UPT-1,
o‟zgaruvchi rezistorlar R
10
, R
11
dan iborat. Elektr yuritgich 1 valiga regulyator RV
va aylana bo‟yicha bir xil taqsimlangan 60 ta teshikli disk-parda 3 mahkamlangan.
Regulyator harakatlanuvchi mufta 4, reyka 5 va richag 6 yordamida qo‟zg‟atish
elektr g‟altagi (obmotka vozbujdeniya) zanjirining
umumiy elektr qarshiligini
o‟zgartiruvchi
rezistor R
11
bilan bog‟langan. Rezistor R
11
qarshiligi dizelga
beriladigan yoqilg‟i o‟zgarishining o‟xshatmasidir.
94
2.7.1-rasm. Dvigatel valining aylanish chastotasini ART ni tekshirish uchun
laboratoriya qurilmasining prinsipial sxemasi
O‟zgaruvchi rezistor R
10
yordamida elektr yuritmaning
aylanish chastotasi
qo‟yiladi. Elektr yuritgich vali yuklanishining o‟zgarishi R
1
...R
9
rezistorlarni
ulagich SA1 yordamida zanjirga ulash orqali amalga oshiriladi.
Stend quyidagi tartibda ishlaydi: Stendning oldi yuzasiga o‟rnatilgan ulagich
"tarmoq" deb yozilgan tomonga buralgach, kuchlanish pasaytiruvchi transformator
TR1 dan to‟g‟rilagichga, kuchaytirgich UPT-1 orqali elektr yuritmasiga
o‟tkaziladi. Elektr yuritgichning aylanish chastotasini rezistor R
10
yordamida
minimal qiymatdan maksimumgacha o‟rnatish mumkin.
Elektr yuritgich ishlaganda markazdan qochma kuch hisobiga yukchalar 7
harakatga keladi, prujina 8 qisilib, mufta 4 yuqoriga yoki pastga qarab siljiydi.
Mufta reyka 5 va richag 6 orqali o‟zgaruvchi rezistor R
11
kontaktini (sxema
bo‟yicha) yuqoriga va pastga siljitib, yuritgich yuklanishiga monand aylanish
chastotasini rostlaydi.
95
Elektr yuritgichning yuklanishi kamaysa (SA1 ulagich yordamida
o‟zgartiriladi), valning aylanish chastotasi oshadi yukchalar 7 ko‟proq ochilib,
mufta 4 yuqoriga siljiydi, reyka 5 va richag 6 orqali o‟zgaruvchi rezistor R11 ning
kontaktini surib, elektr qarshiligini oshiradi, elektr yuritgichning
harakatlantirish
g‟altagidan o‟tayotgan tok kamayadi, buning natijasida valning aylanish chastotasi
kamayadi.
Elektr yuritgichning yuklanishi ko‟paysa, valning aylanish chastotasi
kamayadi, markazdan qochma kuch kamaygani uchun prujina 8 muftani pastga
harakatlantiradi. Natijada rezistor R
11
qarshiligi kamayadi, g‟altakdan o‟tayotgan
tok ko‟paygani uchun elektr yuritgich valining aylanish chastotasi oshadi.
Yuritgichning aylanish chastotasi avtomatik taxometr bilan o‟lchanadi.
Taxometr - chastotani bo‟luvchi ChB, dekadalar hisoblash bloki DHB, avtomatika
bloki AB,
shakllantiruvchi blok ShB, o‟zgartkich va disk-parda 3 dan iborat
bo‟lgan - fotoelektrik datchik 9 dan tashkil topgan.
Chastota bo‟luvchi ChB - elektr tarmoq chastotasi 50 Gs.ni yoki tashqi
generator chastotasini 50ga bo‟lish va o‟lchash vaqtini belgilash uchun xizmat
qiladi.
Shakllantiruvchi blok kirish signalini kuchaytirib,
uni kerakli shaklga
o‟zgartiradi.
Dekadalar hisoblash bloki DHB, avtomatika yordamida ajratilgan ma‟lum
vaqt ichida kelayotgan impulslar sonini hisoblaydi. U deshifrator va ARS 318
tipidagi indikatordan iborat.
Avtomatika bloki AB o‟lchash jarayonini (ulash, hisoblagich ko‟rsatkichini
o‟chirish, indikasiya vaqtini ajratish) avtomatik boshqaradi.
Fotoelektrik datchik modullashtirilgan yorug‟lik oqimini chastotasi valning
aylanish tezligiga proporsional bo‟lgan elektr impulslarga o‟zgartirib beradi. Qabul
qilingan elektr impulslar shakllantiruvchi blokka uzatilib, u yerda kuchaytirib va
to‟g‟ri burchakli impulslarga o‟zgartirib beriladi.
96
Hisoblagichning ko‟rsatkichi
- valning burchak tezligi, bir aylanishidagi
impulslar soni "
s" va o‟lchash vaqti
t ga to‟g‟ri proporsional bo‟lib, quyidagi
tenglikdan aniqlanadi: