79
bo‟ladi. Fotoqarshilik xarakteristikasining ana shu
nuqtasi sezgirlik chegarasi
hisoblanadi.
Konstruktiv jihatdan fotoqarshiliklarning tuzilishi (2.4.2-rasm) shisha
plastinka 5
ustiga qoplangan, yupqa yarimo‟tkazgich 4 (selen, kadmiy sulfid,
qo‟rg‟oshin sulfid, talliy sulfid va shunga o‟xshashlar) fotosezuvchan qatlamdan va
plastmassa qobiq 2 dan iborat. Yarim-o‟tkazgich
qatlamining qarama-qarshi
tomoniga fotoqarshilikni zanjirga ulovchi metall elektrodlar 1 mahkamlangan.
Yorug‟lik yarim-o‟tkazgichga shisha oyna 3 orqali tushadi.
2.4.2-rasm. Ichki fotoeffektli fotoo‟zgartkich prinsipial sxemasi
Ventil fotoeffektli fotoelementning ishlash prinsipi yoritilgan yarimo‟tkazgich
bilan metallning chala tiniq qatlami chegarasida elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.)
hosil bo‟lishiga asoslangan. Hosil bo‟lgan e.yu.k. ta‟siri ostida tashqi zanjirda
elektr toki (fototok) paydo bo‟ladi. Ventilli fotoelementlar
xarakteristikasi tashqi
effektli fotoelement bilan fotoqarshilik orasida oraliq holatni egallaydi.
LABORATORIYA QURILMASINING TUZILISHI
Fotoqarshiliklarning xarakteristikalarini olish uchun qurilma (2.4.3-rasm)
yoritgich 1, fotoelement 4, elektromagnit rele 7 va signal lampachasi 8 dan iborat.
Reostat 3 yordamida ta‟minlovchi kuchlanishni o‟zgartirib, yoritgichning yorug‟lik
oqimini o‟zgartirish mumkin.
80
2.4.3-rasm. Fotoqarshiliklarning xarakteristikalarini olish laboratoriya
qurilmasining elektr prinsipial sxemasi
Yoritgichning ta‟minlovchi kuchlanish qiymati voltmetr 2 bilan, fototok
qiymati va fotoqarshilikning ta‟minlovchi kuchlanishi milliampermetr 5 va
voltmetr 6 bilan nazorat qilinadi.
Ta‟minlovchi kuchlanish qiymatini o‟zgartirish mumkin bo‟lishi
uchun
fotoqarshilik 220V o‟zgaruvchan tok zanjiriga pasaytiruvchi transformator orqali
ulanadi.
ISHNI
BAJARISH TARTIBI
1. Laboratoriya qurilmasi tuzilishi va sxemasini o‟rganish.
2. Qurilmani elektr manbaiga ulash.
3. Reostat yordamida yoritish zanjirida kuchlanishni o‟zgartirish bilan olingan
fototok
qiymatlarini
2.4.1-jadvalga
kiritib,
FSK-2
ning
volt-amper
xarakteristikasini olish.
4. Inersion xarakteristikasini (sezgirligi) olish (ishlab ketish vaqtining yoritish
zanjiridagi kuchlanishga (yoritilishga nisbati). Buning uchun kuchlanish reostat 3
yordamida fotoqarshilik ishlab ketishi sodir bo‟ladigan minimal qiymatga qo‟yiladi
81
(fotoqarshilikning ishlab ketishi zanjirga rele 7 orqali ulangan signal lampachasi 8
ning yonishi bilan aniqlanadi). Minimal qiymat (ya‟ni, sezgirlik chegarasi)
aniqlanib, fotoqarshilik ulab-o‟chirgichi o‟chirilib, qayta ulanadi va sekundomer
ishlatib yuborilib fotoqarshilikning ishlab ketishi bilan o‟chiriladi. FSK-2 ning
ishlab ketish vaqti kuchlanishning bir necha qiymatlari uchun aniqlanadi.
5. Yuqoridagi tajribalarni FSK-G2 fotoqarshiligi uchun ham qaytarish.
TAJRIBA
NATIJALARI JADVALLARI
2.4.1-jadval. FSK-2 fotoqarshiligi uchun
U
0
0
2
4
6
8
10
12
I
f1
I
f2
I
f3
I
fo‟rt
2.4.4-rasm. U = const bo‟lgandagi FSK-G2 ning volt-amper xarakteristikasi
Hisoblab aniqlanadigan ko‟rsatkichlar:
Sezgirlik chegarasi
U =
Sezgirlik koeffisienti
S =
I
F
o‟rt /
Uo =
Inersionligi
T =
83
NAZORAT
SAVOLLARI
1. Qanday elementlarga fotoelementlar deyiladi?
2. Ichki va tashqi fotoeffekt hodisasi deb nimaga aytiladi?
3. Fotoo‟zgartkichlarning qanday turlarini bilasiz?
4. Fotoelementlarning asosiy xarakteristikalari.
Hisobotni bajardi _______________________"__"______ 20 __y.
f.i.sh., imzo
Hisobotni qabul qildi ______________________"___"_____ 20 __y.
f.i.sh., imzo