O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/80
Sana17.01.2024
Hajmi5,59 Mb.
#139477
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

 
 
 
 
 
 
 


109 
9 - LABORATORIYA ISHI 
OBYEKTDAGI SUYUQLIKNING SATHI O‟ZGARISHINI NAZORAT 
QILUVCHI VA XABARLOVCHI QURILMANING ISHLASHINI
TADQIQ QILISH 
 
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD
1. Obyektdagi suyuqlikning o‟zgarishini nazorat qiluvchi va xabarlovchi 
usullarni, 
datchiklarning 
tuzilishi 
va 
ishlash 
prinsiplarini, 
ularning 
xarakteristikalarini o‟rganish. 
2. Suyuqlik sathining belgilangan nuqtadan past tushganligini xabarlashni 
tadqiq qilish. 
3. Suyuqlik sathining belgilangan nuqtadan yuqori bo‟lganligini xabarlashni 
tadqiq qilish. 
4. Qurilmaning ishlash prinsipini o‟rganish. 
QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: Obyektdagi suyuqlikning sathi 
o‟zgarishini nazorat qiluvchi va xabarlovchi qurilma. 
UMUMIY MA‟LUMOTLAR 
Suyuq moddalarning sathi o‟zgarishini nazorat qiluvchi va xabarlovchi usullar 
va datchiklar quyidagi turlarga bo‟linadi: 
1. Kontaktli; 
2. Kontaktsiz. 
Ularning ishlash prinsipi o‟lchanilayotgan sathni u yoki bu usul bilan elektr 
signaliga aylantirishga asoslangan. 
Kontaktli datchiklar va ularning ishlash prinsipi suyuqliklar sathining berilgan 
normadan o‟zgarishi mexaniq kontaktning ulanishiga va richagni uzilishiga 
asoslangan. Masalan, qalqovichli datchiklar (2.9.1-rasm). 
Kontaktsiz datchiklar ishlash prinsiplari suyuqlik sathining o‟zgarishi 
o‟tkazgichning L-induktivligi, C-sig‟imi, R-aktiv qarshilik kabi kattaliklarining 
proporsional o‟zgarishiga asoslangan. Bu kattaliklarni o‟zgartirish uchun lazer, 
oddiy yorug‟lik nurlaridan foydalanish usullari ham yo‟lga qo‟yilgan. 


110 
 
2.9.1-rasm. Qalqovichli datchik sxemasi 
Bulardan tashqari, suyuqlik va sochiluvchan jismlar sathi o‟zgarishini nazorat 
qilish uchun ultratovushli chastotali qurilmalardan foydalanish keng tarqaldi. 
Ultratovushni o‟lchovchi, xabarlovchi qurilmalarning ishlash prinsipi nazorat 
qilinayotgan moddalarning sathi o‟zgarishi uzatilayotgan chastotaning amplitudasi 
yoki fazasiningo‟zgartirishiga asoslangan.
Ushbu laboratoriya qurilmasida kontaktsiz datchiklardan biri konduktometrik 
elektrodli sathdatchiklari qo‟llanilgan(2.9.3-rasm) bo‟lib, uning ishlash prinsipi 
datchiklarning elektr zanjirini tok o‟tkazuvchi suyuqlik orqali uzish va ulashga 
asoslangan. 
STENDNING TUZILISHI 
Stendning old tomoniga maxsus chiqishlarda tajriba o‟tkazish uchun 
qurilmaning sxemasi kerakli bloklarini kirish va chiqishlari o‟rnatilgan. Bu yerda: 
“+” va “-” chiqishlari orqali qurilmaning ichidagi manba blokining kuchlanishi 
tekshiriladi (manbaning kuchlanishi 23V); “N” chiqishlarini, nasos vazifasini 
bajaruvchi, mikrodvigatelni ulash uchun ishlatish mumkin. “Pastsath” (SNU) 
hamda “yuqorisath” (SVU) qayd qiluvchi lampalar orqali idishdagi suvning sathi 
qayd etiladi. Qaytaulovchi tumblerni “Vkl” holatiga o‟tkazilsa, qurilmaga 220V 
kuchlanish ulanadi, “otkl” holatiga o‟tkazilsa, qurilmaga berilgan 220V kuchlanish 
uziladi. “Set” – lampasi manba bloki ishlayotganligi (setda kuchlanish bor yoki 
yo‟qligini) bildiradi: Pr – saqlagich. Idishdagi suvning sathi o‟zgarishini nazorat 
qilish va boshqarish uchun stendning orqa tomonidan uchta sim chiqqan va u 
simlar “0”, “N”, “V” klemmali elektrodlarga ulangan. 


111 
QURILMANING TUZILISHI VA ISHLASHI 
Qurilmaning struktura sxemasi 2.9.2-rasmda keltirilgan. Qurilma ushbu 
bloklardan tashkil topgan: NO-nazorat obyekti; SD-sath datchiklari; PSXB- past 
sathni xabarlovchi blok; YuSXB- yuqori sathni xabarlavchi blok; BSN- 
stabillashgan manba bloki. 

Download 5,59 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish