78
Ichki fotoeffektli fotoo‟zgartkichlarning ishlashi fotoelementning ichki
qarshiligining yoritilishiga qarab o‟zgarishi hodisasiga asoslangan. Shuning uchun
ham bunday fotoelementlar "fotoqarshiliklar" degan nom olgan. Fotoqarshiliklarda
elektronlar yorug‟lik ta‟siri ostida fotosezuvchan qatlamdan chiqib ketmasdan, shu
qatlamda qoladilar.
2.4.1-rasm. Lampali (vakuumli) fotoelement prinsipial sxemasi
Fotoqarshiliklarda yorug‟lik nurining tushishi tufayli yarim- o‟tkazgichlardagi
erkin elektronlar soni ko‟payadi, ya‟ni elektr o‟tkazuvchanligi ortadi (yorug‟lik
energiyasi tufayli, ya‟ni yorug‟likning yarimo‟tkazgich qatlam yuzasiga tushishi
bilan). Bu hodisaga ichki fotoeffekt hodisasi deyladi.
Agar elektr toki manbai, o‟lchov asbobi va fotoqarshilikdan iborat bo‟lgan
berk elektr zanjirida fotoqarshilik yoritilsa, yorug‟lik oqimi
F ta‟siri ostida
fotoqarshilikning ichki qarshiligi (yarimo‟tkazgich qarshiligi)
R
f
o‟zgaradi, natijada
yuklanish qarshiligi Rn orqali o‟tadigan tok I
f
ham o‟zgaradi: