O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/80
Sana17.01.2024
Hajmi5,59 Mb.
#139477
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

2.8.4-rasm. Tajriba qurilmasining old tomonidan ko‟rinishi
 
T-tumbler orqali tarmoqning kuchlanishi qurilmaga ulanadi; tarmoq («set») - 
lampasi manba bloki ishlayotganligini («set»ni kuchlanishi bor-yo‟qligini) 
bildiradi; PR - saqlagich (predoxranitel). 
Tajriba ishini o‟tkazish uchun qo‟shimcha oddiy 0

50(75) kuchlanishni 
o‟lchaydigan voltmetr hamda raqamli multimetr termorezistorlarni qizdirish uchun 
metall stakan 0

120
0
C haroratni o‟lchovchi termometr kerak.
LABORATORIYA ISHINI BAJARISH TARTIBI 
1. Issiqlik 
datchigi 
qarshiligining 
harorat 
o‟zgarishiga 
bog‟liqlik 
xarakteristikasini olish.
Buning uchun: 
a) Tayyorlab qo‟yilgan termometr, termorezistor, metall idish, qizdirgich hamda 
raqamli multimetr kerak.
O‟lchash xatoligi kam bo‟lishi uchun termometr va termorezistorlarni 
shunday joylashtirish kerakki, isiyotgan nuqtasi nihoyatda bir - biriga yaqin 
bo‟lsin.


105 
b) Ommetrning chiqishlarini termorezistorni ikki tomoniga (oyoqchalariga) 
ulang.
d) Spirtli yoki elektr isitgich orqali metall idishni bir tekisda qizdira boshlang. 
Shu vaqtning o‟zida raqamli ommetrning ko‟rsatishini 10.1-jadvalga yozib boring. 
e) Bunday tajribalarni boshqa turdagi termorezistorlar uchun ham o‟tkazing. 
TAJRIBA NATIJALARI JADVALLARI
2.8.1 – jadval. Termorezistorning statik xarakteristikasi 
Termometr
ko‟r-shi, 
0

10 20 30 40 50 60 70 80 90 100 
Raqamli ommetr 
ko‟r-shi, Om 
Olingan natija bo‟yicha termorezirtorlar qarshiligining harorat o‟zgarishiga 
bog‟liqlik [(R=

(T)] grafigini chizing(10.5-rasm). 
Ushbu tajribani bitta termorezistor uchun ikki–uch marta o‟tkazing. Olingan 
natijalar bo‟yicha arifmetik, nisbiy va ABTolyut xatoliklarni aniqlang.
2.8.5-rasm. Termorezistorning statik xarakteristikasi 
2. Obyektning harorati o‟zgarishini avtomatlashtirilgan o‟lchovchi va 
xabarlovchi qurilma orqali o‟rganish. 
Buning uchun: 


106 
a) Stendning tumblerini «otkl» holatiga o‟tkazing. 
b) Stendda keltirilgan elektrik sxemaning VX1, VX2 – kirishlariga 
termorezistorlarni ulang. 
d) KT1, KT2 – nazorat nuqtalariga multimetrni ulang yoki oddiy 0 dan 50V 
gacha bo‟lgan kuchlanishni o‟lchovchi voltmetrni ulang. Bu yerda termorezistor 
qarshiligini o‟lchovchi qurilma kerak. 
e) Termometr ko‟rsatishini, ya‟ni obyekt haroratini 10
0
C dan 15
0
C gacha 
ko‟rsatishiga erishing. 
f) Stendning «T» tumblerini «VKL» holatiga o‟tkazing. 
g) «KTN» nazorat nuqtasiga multimetrning “+” kirishini ulab, R11 qarshiligi 
orqali INU – qayd qiluvchi lampochka yonishini ta‟minlang. Multimetr va 
termometr ko‟rsatishini 2.8.2 – jadvalga yozing. Multimetr ko‟rsatgan 1,44V 
kattalik 15 
0
C haroratga tengdir. 
2.8.2 – jadval. Harorat o‟zgarishini avtomatlashtirilgan o‟lchovchi va xabarlovchi 
qurilma xarakteristikasi olish tajriba natijalari 
Term., 
0

15 20 30 40 50 60 70 80 90 100 
Multimetr, V 
h) Multimetrni KTN nazorat nuqtasiga ulang va R13 qarshiligi orqali 
multimetrda 7,0V kuchlanish o‟rnating. Bu kuchlanish 100
0
C ga tengdir. Bu 
holatda IVU qayd qiluvchi lampochka o‟chiq holatda bo‟ladi. 
i) Obyekt haroratini sekin oshira boshlang, termometr va multimetrni 
ko‟rsatishlarini 2.8.2 - jadvalga yozib boring. Obyekt harorati 20
0
C dan oshgandan 
keyin «INU» nazorat lampochkasi o‟chishi kerak. Bu obyektning harorati past 
(falokatli) sathdan baland ekanligini bildiradi.
Obyektning harorati 80
0
C dan oshgandan so‟ng «IVU» lampochkasi yonadi 
va harorat belgilangan normadan oshganligini bildiradi.


107 
Olingan natijalar bo‟yicha kuchlanishning haroratga bog‟liqlik grafigini 
chizing. Bu grafik chiziqli bo‟lishi kerak. Grafik chiziqli bo‟lmasa, bu operatsion 
kuchaytirgichning nochiziqligini bildiradi.
2.8.6-rasm. Harorat o‟zgarishini o‟lchovchi va xabarlovchi qurilmaning 
statik xarakteristikasi 
«KTN» va «KTV» nazorat nuqtalarida har xil kattalikdagi kuchlanishlar 
o‟rnatib, obyektdagi harorat oralig‟ining o‟zgarishini va uni rostlashni 
o‟zgartirishingiz mumkin. Agar obyektning harorati 30
0
C dan past bo‟lganda, 
qurilma xabarlovchi signal berishi kerak bo‟lsa, «KTN» nuqtasida 30
0
C ga barobar 
bo‟lgan kuchlanishni o‟rnatishimiz mumkin. 
Obyektning harorati 50 
0
C dan oshganda xabarlovchi signal berishi kerak 
bo‟lsa, KTV nazorat nuqtasida 50 
0
C ga teng bo‟lgan kuchlanish o‟rnatiladi.
Agar obyektning haroratini 50

5
0
C oraliqda ushlab turish kerak bo‟lsa, u 
holda KTN nazorat nuqtasida 45
0
C ga, KTV nazorat nuqtasida 55
0
C ga teng 
bo‟lgan kuchlanishlar o‟rnatilishi kerak. Obyektning harorati 55
0
C dan oshib ketsa, 
IVU lampochkasi yonib, obyekt haroratini pasaytirish kerakligini bildiradi 
(pechkani o‟chirish kerakligini bildiradi). 
Stendni boshlang‟ich holatiga keltiring. 
HISOBOT MAZMUNI 
1. Laboratoriya ishining nomi va maqsadi. 


108 
2. Laboratoriya stendning prinsipial sxemasi. 
3. Tajriba natijalari jadvali. 
4. Tajribadan olingan grafik. 
5. Xulosa.
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Issiqlikka sezgir bo‟lgan termorezistor (datchik)larning tuzilish va ishlash 
negizlarini, asosiy xarakteristikalarini tushuntirib bering. 
2. Termorezistorlar va termoparalar orasidagi asosiy farqlarni va ularning 
haroratni o‟lchash negizini ayting. 
3. Termorezistorlar, termoparalar qanday materiallardan tayyorlangan? 
4. -50 
0
C dan 1000 
0
C gacha oraliqda haroratlarni o‟lchash uchun qanday 
harorat datchiklari ishlatiladi (qo‟llanish oralig‟i bo‟yicha)? 
5. Obyekt harorati o‟zgarishini nazorat qiluvchi qurilmaning tuzilish va 
ishlash negizlarini 2.8.3, 2.8.4– rasmlardan tushuntirib bering. 
6. Obyektning haroratini rostlash oralig‟ini qanday o‟rnatsa bo‟ladi? 
7. Haroratni o‟lchash xatoliklarini va ularni bartaraf etish usullarini 
tushuntirib bering. 
8. Datchikning qarshiligini haroratga bog‟liqlik xarakteristikasini hamda 
operatsion 
kuchaytirgichning 
chiqishdagi 
kuchlanishni 
haroratga 
bo‟gliqlik xarakteristikalari qanday olinadi? 
 
Hisobotni bajardi _______________________"__"______ 20 __y. 
f.i.sh., imzo
Hisobotni qabul qildi ______________________"___"_____ 20 __y. 
f.i.sh., imzo

Download 5,59 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish