87
6 - LABORATORIYA ISHI
SXU-4 CHIGIT SEYALKASINING TEXNOLOGIK
JARAYONINI "KEDR-1" AVTOMATIK NAZORAT
TIZIMINI TADQIQ QILISH
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: SXU-4 chigit seyalkasi texnologik
jarayonini avtomatik nazorat qiluvchi "Kedr-1"ning tuzilishi va ishlash prinsipini
o‟rganish va tizimning ishlash tezligi ko‟rsat(reaksiyasi) ni aniqlash.
QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: "Kedr-1" nazorat tizimi o‟rnatilgan chisit
seyalkasi laboratoriya stendi.
UMUMIY MA‟LUMOTLAR
Avtomatik nazorat tizimlari (ANT) harakatlanuvchi (mobil) qishloq xo‟jaligi
agregatlarining texnologik jarayonlarining bajarilishini nazorat qilib borish uchun
mo‟ljallangan bo‟lib, texnologik jarayonning buzilishi haqida haydovchiga tovush
va yorug‟lik signali ko‟rinishida ma‟lumot berib boradi.
Odatda qishloq xo‟jalik agregatlari texnologik jarayonining quyidagi
parametrlari nazorat qilinishi mumkin:
qishloq xo‟jaligi mashinalari ishchi organlarining asosiy parametrlari;
yig‟ishtirib olinayotgan qishloq xo‟jaligi mahsulotining soni va sifati;
qishloq xo‟jalik agregatlari sig‟imlaridagi mahsulot miqdori; qishloq xo‟jalik
agregatlari orqali dalaga mineral o‟g‟it berish jarayoni.
SXU-4 paxta seyalkasi "Kedr-1" avtomatik nazorat tizimsi chigitning urug‟
idishidagi miqdorini, chigit qadash jarayonini, suyuq mineral o‟g‟it purkalishini
nazorat qilish vazifasini bajaradi. Nazorat tizimsi quyidagicha ishlaydi: yuritgich
qo‟shilganda ta‟minlash manbaini ulash tumbleri ham qo‟shilib - yashil lampochka
yonadi. Urug‟ idishida chigit miqdori yetarli va seyalka bir maromda ishlaganda
tizim pultida yorug‟lik va tovush signalini bo‟lmaydi. Biror sababga ko‟ra ekish
jarayoni to‟xtab qolsa, 1-2 sekunddan keyin ekish apparatiga o‟rnatilgan
fotoo‟zgartkich tizim pultiga yorug‟lik - (ekish jarayoni to‟xtab qolgan uzel raqami
88
yonadi) va tovush signali uzatadi. Bunday signal pultda ekish diskida chigit
bo‟lmaganda va disk harakati to‟xtab qolganda, soshnik va apparatga tuproq va
boshqa narsalar tiqilib qolganda paydo bo‟ladi. Agar bir necha ekish apparati
to‟xtab qolsa indikatorda 8 raqami yonadi. Idishdagi chigit miqdori sath datchigi
o‟rnatilgan belgidan pastga tushib ketsa, qisqa tovush signali paydo bo‟ladi va qizil
lampochka yonadi.
Urug‟ miqdorini nazorat qiluvchi sath datchigi fotojuftlikdan iborat bo‟lib,
idishning quyi qismiga o‟rnatilgan. Sath datchigining ishlash prinsipi urug‟ idishi
chigit bilan to‟ldirilgan holatda fotojuftlik (yoritgich va fotodiod) ning ishchi
zonasi berkilib turishiga va chigit sathi kamayishi bilan yoritgich (svetodiod) ning
yorug‟lik oqimi fotodiod (fotopriyomnik) ga tushib impulslar hosil qilishga
asoslangan va bu impulslar kuchaytirish bloki orqali pultga uzatiladi. Bu
fotoelektrik signal tizimsi (7.1-rasm) ishlash prinsipi quyidagicha: urug‟ idishi
chigit bilan to‟ldirilgan holatda - R rezistor shunday tanlanganki, bunda VT
tranzistor ochilgan, K rele ulangan va K kontakt ham ochiq, HL signal
lampochkasi uzilgan holatda bo‟ladi.
2.6.1-rasm. Urug‟ idishidagi sath fotoelektrik signalizatori
elektr prinsipial sxemasi
Sath kamayishi bilan EL lampochkasining yorug‟lik oqimi VL fotodiodga
tushib, VT tranzistorning yopilishiga va HL lampochkasi yonishiga olib keladi. C
kondensatori (fotodiodga) bo‟lgan kichik chetki ta‟sirlardan tizimni saqlaydi.
89
Chigit qadash jarayonini nazorat qiluvchi ekish datchigi uyalagich apparati
tubiga o‟rnatilgan. Ekish datchigi fotoelektrik juftlikdan iborat bo‟lib, unda
yorug‟lik manbai sifatida EL lampochkasi, yorug‟likni qabul qiluvchi element
sifatida VL fotoo‟zgartkich qo‟llanilgan (2.6.2-rasm). Seyalka bir maromda ishlab
turganda, tushayotgan chigit fotojuftlik (yoritgich va qabul qiluvchi element) ning
ta‟sir zonasini kesib o‟tib (2.6.3-rasm), datchik kuchaytirgichining chiqishida
impulslar hosil qilib, kuchaytirish bloki orqali pultga uzatadi.
2.6.2-rasm. Ekish datchigi elektr prinsipial sxemasi
2.6.3-rasm. Ekish datchigi: 1-yoritgich, 2-qabul elementi,
3-kuchaytirgich, 4-chigit
ANT ning kuchaytirish bloki sakkizta kanaldan iborat bo‟lib, sath va ekish
datchiklaridan impuls tarzida kelayotgan signallarni integrallab, chiqish
tranzistorini yopiq holda ushlab turadi va datchiklardan kelayotgan impulslar
90
to‟xtashi bilan blokning chiqish tranzistori ochilib, u yoki bu kanalda texnologik
jarayon buzilganligi haqida boshqarish pultiga signal beradi.
LABORATORIYA STENDI TUZILISHI VA ISHLASHI
Laboratoriya stendi (2.6.4-rasm) chigit seyalkasining bir seksiyasidan iborat
bo‟lib, quyidagi tarkibiy qismlardan tuzilgan: 1-ekish apparati, 2-urug‟ idishi, 3-
reduktor, 4-elektr yuritgich, 5-urug‟ o‟tkazgich, 6-ekish datchigi ta‟sir zonasini
berkituvchi moslama, 7-ekish datchigi, 8- urug‟ sathi datchigi, 9-mikroulagich, 10-
kuchaytirish bloki, 11-nazorat pulti, 12-elektrosekundomer.
Stend quyidagi tartibda ishlaydi: nazorat tizimsi manbaga ulanib, ekish
datchigi
ta‟sir
zonasi
moslama
bilan
berkitilganda,
mikroulagich
elektrosekundomerni ishlatib yuboradi va u ekish datchigi ta‟sir zonasi
berkitilgandan to nazorat pultida yorug‟lik (raqam yonadi) va tovush signali paydo
bo‟lgangacha vaqtni belgilaydi. Elektr yuritgichi 220 V ta‟minlash manbaiga
ulanib, tizimning ishlash tezligi (reaksiyasi) aniqlanadi. Birozdan keyin manbadan
uziladi va boshqarish pultida texnologik jarayonning buzilganligi haqida signal
paydo bo‟lish vaqti aniqlanadi.
2.6.4-rasm. Laboratoriya stendi prinsipial sxemasi
91
ISHNI BAJARISH TARTIBI
1. Laboratoriya stendi tuzilishi va ishlashi bilan tanishib chiqiladi.
2. Sath va ekish nazorati datchiklarining ishlash prinsiplarini o‟rganib
chiqiladi.
3. Urug‟lik sathi datchigi ta‟sir zonasini berkitib, boshqarish pultida signal
paydo bo‟lish vaqtini elektrosekundomerdan aniqlanadi (5 marotaba). Natijalar
2.6.1-jadvalga yoziladi.
4. Tizimning ishlash tezligi (reaksiyasi) ni aniqlash uchun avval elektr
yuritgichni manbaga uladi, so‟gra yuritgichni manbadan uzib, boshqarish pultida
texnologik ekish jarayonning buzilganligi haqida signal paydo bo‟lish vaqtini
12- elektrosekundomer vositasida aniqlanadi (5 marotaba). Natijalar 2.6.2-jadvalga
yoziladi.
2.6.1-jadval. Boshqarish pultida urug‟lik sathi datchigidan signal paydo
bo‟lish vaqti
№
1
2
3
4
5
O‟rtacha
t, s
2.6.2-jadval. Boshqarish pultida ekish datchigidan signal paydo
bo‟lish vaqti
№
1
2
3
4
5
O‟rtacha
t, s
BAJARILGAN ISH BO‟YICHA HISOBOT MAZMUNI
1. Laboratoriya stendining sxemasi va u haqida qisqacha ma‟lumot.
2. Tajriba natijalari jadvallari.
3. Xulosa.
92
NAZORAT SAVOLLARI
1. QXMlar texnologik jarayonlaridan qaysilarini avtomatik nazorat qilish
mumkin?
2. Paxta seyalkasining qanday texnologik jarayonlari "Kedr-1" avtomatik
tizimi bilan nazorat qilinadi?
3. Laboratoriya qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipini tavsiflang.
4. Sath va ekish datchiklarining ishlash prinsipini tavsiflang.
Hisobotni bajardi _______________________"__"______ 20 __y.
f.i.sh., imzo
Hisobotni qabul qildi ______________________"___"_____ 20 __y.
f.i.sh., imzo
|