84
kontaktlarga ta‟sir qiladi. Buning natijasida suv nasosi 2 ishga tushib chap
idishdan suv o‟ng idishga naycha orqali o‟ta boshlaydi. O‟ng idishga suv sathini
ko‟rsatib turuvchi shkala o‟rnatilgan. Idishdagi suv sathining o‟zgarishi
tufayli
qalqovich pastga yoki yuqoriga harakat qilib nasosni yurituvsi elektrodvigatelning
ishlashini kontaktlarni ulash yoki uzish yo‟li bilan boshqarib turadi. Nasos
ishlamay turganda o‟ng idish chap tomondagiga nisbatan yuqoriroq joylashganligi
sababli suv o‟ng idishdan naycha orqali chap idishga oqib o‟ta boshlaydi va o‟ng
idishdagi suv sathi pasaya boshlaydi. Qalqovich ham pastga tushib,
richag orqali
elektr yuritmani manbaga ulaydi. Nasos yana ishga tushib jarayon qaytariladi.
Buning natijasida idishdagi suyuqlikning oldindan belgilangan sathi barqaror
saqlanib turiladi.
2.5.1-rasm. Idishdagi suyqlik sathini barqarorlovchi laboratoriya
qurilmasining sxemasi
ISHNI BAJARISH TARTIBI
1. Laboratoriya qurilmasining tuzilishi va ishlash
prinsipi bilan tanishib
chiqiladi.
2. Chap tomondagi idishning yarmidan ko‟prog‟i suv bilan to‟ldiriladi.
Ta‟minlash simini 12 V kuchlanishli o‟zgarmas tok manbaiga ulanadi.
3. Barqarorlovchi avtomatik rostlash
tizimsi (ART) ning o‟tish
xarakteristikasi olinadi. Buning uchun ta‟minlash simini 12 V kuchlanishli
85
o‟zgarmas tok manbaiga ulanadi. Bunda suv nasos yordamida chap idishdan o‟ng
idishga o‟tkazila boshlaydi. O‟ng idishdagi suv
sathi belgilangan qiymatga
yetganda qalqovich yuqori tomon surilib nasosning elektr yuritmasini o‟chiradi -
elektr manbaidan uzadi. Ana shu vaqt davomida, ya‟ni, elektr yuritma ishga tushib,
to manbadan uzilguncha o‟tgan vaqt mobaynida ma‟lum teng vaqt, masalan, har 3
sekund oralig‟idagi sathning shkala orqali aniqlangan qiymatlari 6.1-jadvalga
yoziladi.
4. Kamida 3 takror o‟tkazilgan tajriba natijalarining o‟rtacha qiymatlari
asosida sath rostlash jarayonining o‟tish egri chizig‟i quriladi.
5. O‟tish jarayoni egri chizig‟ini tahlil qilish asosida
rostlash jarayonining
sifat ko‟rsatkichlari (rostlash vaqti - t
r
; o‟ta rostlash - G, %;
jarayonning
tebranuchanligi - n; sathning turg‟un holatdagi balandligi - H
tur
; sathning maksimal
balandligi - H
max
) aniqlanadi va ma‟lum bir xulosaga kelinadi.
2.5.1-jadval. Tajriba natijalari jadvali
t,s
H,mm
t,s
H,mm
t,s
H,mm
2.5.2-rasm. Barqarorlash tizimsining o‟tish jarayoni grafigi
86
O‟tish jarayoni grafigidan aniqlangan sifat ko‟rsatkichlari:
H
max
- sathning max balandligi,
H
max
=…..
H
tur
- sathning turg‟un holatidagi balandligi,
H
tur
=….
ζ
- o‟ta rostlash, %:
%
100
rt
о
max
tur
H
H
H
n - yarim tebranishlar soni,
n =….
t
r
- rostlash vaqti,
t
r=
…..
BAJARILGAN ISH BO‟YICHA HISOBOT MAZMUNI
1. Laboratoriya sxemasi va u haqida qisqacha ma‟lumot.
2. Tajriba natijalari jadvali va o‟tish jarayoni xarakteristikasi.
3. Barqarorlash tizimsining sifat ko‟rsatkichlari.
4. Xulosa.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Avtomatik rostlash tizimlari ishlash algoritmiga ko‟ra qanday turlarga bo‟linadi?
2. Barqarorlash tizimsi deb qanday tizimga aytiladi?
3. Programmali boshqarish tizimsi deb qanday tizimga aytiladi?
4. Kuzatuvchi tizim deb qanday tizimga aytiladi?
Hisobotni bajardi _______________________"__"______ 20 __y.
f.i.sh., imzo
Hisobotni qabul qildi ______________________"___"_____ 20 __y.
f.i.sh., imzo