54
Struktur sxemaning tarkibiy qismlari va parametrlarini asoslashda asosiy
vazifa bu - paxtachilik mashina traktor agregati (MTA) (traktor+PTM)ning
yuqorida 1.1-jadvalda keltirilgan avtomatik nazorat (o„lchash, xabarlagich,
rostlash, boshqarish) qilinadigan vazifa va parametrlarni aniqlashtirib olishdir.
Odatda traktorlar uchun ushbu vazifa va parametrlarni ikki guruhga bo„linadi –
zaruriy (shtatdagi) va buyurtmalilar. Zaruriy vazifa va parametrlarni AB va N
tizimlari barcha modellardagi traktorlarga o„rnatilib, ularga traktorning asosiy
qismlarini texnik holatini nazorat qiluvchi va avariyadan saqlovchi vazifa va
parametrlar(sovutuvchi va moylovchi suyuqliklar temperaturasi va bosimi, yoqilg„i
miqdori, dvigatel vali va agregat tezliklari, IYoDni himoya tizimi va h.k.) kiradi.
Buyurtma asosidagi vazifa va parametrlarga shataksirashni hisobga oluvchi
agregatning xaqiqiy ish tezligini o„lchash tizimi, ishlov berilgan maydonni hisobga
olish tizimi va h.k., yuqorida avtotransport vositalarini avtomatlashtirishda ko„rib
chiqilgan(1.5-bo„lim) kabi tizimlar bilan jixozlanishi mumkin.
Hozirgi kunlarda «Toshkent qishloq xo„jaligi texnikalari zavodi (TQXTZ)»
va «Texnolog» AJ larida yangi istiqbolli modifikatsiyadagi traktor (dvigatel
quvvati 80-120 o.k. teng) lar va ular asosida traktorga osma va yarim osma PTM
larini yaratish bo„yicha tajriba – konstruktorlik ishlari olib borilmoqda. Ushbu
jarayonda korxonalar mutaxassislari bilan xamkorlikda paxtachilik MTA ning
avtomatik nazorat (o„lchash, xabarlagich, rostlash, boshqarish) qilinishi lozim
vazifa va parametrlarini, ayniqsa, buyurtma asosidagi mashinalar uchuni
aniqlashtirib olinadi.