117
10-LABORATORIYA ISHI
AVTOMOBILLAR VA TRAKTORLARNING ELEKTR VA
ELECTRON QURILMALARINI O‟RGANISH BO‟YICHA
LABORATORIYA ISHLARIDA QO‟LLANILADIGAN USKUNALAR
VA ASBOBLARNI O‟RGANISH
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Avtomobillar va traktorlarning elektr
va elektron jihozlarni sinash, sozlash va sinovdan o‟tkazishda qo‟llaniladigan
uskunalar va asboblarni tuzilishi va ulardan foydalanish bo‟yicha nazariy
bilimlarni mustahkamlash va to‟ldirish, shuningdek, ushbu qurilmalar va
uskunalarda ishlash amaliy ko‟nikmalarga ega bo‟lish.
QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: tester(tekshirish asbobi), otsillograf,
nazorat lampasi, asboblar va simlar to‟plami.
TOPSHIRIQ: Talabalar avtomobil va traktorlarning elektr va elektron
jihozlarini sinash, sozlash va sinovdan o‟tkazish uchun asboblar va qurilmalarning
ishlashini o‟rganish va ushbu qurilmalar bilan ishlash bo‟yicha amaliy
ko‟nikmalarni egallashlari lozim.
Ish mazmuni:
1. Quyida keltirilgan tavsifdan va adabiyotlardan foydalanib, avtomobil va
traktorlarning elektr va electron jihozlarini eksperimental tadqiq qilishda
foydalaniladigan qurilma va asboblarning tuzilishi, ishlashi va xususiyatlarini
o‟rganish va ushbu qurilmalarda ishlash bo‟yicha amaliy ko‟nikmalarni oshirish.
2. Hisobotni sxemalar, rasmlar bilan to‟ldirish va o‟rganilgan ma‟lumotlarni
qisqacha tavsifini yozish.
UMUMIY MA‟LUMOTLAR
10.1. O‟t oldirish jarayonini otsillogafik analizatori
Otsilografiyalash qisqa vaqt davomida agregatlarni mashinadan ajratmagan
holda o‟t oldirish tizimi, generator, kuchlanish rostlagichini texnik holatini va
yuzaga kelishi mumkin bolgan nosozliklarni aniqlashga imkon beradi. Ushbu
118
usulning asosiy ustunligi dvigatelda yoqish tizimining ishlashi paytida barcha
tekshiruvlarni haqiqiy sharoitda o‟tkazadi.
Bunday qurilmadan foydalanish samaradorligi ayniqsa, ichki yonuv
dvigatellaridagi buzilishlarning 40 % o‟t oldirish tizimning ishlamay qolishi
sabab bo‟lishini etiborga olinganda shubha o‟rin qoldirmaydi, buzilishni qidirib
toppish odatda “ko‟r-ko‟rona” amalga oshiriladi.
O‟t oldirish analizatorining blok-sxemasi 2.10.1-rasmda keltirilgan.
Kengaytirgichni ishga tushirish impulsini ishga tushirish sxemasi orqali
kengaytirgich generatoriga uzatiladi. Ushbu generatordan kelayotgan arrasimon
kuchlanish kuchaytirilgandan keyin electron-nurli trubka (ENT-ELТ) nurini
gorizontaldan og‟dirish uchun foydalaniladi.
Uzgich kontaktlaridan o‟t oldirish impulsi vertikal og‟ishlar kuchaytirgichiga,
undan ENT ning og‟diruvchi plastinalariga yuboriladi. Har bir impulsning
kengaytmasini alohida olish uchun kengaytmasi davomiylgini impulsning
takrorlanish davriga qaraganda kamroq tanlanadi, uning qiymati dvigatel tezligiga
tog‟ri proprsionaldir. Agar o‟t oldirish tizimi normal ishlayotgan bo'lsa, unda
barcha impulslar analizator ekranida bitta tasvirga birlashadi. Birlamchi zanjirda
agar nosozlik bo‟lsa barcha impulslar yana birlashgan ko‟rinishga keladi, ammo
ularning shakli buzilgan bo‟ladi. Ikkilamchi zanjirda nosozlik bo‟lsa, faqat
taqsimlagich tomonidan nosoz zangirga ulangan ipulsning shakli buziladi.
Ushbu nosoz zanjirni tezda aniqlash uchun analizator ekranidagi pulslarning
butun ketma-ketligini kengaytmasini chiqarish qulay - to'rt silindrli dvigatel uchun
to'rtta impuls, olti silindrli dvigatel uchun oltita impuls va hokazo.
Bunday olda qaysissilindrdan kengaytmani ishga tushirish boshlangan bo„lsa
kengaytmadagi birinchi impuls shussilindrga tegishli bo„ladi. Keyingi impulslarni
kengaytmadagi joylashish tartibi shu dvigatelga o„rnatilgan silindrlarning o„t
oldirish tartibiga mos bo„ladi. Shuning uchun o„t oldirish zanjiri nosozssilindrni va
nosozlikni sababini aniqlash oson bo„ladi.
119
2.10.1-rasm. O‟t oldirish analizatorining blok-sxemasi
|