99
8 - LABORATORIYA ISHI
ISSIQLIK O‟LCHASH O‟ZGARTKICH (DATCHIK) LARINI VA
OBYEKT HARORATINI NAZORAT QURILMASINING ISH
JARAYONINI TADQIQ QILISH
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD:
1. Muhit va moddalarning haroratini o‟lchovch iissiqlik datchiklarining
tuzilishi, xarakteristikalari va ishlash prinsiplarini o‟rganish.
2. Obyektning harorati o‟zgarishini nazorat qiluvchi qurilmani ng tuzilishi va
ishlashini o‟rganish.
3. Harorat o‟lchash o‟zgartkichi xarakteristikasini tadqiq qilish.
QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: Obyektning harorati o‟zgarishini nazorat
qiluvchi qurilma va issiqlik datchiklari.
UMUMIY MA‟LUMOTLAR
Moddalarning isitilganlik darajasini tavsiflaydigan va issiqlik holatini
aniqlaydigan kattalik mashinasozlik, kimyo,oziq-ovqat ishlab chiqarish, qishloq
xo‟jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoatlarida, harorat asosiy parametr
hisoblanadi.
Haroratni o‟lchashda ikki xil harorat shkalasidan foydalaniladi: termodinamik
Kelvin (K) o‟lchash birligi va halqaro amaliyotdagi selsiy (
o
C) gradusi o‟lchov
birligi bilan.
Selsiy gradusida ifodalangan haroratdan (t,
o
C) kelvinda (T, K) ifodalangan
haroratga o‟tish uchun ushbu formula xizmat qiladi:
T= (t+273,15) K,
Odatda, haroratni o‟lchash uchun haroratga bog‟liq holda va uni o‟lchash
qulay bo‟lgan jismning qandaydir fizik xususiyati o‟zgarishidan foydalaniladi.
100
HARORAT O‟LCHOV-O‟ZGARTKICHLARI
Harorat O‟O‟ turli obyekt va muhitlar temperaturasini o‟lchash, nazorat qilish
va rostlash uchun mo‟ljallangan bo‟lib, ishlash prinsiplari termometrik moddalar-
suyuq, bimetall va metall sterjenlarning ular kiritilgan muhit temperaturasi ta‟sirida
hajmiy yoki chiziqli kengayishiga, o‟tkazgich yoki yarim o‟tkazgichlarni elektr
qarshiligining o‟zgarishiga, yopiq jism ichidagi gaz yoki suyuqlik bosimining
o‟zgarishiga hamda termoelektrik effekt hodisalariga asoslangan.
Elektrissiqlik (bimetαllplastinali) temperatura O‟O‟ ishlash prinsipi shu
turdagi bosim O‟O‟niki kabi bo‟lib, germetik patronga joylashtirilgan bimetall
plastina nazorat qilinayotgan muhitga (masalan, patron IYOD silindrlari bloki
qopqog‟iga) o‟rnatilganda temperaturaning o‟zgarishi plastinalar deformatsiyasi
(chiziqli kengayishiga)ning oshishi va buning natijasida elektr zanjirida tok
kuchining o‟rtacha qiymatini kamayishiga olib keladi.
Chiziqli kengayish haroratga tengdosh ravishda o‟zgaradi. Dilatometrli va
bimetalli termorezistorlar asosan xabarlash (signalizatsiya) vazifasini bajarish
uchun ishlatiladi hamda avtomatik rostlash tizimlarida qo‟llaniladi.
Termoelektrik O‟O‟ (2.8.1-rasm)ishlash prinsipi 1821 yilda Zeebek kashf
etgan termoelektr effekt hodisasiga asoslangan. Bu hodisaning temperaturalarini
o‟lchashda qo‟llanishi ikki xil metall simdan iborat zanjirda ularning
kavsharlangan joyida temperaturalar farqi hisobiga hosil bo‟ladigan e.yu.k.
effektiga asoslangan. E.yu.k. hosil bo‟lishining sababi erkin elektronlar zichligi
ko‟proq metallning erkin elektronlar zichligi kamroq metallga diffuziyasi bilan
izohlanadi. Termo e.yu.k.ning qiymati sovuq t
s
va issiq t
i
uchlari temperatura farqiga
proporsional bo‟lib, sim qaysi metalldan tayyorlanganligiga ham bog‟liq:
E = a (t
i
-t
s
),
bunda a - termojuft materialiga bog‟liq bo‟lgan termoelektrik doimiy.
Qarshilik termometrlari (termorezistorlar) o‟tkazgichli hamda yarim
o‟tkazgichli turlarga bo‟linadi. O‟tkazgichli termoqarshiliklar (2.8.2-rasm) toza
metallardan tayyorlanadi. Ko‟pchilik toza metallarning elektr qarshiligi
|